Butun zanjir uchun Om qonuni.
Ushbu ξ = U+U ich, tenglikka zanjirning bir qismi uchun Om qonunidan U=I · R; U ich =I · r ni qo'ysak, ξ = I • R + I • r = I (R+r) ni olamiz. Bundan:
Shunday qilib, zanjirdagi tok kuchi, manba elektr yurituvchi kuchining zanjir tashqi va ichki qismlari qarshiliklari yig'indisiga nisbatiga teng. Bu butun zanjir uchun Om qonunidir. Om qonuniga ko'ra, zanjirning tashqi qismining qarshiligi qancha kichik bo'lsa, tok kuchi shuncha katta bo'ladi. Lekin bunda zanjirning tashqi qismidagi kuchlanish kamayadi, negaki ichki qismida I • r kuchlanish ortadi: U= ξ –I · r
Butun zanjir uchun Om qonuni. Zanjirdan o‘tayotgan tok kuchi I manbaning EYuK ga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, zanjirning umumiy qarshiligiga teskari proporsionaldir:
bunda r – manbaning ichki qarshiligi (Om);
R – manbaning tashqi qarshiligi (Om).
Masala. Ko‘ndalang kesim yuzasi S=150 mm2 bo‘lgan alyuminiy simdan tortilgan o‘zgarmas elektr uzatish liniyasining uzunligi l=120 km. Agar uzatilayotgan tok kuchi I=160 A bo‘lsa, liniyaning kuchlanish tushuvi ∆U nimaga teng bo‘ladi? Bu yerda sim materialining solishtirma qarshiligi ρ=2,8·10-8 Om·mga teng.
Yechish. Liniyadagi kuchlanish tushuvi Om qonuniga binoan ∆U=IR bo‘lib, bunda o‘tkazgichning qarshiligi bo‘lganligi uchun:
∆U = IR = I = V
Noma’lum kattaliklarni toping
№
|
S
(mm2)
|
l
(km)
|
I
(A)
|
ρ
(mkOm·m)
|
U
(V)
|
1
|
120
|
120
|
160
|
0,028
|
Х
|
2
|
75
|
Х
|
160
|
0,028
|
7168
|
3
|
100
|
130
|
Х
|
0,028
|
5460
|
4
|
120
|
140
|
120
|
Х
|
3920
|
5
|
Х
|
0,3
|
60
|
0,0172
|
123,84
|
6
|
4
|
0,5
|
Х
|
0,0172
|
172
|
7
|
6
|
1,2
|
100
|
0,0172
|
Х
|
8
|
4
|
0,8
|
80
|
Х
|
275,2
|
Do'stlaringiz bilan baham: |