Qidiruv qazilmalar ustunlari bo'yicha geologik kesim tuzish
Download 91 Kb.
|
1 2
Bog'liqMuxandislik Geologiyasi
GEOLOGIK KESIM, geologik profil — joyning geologik tuzilishining vertikal tekislikdagi grafik tasviry. Bunday kesim togʻ jinslarining yoʻnalishiga koʻndalang qilib, ayrim hollarda esa biror burchak ostida tuziladi. Geologik kesim geologik xaritalarni toʻldiradi va uni aniqlashtiradi. Yer yuzasida olib borilgan geologik kuzatishlar, burgʻilashdan olingan maʼlumotlar va turli geofizik usullarning natijalaridan Geologik kesim tuzishda foydalaniladi. Geologik kesimda togʻ jinslarining oʻzaro munosabati, yoshi, qatlamlarning qalinligi, fatsiyalarning bir-biriga oʻtishi tasvirlanadi. Geologik kesimga joyning relyefi va geologik tuzilishini koʻrsatuvchi geologik xarita, topografik profil va marksheyderlik planlari asos qilib olinadi. Muxandislik Geologik kesim antropogen jinslarning qalin gʻilofi bilan qoplangan r-nlar uchun juda muhim. Geologik kesim turli masshtabda: 1:1000000 (regional kesim)dan 1:1000 — 1:50 (mufassal kesim)gacha boʻladi. Geologik kesimning vertikal va gorizontal masshtabi bir xil boʻladi. Muhandislik geol. sila, t. y. va suv omborlari kurishda ishlatiladigan Geologik kesimning vertikal masshtabi gorizontal masshtabga nisbatan 10 va hatto 100 baravar katta boʻlishi mumkin.
Dala ishlarini uyushtirish va geologik xaritalash ishlarini tashkil qilish. Baza, transport. Maydon geologiyasi bilan tanishish marshrutlari. Geologik izlanishlar usullariDala ishlari bir necha bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqich-da talabalarga topografik xarita, aerokosmofotosurat hujjatlari va tog’ kompasi va ulardan foydalanish yo’llari o’rnatiladi. Marshrutlar uchun maxsus topografik xaritalar tayyorlanadi. Amaliy ish mashg’ulotlarini o’tkazish qulay bo’lishi uchun, 5-6 talabadan iborat guruhlar tuziladi. Topografik xaritada har bir guruh talabalari uchun geologik kesim va xaritalash ishlarini bajarishlari uchun ob’ektlar ajratila-di. Shuningdek, topografik xarita yordamida talabalarni rayon atro-flari bilan tanishtirish uchun mo’ljallangan ob’ektlar bo’yicha marsh-rut mashg’ulotlari olib boriladi. Bu marshrutlar jarayonida, talabalar o’qituvchilar rahbarligida rayon atrofida tarqalgan har xil yoshdagi cho’kindi, metamorfik, mag-matik va to’rtlamchi davr yotqiziqlari, burama va yoriq turlari, foy-dali qazilma konlari, geomorfologik va gidrogeologik sharoitlari mukammal o’rganiladi. Rayon maydonlarida ma’lum bo’lgan svita yotqiziqlari o’rganila-di va bir-birlari bilan munosabatlari aniqlanadi. Natijada marsh-rutlar xaritasi tuziladi. Ikkinchi bosqichda talabalar guruh o’qituv-chi nazorati ostida geologik kesim va stratigrafik ustun tuzadi. Yig’ilgan geologik hujjatlar geologik xaritalash jarayonida foydala-niladi. Uchinchi bosqichda har bir talabalar guruhi uchun ajratilgan maydonlarda geologik xaritalash ishlari o’tkaziladi. Royon geologik tuzilishining marakkabligi, geomorfologik-gid-rogeologik sharoitlari, tog’ tizmalarining past-balandligi, tog’ jinsi turlarinig ochiqlik va yopiqlik darajasi, ularga bora bilish imkoniyatlariga qarab, geologik xaritalash bir necha usullarda olib boriladi. 1. Marshrut yo’li - bu usul orqali rayon atrofida mavjud bo’l-gan hamma geologik tuzilma va tektonik strukturalarning yo’nalishiga tik o’tkazilgan marshrutlar batafsil o’rganiladi. Marshrutlar va ku-zatish nuqtalarinig orasidagi masofalar geologik xaritalash masshta-biga bog’liq. Masalan: masshtab 1:25000 bo’lgan geologik xaritalashda ular orasidagi masofalar 250 m.dan oshmasligi kerak. 2. Tayanch gorizontlarning kuzatish yo’li bu usul bo’yicha tayanch gorizontlarning yo’nalishi bo’yicha aniq holatlari kuzatilib, chegara-lanadi va har taraflama mukammal o’rganiladi. 3. Ochilib qolgan (ochilma) tog’ jinslarini chegaralash yo’li - ochilib qolgan hamma tipdagi tog’ jinslari kuzatiladi, chegaralanadi va o’rganiladi. Nohiyaning geologik sharoitlariga qarab geologik xa-ritalash jarayonida bu usullardan alohida-alohida, ayrim hollarda birgalikda qo’shib foydalanish mumkin. Geologik xaritalash jarayonida geologik hujjatlarni topografik xaritaga tushirish asosan, uch xil bo’ladi: a) Ko’z bilan kuzatib xaritalash jarayonida, asosan, tog’ kompa-si va masofalar orasi qadamlar yoki maxsus asbob (ruletka) bilan o’lchanadi. CHegaralar haqiqatligi xaritada 0,4% ga teng bo’ladi. b) yarim instrumentalli xaritalash barometr, eklimetr, masofa o’lchagichlar yordamida olib boriladi. CHegaralarining haqiqatligi 0,2% ga teng bo’ladi. v) Instrumantalli xaritalash geologik kuzatishlar asosan, geo-dezik asboblar orqali olib boriladi (menzula, teodolit, nivelir). CHegaralar haqiqatligi topografik xaritalar talabiga muvofiq bo’li-shi kerak. Bizning sharoitimizda geologik xaritalash ishlarini baja-rishda talabalar, asosan, ko’z bilan kuzatib xaritalash uslubidan foydalaniladi. Dalada tekshiruv ishlarini olib borish nihoyatda muhim ahamiyatga ega, chunki aynan shu davrda, Er qobig’i geologiyasini to’g’ri tushuna bilish uchun zamin yaratiladi. Tog’ jinslarini o’rganish, ularni tas-virlash, yotish holatini aniqlash, cho’kindi hosil bo’lishida tanaffus bo’lganligini belgilash, qoidaga muvofiq kesma tuzish va qolaversa, talabga javob beradigan geolgik xarita tayyorlash, faqatgina dalada geologik tadqiqotlar olib borilayotgan davrda bajariladi. Dalada kuzatishlar, dala daftari MirAfzal, [6/2/23 9:45 PM] Har qanday geologik izlanishda tog’ jinslarinig Er yuzasiga chiqib turgan joylari asosiy ob’ekt bo’lib hisoblanadi. Bunday joy-larni asosan, tog’ yonbag’rida, daryo, soy atrofida, baland cho’qqilar-da kuzatish mumkin. Odatda, tog’ jinslarini o’rganish qadimgisidan boshlanadi. Har bir yuzaga chiqib turgan jismning quyidagi belgila-riga ahamiyat berish zarur: nomi, tarkibi, rangi, donadorligi, ust-ki va ostki tekisligidagi o’zgarishlar, shakli, katta-kichikligi, yotish elementlari. Qatlamlar orasida nomuvofiqlik aniqlansa, uning turi, nomuvofiqlik tekisligidagi o’zgarishlar, ostki va qoplovchi qatlamlarning yoshini aniqlash kerak. Burmalarning shakliga, kat-ta-kichikligiga, uzilmalarning esa uzunligi, yotish elementlari tur-lari, yoshiga ahamiyat berish zarur. To’plangan materiallar xaritasi. To’plangan materiallar xaritasi dala daftari singari muhim xujjat hisoblanadi. Dala materiallar xaritasida barcha tekshirilgan nuqtalar, geologik jismlarning chegaralari, qatlamlarning yotish elementlari, uzilmalar, hayvonat qoldiqlarining topilgan joylari, intruzivlarning shakli va boshqa ma’lumotlar tushiriladi (chizma). Dala ishlarining o’zgartirilmaydigan qoidalaridan eng asosiysi shun-dan iboratki, Yuqorida ko’rsatilgan ishlar faqat topografik xaritaga emas, balki aerokosmosfotosuratlarga ham tushirilishi lozim. Tog’ jinslari namunalarini kolleksiyalash. Tog’ jinslari namunalarini yig’ish dala ishlarining boshlanishidan oxirigacha davom etadi. Maqsadga qarab, ular uch bo’limga ajraladi: a) tog’ jinslarining asosiy xususiyatlarini tavsiflovchi namu-nalar kolleksiyasi; b) qazilma boyliklar namunalarining kolleksiyasi; v) paleontologik qoldiqlar kolleksiyasi. Fotohujjatlar Dala ishlari davrida geologik ob’ktlarning rasmi va fotosu-ratlari hisobot bilan birgalikda topshirilishi kerak. Fotosuratlar-da o’rganilayotgan maydonning umumiy ko’rinishi, tog’ jinslarining yuzaga chiqqan qismlari, ularning struktura-tekstura xususiyatlari, xarakterli burma va yoriq turlarining detallari tavsirlanadi. Kadrga odamlar, imorat, hayvonlar, daraxtlar tushmasligi zarur. Mayda ob’ektni suratga tushirishdan avval, kadrga kompas, qalam yoki bolg’ani tushirilsa, ob’ektning katta-kichikligi yaxshi aniqlanadi. Imkoniyat bo’lsa fotosuratga tush’ bilan qatlamlarni yoshi, chegarasi, har xil yoriq turlarining yo’nalishi ko’rsatilishi mumkin. Har bir su-rat hisobotga yopishtirilib, tagiga tushuntirish yozuvi beriladi. Qidiruv-tadqiqot ishlarining tarkibi va vazifalari quyidagilardan iborat: — Qidiruv-tadqiqot ishlari olib borilgan hududning geologik, gidrogeologik, injener-geologik ishlar ma'lumotlarini yig'ish. tahlil qilish, o'rganish va tartibga keltirish; — dala ishlari maydonining geologik tuzilishini, tog' jinslarining tarkibi va xususiyatlarini o'rganish — hududning tektonikva geomorfologik sharoitini o'rganish; — sizot suvlarining kimyoviy tarkibini va tog' jinslarining sho'rlanganligini o'rganish; Ilgari o'tkazilgan qidiruv ishlari natijalarini o'rganish hududiy geologik fondlarda. Suv va qishloq xo'jaligi vazirligining joylardagi tashkilotlarida hamda turli idoralarga qarashli loyiha tashkilotlarida olib boriladi. Bu ishlar jarayonidayerlaming topografik, geologik, gidrogeologik, injener-geologik, geomorfologik, geobotanik vatuproq xaritalari- gae’tibor beriladi va ko'chirib olinadi. Hudud iqtisodi, fizik-geografik sharoiti (relyefi, gidrografiyasi, gidrologiyasi, o'simlik dunyosi, tuproq- lari) to'g'risida ham ma’lumotlar to'planadi. Hududda tarqalgan suvli gorizontlarning hisoblash ko'rsatkichlari va tog' jinslarining injener-geologik xususiyatlari to'g'risida dastlabki xulosalar chiqarish uchun ichimlik suv manbalarini qidirish, foydali qazilmakonlari shaxtalarini quritish, turli inshootlar uchun olib boril gan qidiruv ishlari natijalarini ko'rsatuvchi hisobotlar, qimmatli ma’lumotlar beradi. Ekspluatatsiya qilinayotgan sug'orish tizimlarining ish rejimi to'g'risidagi ma’lumotlar qidiruv-tadqiqot ishlarining asosiy yo'nalishini belgilab beradi. Shuning uchun sug'orish tizimlarini qurish va ekspluatatsiya qilish to'g'risidagi gidrogeologik va injener-geologik ma’lumot lar diqqat-e’tibor bilan tartibga keltirilishi lozim. Asosiy kartografik ma’lumotlar ko'chirib olinadi, hisobotlar esahar tomonlamato'liq bayon qilinadi. Geologik kesimlar, quduqlar, buloqlar, laboratoriya ishlarining natijalari, maxsus aniq xaritaga tushiriladi vamaxsus kataloglar tuzilib, umumlashtirilgan jadvallarga yoziiadi.Geodinamik, gidrogeologik jarayon va hodisalami yorituvchi ma’lumotlami to'plashda cho'kish hodisasiga, tuproqlaming sho'ria- nishiga, karst, surilish, sel hodisalariga va injener-geologik sharoitga salbiy ta’sir etuvchi seysmik hodisalargahamdabulaming salbiy ta’siri- ga qarshi qo'llaniladigan chora-tadbir usullarining samaradorligini ko'rsatuvchi ma’lumotlarga asosiy e’tibor qaratiladi va o'rganiladi. Olib borilgan bu ishlar natijasida geologik, gidrogeologik, injenergeologik xaritalar va kesimlar tuziladi, yer osti suvlarining chuqurligi, minerallashuvi, kimyoviy tarkibi va tog' jinslarining injener-geologik xususiyatlari to'g'risidagi ma’lumotlar umumlashtiriladi. Bu esa hudud tabiiy sharoitining murakkabligiga to'g'ri baho berishga va tadqiqot ish larining mazmuni vahajmini to'g'ri tanlashgaimkon beradi.Dala ishlari marshrutli tadqiqot yordamida geofizik, burg'ilash, tajriba va boshqa ishlar bilan birgalikda olib boriladi. Natijada loyihalashtirilayotgan meliorativ tizim ta’sir o'tkazadigan chuqurlikkacha bo'lgan mintaqada tarqalgan tog' jinsi komplekslarining gidrogeologik va injener-geologik tavsifi yoritiladi. Dala ishlari jarayonida tog' jinslarining tarqalishi, qalinligi, hosil bo'lish sharoiti, yotish sharoiti, petrografik tarkibi, suvga to'yinganligi, struktura va teksturasi o'rganiladi. Bu tadqiqotlar tog' jinslari zarralari ning ichki mexanik bog'lanishi, ulaming suvdaerish qobiliyati, nurashga qarshiligi, qiyalik va yonbag'irlardagi turg'unligi, injener-geologik xossalari kabi umumiy sifat ko'rsatkichlari bilan to'ldiriladi.Tog' jinslari umumiy xususiyatiga to'liq baho berish uchun quruq iqlimli mintaqalarda tog' jinslarining tuz tarkibiga, cho'kuvchanligiga, sho'rlanganligiga, suv o'tkazuvchanligiga va suvlar ta’siridan erishi xususiyatiga alohida e'tibor beriladi. Ko'rsatib o'tilgan ko'rsatkichlar turli usullar bilan aniqlanishi mumkin. Masalan, tog' jinslarining zichligi va mustahkamligi qiyaliklaming shakliga, suvga chidamliligiga, jarliklarning shakliga, cho'kuv chanligiga, lyoss jinslari tarqalgan yerlarda cho'kib hosil bo'lgan chuqurliklariga yoki gillardagi karst o'pqonlariga qarab o'rganilishi mumkin. Dala kuzatuv ishlaridan tashqari bu ko'rsatkichlarni laboratoriya sharoitidao'tkaziladigan tadqiqotlar yordamida ham aniqlanadi. O'zbekiston sharoitida keng tarqalgan lyoss va lyossimon jinslar- ning cho'kuvchanligini ulaming hosil bo'lish sharoiti, yoshi, geomorfologik sharoitiga, iqlimiga va yer osti suvining chuqurligiga qarab aniqlash mumkin. Masalan, prolyuvial va eol lyosslari o'ta cho'kuv- chan, delyuvial, delyuvial-prolyuvial jinslar kuchsiz cho'kuvchan bo'ladilar. Qurilish kotlovanlarini kuzatish orqali tog' jinslarining xususiyatlari to'g'risidaqimmatli ma’lumotlar olinishi mumkin.Hududning tektonik sharoitini o'rganishga gidrogeologik va injener-geologik s’yomka jarayonida katta e’tibor beriladi.Bu yerdaasosiy e ’tiborni tog' jinslari komplekslarining tektonik harakat ta’siridan buzilganligiga, yorilganlik vanuraganlik darajasiga va tektonik strukturalaming hozirgi zamon geologik jarayonlari bilan bog'liqligiga qarati- ladi.Tektonik strukturalaming shakli, elementi va ularni tog' jinslarining suvgato'ldirilganligigata’siri o'rganiladi. Bu ishlar jarayonidatektonik harakatlar ta’siridan buzilgan mintaqadagi tog' jinslari tarkibiga, mintaqalaming katta-kichikligiga, qalinligiga, bunday mintaqalarga turli relyef shakllarining joylashishiga{jarliklar, daryo vodiylari). buloqlaming qiyalik yerlarda sodir bo'lishiga, karst hosil bo'lish jarayonining faolligiga suffoziya hodisasining bu mintaqa bilan bog'liqligiga katta e’tibor beriladi. Tog' jinslari massivlarining yorilganlik darajasini, mustahkamligini, suvga to'yinganligini, suv o'tkazuvchanligini o'rganish shu hududda melioratsiya ishlari olib borilganda ularning holatini o'zgarishini bashorat qilish uchun zarur. Geomorfologik tadqiqot ishlari natijasida turli xildagi relyeflaming tarqalish qonuniyatlarini vaulaming rivojlanish dinamikasini o'rganish va yerlarning geologik tuzilishi va injener-geologik sharoit bilan bog'liqligi aniqlanadi. Yerlarning relyefmi o'rganish jarayonida daryo vodiylariga katta e’tibor beriladi va vodiyning shakli, terrasalaming kengligi, balandligi, mezororelyef hamdavodiydatarqalgan geologik jarayonlar va hodisalar o'rganiladi. Daryo terrasalarining geologik tuzilishini o'rganish vaqtida daryo yotqiziqlarining tarkibi, tuzilishi, qalinligi vahosil bo'lish sharoiti, irrigatsion yotqiziqlarga alohida e’tibor beriladi.Daryo vodiysi yonbag'irlarini o'rganish vaqtida ulaming relyefi qiyaligi vaulaming tog‘ jinslariga bog'liqligi, turg'unlikholati, ulaming xarakteri o'rganiladi.Hozirgi zamon geologik va injener-geologik jarayon hamda hodisa lami o'rganish vaqtida bu jarayonlar tarqalgan, rivojlangan hududning tabiiy geologik sharoiti, ulami keltirib chiqaruvchi sabablar, jarayonlar dinamikasi. ulaming o'lchamlari va elementlariga tavsif beriladi.Cho'kish va suffoziya jarayonlari tarqalgan yerlarda ulaming tar qalish shakllari, turlari va o'lchamlari, faol rivojlanadigan davrlari, kimyoviy, fizik va meteorologik omillaming ahamiyatiga tavsif beriladi. Sho'rlanish rivojlangan hududlarda sho'rlangan tog' jinslarining tarkibi, qalinligi, sho'rlanishning turi va xarakteri yer usti suvlarining mavjudligi, ulaming ozuqalanish manbayi va rejimi o'rganiladi.Yonbag'ir va qiyaliklarda gravitatsion deformatsiyalar tarqalgan bo'lsa, deformatsiyalar va qiyaliklarning tikligi hamda balandligi bilan bog'liqligi va ularga eroziya hamdaabraziyaning ta’siri o'rganiladi.Sel hodisalari tarqalgan hududlar uchun suv yig'iladigan havzalar va soylar o'zanining xarakteri, qiyaligi, sellar o'tadigan davrlar (aholi- dan so'rab olinadi) to'g'risidama’lumot beriladi. Jarlik va daryo eroziyasi faol rivojlangan joylardahududning o'yilganligi, o'yilgan yerlarning chuqurligi, jarlik va daryo yonbag'irlarining xarakteri, ulami buzuvchi jarayonlar, jarliklarning rivojlanish tezligi, soyliklaming rejimi, eroziyaga qarshi qo‘llanilayotgan chora va tadbir lar o'rganiladi.Deflyatsiya hodisasi mavjud bo'lgan yerlarda qumlarning tarkibi, relyefning shakli, harakatlanishi, yer osti suvlarining mavjudligi va ulaming yotish chuqurligi hamda qumlami mustahkamlash uchun qo'llanilayotgan choralarga tavsif beriladi.Karstlar tarqalgan yerlarda karstlangan jinslaming qalinligi, ularning suv bilan to‘yinganligi, yorilganligi va g'ovakligi, tarqalish may donining chegaralari va chuqurligi, yer usti va osti suvlari bilan bog'liqligi yoritiladi. Injener-geologik jarayon va hodisalar tarqalgan yerlarda ulaming tarqalish xarakterini, vujudga kelish sharoiti, bu jarayonlarni tugatish usullarini o'rganib chiqish tadqiqot ishlarining asosiy vazifasiga kiradi. Ayniqsa, bu masala meliorativ tadbirlar qo'llanilayotgan maydoniarda, gidrotexnik inshootlar qurilayotgan va ekspluatatsiya qilinayotgan joylarda katta ahamiyat kasb etadi.Bu masalani yechish uchun tadqiqot ishlari jarayonida meliorativ tizim qurishdava ekspluatatsiya qilish vaqtida duch kelinadigan turli qiyinchiliklar va buzilishlar, ishlab turgan zovur tizimlarining holati va salbiy ta’sir ko'rsatuvchi injener-geologik hodisalar to'g'risida ma’lu motlar yig'ilishi lozim.Gidrogeologik sharoitni o'rganish jarayonida yer osti suvlarining yotish chuqurligi, yer osti suvi oqimining xarakteri, minerallashuvi, kimyoviy tarkibi, rejimi, suvli tog' jinslari xossalarining tarhda va vertikal kesimda o'zgarish qonuniyatlari to'g'risida ma’lumotlar olinishi lozim.Bu masalalami hal qilish uchun barchatabiiy va sun’iy yer osti suvi chiqqan punktlar o'rganiladi, yer osti suvlaridan kimyoviy tahlil uchun namunalar olinadi, yer osti suvlari sathlari vaharorati o'rganila di, turli chuqurliklarda burg'ilash quduqlari qazilib, suv tortib olish tajribalari o'tkaziladi hamda tog' jinslarining filtratsion ko'rsatkichlari aniqlanadi.Burg'ilash quduqlarining chuqurligiga bog'liq ravishda turli xildagi tajribalar o'tkaziladi va gidrogeologik masalalar yechiladi. Chuqurligi 300-500 metr bo'lgan burg'ilash quduqlaridaochilgan barchasuvli gorizontlar, ayniqsa, regional suv o'tkazmas qatlamdan pastdajoylashgan suvli qatlamlar gidrogeologik jihatdan tekshiriladi. Chuqurligi 50-150 metrli burg'ilash quduqlarida yer yuzidan to birinchi suv o'tkazmas qatlamgachaboigan barchasuvli qatlamlardahar 5 -1 0 metr chuqurliklarda gidrogeologik tadqiqot ishlari o'tkaziladi. Bu quduqlarda yer osti suvlarining statik sathi o'lchanadi, suv namunalari olinadi va tog' jinslarining filtratsion xususiyatlari aniqlanadi. Chuqurliklari 10-20 metrdan 20-50 metrgacha bo'lgan burg'ilash quduqlarida sizot suvlarining paydo bo'lishi vasathi kuzatiladi, yer osti suvlarining minerallashuvi va kimyoviy tarkibini o'rganish uchun suv namunasi olinadi, suvlarning harorati o'lchanadi va tog' jinslarining filtratsion xususiyatlari aniqlanadi. Suvli qatlamlarning filtratsion xususiyatlarini aniqlash tajribaviy suv tortib olish vatezkor usullar yordamida aniqlanadi. Tajribaviy suv tor tib olish ishlari odatda, tikdrenaj qurish yoki yer osti suvlaridan sug'orish va ichimlik suvi ta’minotida foydalanish mo'ljallanayotgan xarak- terli maydoniarda o'tkaziladi. Aeratsiya mintaqasi tog' jinslarining filtratsion xususiyatlarini o'rganish vazifasiga alohida e’tibor berilishi lozim.Qidiruv-tadqiqot ishlari jarayonida asosiy gidrologik sharoitni o'rganish uchun daryo oqimining rejimi, umumiy minerallashuvi, kimyoviy tarkibi, harorati ustidan nazorat o'matiladi. Qurg'oqchil iqlimli viloyatlarda rejim kuzatuv ishlari yirik sug'orish kanallari va zovurlarida ham qo'shib olib boriladi.Yer usti vaosti suvlari rejimlari ustidan olib boriladigan kuzatuvlar bir yildan qisqa bo'lmasligi kerak. Agar hududda doimiy kuzatuv shoxobchalari (kuzatuv quduqlari) va balans maydonchalari mavjud bo'lsa, vaqtinchalik kuzatuv shoxobchalari (quduqlari) tashkil qilishga ehtiyoj qolmaydi.Yer usti suvlarining faoiiyatiga injener-geologik jihatdan baho berish uchun maydonlami suv bosish davrlarini aniqlash, yer usti suvlarining yerlarni botqoqlikka aylantirishidagi va sho'rlantirishdagi ishtirokini eroziya, abraziya hodisalarining vujudgakelish imkoniyatini aniqlash lozim.Yer osti suvlari vatog' jinslari tarkibidagi tuzlarning miqdori, tarkibi va ularning tarqalish qonuniyatlarini o'rganish, gidrogeologik jarayonning o'zgarishini gidrokimyoviy nuqtayi nazardan o'rganish usuligina bo'lmay, balki melioratsiyaning asosiy o'rganish obyekti sifatida ahamiyatga egadir. Bu esa tadqiqot ishlarini murakkablashtiradi, chunki aeratsiya mintaqasi tog' jinslaridagi tuz rejimi o'zgarishining o'rganilish masalasini qo'yadi. Tuz rejimi esa doimo meliorativ tadbirlaming faol ta’siri doirasidabo'ladi. Shuning uchun qidiruv ishlari vaqtidaaeratsiya va suvga to'yingan mintaqalar jins va suvlaridan namunalar olish, tuz Xulosa: Geologik qazilmalar ustunlari boyicha kesim tuzish, yer yuzining qazilar va mineral qirolicha bog'liq ma'lumotlarni olish uchun amaliy tajribalarni o'tkazish va qazilma ko'rsatkichlarini tahlil qilish uchun juda muhimdir. Bu kesimlar qazilma tajribalarini sezish uchun o'zini ko'rsatishda va qazilmani yangiga ko'tarishda ham yordam beradi. Kesimlarda qazilma ko'rsatkichlari, eng muhim qazilma soxalari, qo'shma mineral turlari, qattiq kambag'al, qatlamli xususiyatlari va boshqa ma'lumotlar olish mumkin. Kesim tuzib chiqilishda, geologik ko'rinishni bosib o'tish va qazilma ko'rsatkichlarini tahlil qilish uchun ushbu ma'lumotlardan foydalaniladi. Bu esa qazilma ko'rsatkichlarini aniqroq aniqlaydi, shuningdek, qazilma joylarini aniqlash va oddiylik bilan tushuntirib beradi. Shunday qilib, geologik qazilmalar ustunlari boyicha kesim tuzish, yuqori sifatli mineral ko'rsatkichlarini va qazilma joylarini aniqlash uchun muhimligini yetakchi ko'rsatqichdir. Download 91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling