Qidiruv tizimi va axborotlarni qidirish tushunchasi Elektrоn pоchta


Download 271.4 Kb.
bet6/6
Sana25.04.2023
Hajmi271.4 Kb.
#1397702
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qidiruv tizimi va axborotlarni qidirish tushunchasi

Matn muharrirlari. Amaliy dasturlarning bu toifasining asosiy vazifasi matnga ma’lumotlarni kiritish va tahrir qilishdan iboratdir. Ushbu dasturlarning qо’shimcha vazifalari kiritish va tahrir qilishni avtomatlashtirishdan iboratdir.
Ma’lumotlarni kiritish, chiqarish va saqlash amallari uchun matn muharrirlari tizimli dasturiy ta’minotni ishga tushiradi (chaqiradilar) va undan foydalanadi, lekin bu amaliy dasturlarning hammasi uchun xos va bundan keyin ham bu faktni maxsus ravishda kо’rsatib о’tirmaymiz.
Odatda, dasturiy ta’minot bilan tanishishni amaliy dasturlarning ish toifasidan boshlanadi va kompyuter tizimi bilan о’zaro aloqaning birinchi amaliy kо’nikmalarini hosil qilinadi.
Matn protsessorlari. Matn protsessorlarining matn muharrirlaridan asosiy farqi shundaki, ular matnni kiritish va tahrir qilishgagina emas, balki uni formatlash, ya’ni shakllantirishga imkon yaratadi. Shunga muvofiq ravishda matn protsessorlarining asosiy vositalariga yakuniy hujjatni tashkil etuvchi matn, grafika, jadval va boshqa obyektlarni formatlash jarayonini avtomatlashtirish kiradi. Hujjatlar bilan ishlashning zamonaviy usuli ikkita muqobil yondashuvni kо’zda tutadi. Bular: qog’oz va elektron hujjatlar bilan (qog’ozsiz texnologiya bо’yicha) ishlash. Shuning uchun hujjatlarni matn protsessorlari vositalari bilan shakllantirish haqida gapirganda tamoyil jihatdan bir-biridan farqlanuvchi ikkita yo’nalish – chop etish uchun m о’ljallangan hujjatlarni formatlash va ekranda aks ettirish uchun mо’ljallangan elektron hujjatlarni formatlashni nazarda tutish keraq Bu hollarda ishlaydigan usul va uslublar sezilarli ravishda bir-biridan farqlanadi. Garchi ularning kо’pchiligi har ikki yondashuvni о’zida birlashtirsa ham, shunga mos ravishda matn protsessorlari ham farqlanadi.
Grafik muharrirlari. Bu grafik tasvirlarni yaratish va ishlov berish uchun mо’ljallangan dasturlarning juda keng toifasi (sinfi)dir. Ushbu toifaga rastr muharrirlari, vektor muharrirlari va uch о’lchamli grafika (3D-muharrirlari) ni yaratish va ularga ishlov berish uchun ishlatiladigan dasturiy vositalar kiradi.
Rastr muharrirlari grafik obyektlar yoruqlik hamda rang xususiyatlariga ega bо’lgan rastrni tashkil etuvchi ya’ni nuqtalar kombinatsiyalari shaklida qо’llanadi. Bunday yondashuv grafik tasvir kо’plab yarim tonlarga ega bо’lganida va obyektni tashkil qiluvchi elementlar (unsurlar) haqidagi axborot, ularning shakli tо’g’risidagi xabarlarga qaraganda muhimroq bо’lgan hollarda samarali. Bu fotografik va matbaa tasvirlari, ularning retushi (chiziqlari va aksini tо’g’rilash) uchun fotoeffektlar va badiiy kompozitsiyalar (kallajlar) yaratish uchun qulay.
Rastr muharrirlari bilan yangi tasvirlar yaratish imkoniyatlari cheklangan va har doim ham qulay emas. Kо’pchilik hollarda rassomlar an’anaviy usullardan foydalanuvchilar, undan rasmni kompyuterga maxsus apparat vosita (skaner)lari yordamida kiritib, ishni rastr muharriri yordamida maxsus effektlar kiritish yo’li bilan tugallashni afzal kо’radilar.
Download 271.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling