Qidiruv algoritmlarini qiyosiy tahlili, Saralash algoritmlarini qiyosiy tahlili, Ma’lumotlarni xeshlashtirish, Xesh jadvallari, Sinash, testlash va tekshirish, Sinov usullarini qiyosiy tahlil qilish
Download 170.68 Kb.
|
5-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻrtacha hol tahlili
Eng yomon holat tahlili
Yuqorida koʻrdikki, roʻyxatning qolgan qismlarida barcha oʻtishda ikkining darajalari birga kamayadi. Yana siklning oxirgi iteratsiyasi qolgan qism oʻlchami 1 ga teng boʻlganda bajariladi. Bu esa j=1(ya’ni 21-1=1) da bajariladi. Bu shuni ko’rsatadiki, N=2k-1 da o’tishlar soni k dan oshmaydi. Oxirgi tenglikdan eng yomon holda o’tishlar soni k=log2(N+1) ga tengligini topamiz. Tahlilda qidirish jarayoni uchun yechim daraxti ham yordam berishi mumkin. Yechim daraxti tugunlarida mos oʻtishda tekshiriladigan elementlar turadi. Yetti elementdan iborat roʻyxat uchun yechim daraxti 2-rasmda keltirilgan. Umumiy holda daraxt nibatan balanslashtirilgan, ya’ni biz har doim roʻyxat turli qismlarining oʻrtasini tanlaymiz. Shuning tufayli solishtirishlar sonini sanash uchun binar daraxtlar uchun keltirilgan formulalardan foydalanamiz. Madomiki biz N=2k-1 deb faraz qilarkanmiz mos keluvchi yechim daraxti doim to’liq bo’ladi. Unda k daraja, ya’ni k=log2(N+1) bo’ladi. Biz har qaysi darajada bittadan solishtirish bajaryapmiz, shuning uchun solishtirishlar umumiy soni log2(N+1) dan oshmaydi. 2-rasm. Yetti elementli ro’yxatda qidirish uchun yechim daraxti Oʻrtacha hol tahlili Xuddi ketma-ket qidirish algoritmidagi kabi tahlilda ikki holatni qaraymiz. Birinchisi maqsad qiymat roʻyxatda aniq mavjud hol va ikkinchisi u umuman yoʻq holat. Birinchi holda maqsad qiymat uchun mumkin boʻlgan holatlar N ta va ular teng ehtimolli hamda ularning har biri 1/N ga teng. Agar qidirish jarayonini tavsiflovsi binar daraxtni qaraydigan boʻlsak, u holda 1 darajada daraxt ildiz elementidan qidirish uchun bitta solishtirish, ikkinchi darajadagi tugunlar elementlaridan qidirish uchun ikkita solishtirish va uchinchi darajada uchta solishtirish talab qilinadi. Umuman i darajadagi elementlardan qidirish uchun i solishtirish talab qilinadi. i darajada 2i-1 ta tugun mavjud va N=2k-1 da daraxtda k daraja mavjud. Bu shuki, barcha mumkin boʻlgan hollar uchun toʻliq solishtirishlar sonini har qaysi darajadagi solishritirishlarni tugunlar soniga koʻpaymalarini yigʻindisi hisoblab topish mumkin. Natijada oʻrtacha hol tahlili quyidagini beradi: ( uchun) Endi maqsad qiymat roʻyxatda mavjud boʻlmagan holni qaraymiz. Elementnin mumkin boʻlgan holatlari soni N ga teng, ammo bu holda yana N + 1 maqsad qiymat roʻyxatda yoʻqligi uchun imkoniyatlar bor. Imkoniyatlar soni N + 1 ga teng, ya’ni maqsad qiymat roʻyxatdagi birinchi elementdan kichik, birinchidan katta ikkinchidan kichik, ikkinchidan katta uchinchidan kichik va h.k. maqsad qiymat N elementdan katta boʻlishi mumkin. Har qaysi bu elementlar yoʻqligi hollar к solishtirishda bajariladi. Hammasi boʻlib hisoblashda 2N + 1 imkoniyatlar ishtirok etadi. Nihoyat, hosil qilamiz: uchun. Yuqoridagi kabi almashtirishlar quyidagini beradi: учун. Oxirgi tenglik element roʻyxatda mavjud boʻlgan holda natijani farqsiz oshiradi. Masalan 2020-1=1 048 575 elementdan iborat roʻyxat uchun birinchi holda 19 ga yaqin natijaga, ikkinchi holda 19.5 ga yaqin natijaga ega boʻlamiz. Download 170.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling