Qidir Suyuqliklarda ichki ishqalanish


Download 251.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana25.12.2022
Hajmi251.92 Kb.
#1066028
1   2   3   4
Bog'liq
Suyuqliklarda ichki ishqalanish - Vikipediya

Nyuton suyuqliklari
Nyuton suyuqliklarida qovushoqlik koeffitsiyenti deformatsiya tezligiga bogʻliq boʻlmaydi.
Yuqorida koʻrib oʻtganimiz — Navye-Stoks tenglamasida analogik tarzda Nyuton suyuqligi
uchun quyidagi tenglamani yozishimiz mumkin: 
bu yerda 
— ichki ishqalanish tenzori.
Tabiatda va kundalik turmushda ishlatiladigan deyarli hamma suyuqliklar Nyuton qonuniga
boʻysunadi. Boshqacha aytganda, atrofimizdagi deyarli barcha suyuqliklar Nyuton suyuqliklaridir.
Nyuton suyuqliklari boʻlmagan suyuqliklar, asosan, sanoat ishlab chiqarishida yoki texnikada
ishlatiladi. Ularni qovushoqlik koeffitsiyentining deformatsiya tezligiga bogʻliqligiga qarab
psevdoplastiklar
 va dilatant suyuqliklar turlariga ajratiladi. Agar qovushoqlik koeffitsiyenti vaqt
oʻtishi bilan oʻzgarsa, bunday suyuqlik 
tiksotrop
suyuqlik deb ataladi.
Temperatura ortganda koʻp suyuqliklarda qovushoqlik kamayadi. Bu har bir molekulaning kinetik
energiyasi, molekulalar orasidagi oʻzaro taʼsir potensial energiyasidan tezroq ortishi bilan
tushuntiriladi. Shuning uchun ham barcha moylarni sovitishga harakat qilinadi. Aks holda ular juda
oquvchan boʻlib qolishi va turli xavflarni yuzaga keltirishi mumkin.

2-rasm.


Dinamik qovushoqlik
Suyuqlik yoki gazlarning ichki ishqalanishi, harakat yoʻnalishiga perpendikulyar yoʻnalgan boʻladi.
Nyuton suyuqliklari uchun quyidagi ichki ishqalanish qonunini yozishimiz mumkin:
Qovushoqlik koeffitsiyenti ni molekulalarning harakati haqidagi klassik tasavvurlar asosida
aniqlash mumkin. Koʻrinib turibdiki, molekulalarning relaksatsiya vaqti qancha kam boʻlsa, 
shunchalik kichik boʻladi. Ushbu tasavvurlar asosida, suyuqlik ichki ishqalanish koeffitsiyenti
uchun quyidagi tenglamani yozish mumkin:
Ushbu tenglama 
Frenkel-Andrade tenglamasi
deb ataladi.
Ichki ishqalanish koeffitsiyenti uchun yana bir formula Bachinskiy tomonidan taklif qilingan.
Aytib oʻtganimizdek, qovushoqlik koeffitsiyenti molekulalararo kuchlar bilan aniqlanadi. Bu
kuchlar esa molekulalar orasidagi masofaga bogʻliq. Koʻplab oʻtkazilgan tajribalar natijasida,
molyar hajm va ichki ishqalanish koeffitsiyenti orasida quyidagicha munosabat bor ekan:
bu yerda : — har bir suyuqlik uchun xarakterli boʻlgan konstanta;
— suyuqlik zarralari egallagan xususiy hajm.
Ushbu empirik formula Bachinskiy formulasi deb ataladi.
Suyuqliklarning dinamik qovushoqligi temperatura ortib borishi bilan kamayadi. Bosim ortganda
esa ortadi. Masalan, suvning dinamik qovushoqligi 
temperaturada 
s ga
teng. Agar temperatura oʻzgarishi tenglamasini 
koʻrinishida ifodalasak,
(bu yerda 
, B=247,8 K, C=140 K), suv ichki ishqalanish
koeffitsiyentining temperaturaga bog'liqligi uchun quyidagi grafikni hosil qilamiz:



Suvning dinamik qovushoqligi qiymatlari turli temperaturalar uchun quyidagi jadvalda keltirilgan:

Download 251.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling