Qilichov orifjon gapirovich
Download 1.1 Mb.
|
4 Butun zanjir uchun Om qonuni Oddiy elektr zanjirlarni hisoblash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Noma’lum kattaliklarni toping Manbaning ichki qarshiligi
- Amaliy mashg‘ulotni bajarishga oid mustaqil variantlar 2-masala.
- Фойдаланилган адабиётлар 1.
- ETIBОRINGIZ UCHUN RAHMAT! + 998 71 237 19 68 o
Noma’lum kattaliklarni toping Manbaning ichki qarshiligi Istalgan berk elektr zanjiri ichki va tashqi qismlardan iborat. Elektr zaryadlari berk zanjir bo'ylab o'tayotganda faqat tashqi qismida emas, balki ichki qismida ham qarshilikka uchraydilar. Buni quyidagi tajriba tasdiqlaydi. Elektrodlari orasidagi masofasi o'zgaradigan galvanik element olib, unga zanjirning tashqi qismini ulaymiz. Zanjirga ulangan ampermetr zanjirdagi tok kuchi elektrodlar orasidagi masofa kamaytirilganda ortishi va uzaytirilganda kamayishini ko'rsatadi. Bunda manba ichidagi elektrolit eritmasi ustunining uzunligi o'zgarganligidan, zanjirdagi tok kuchi o'zgarishi ichki uzunligi o'zgarganligidan, zanjirdagi tok kuchi o'zgarishi ichki qism qarshiligi o'zgarishi tufayli bo'ladi, deb xulosa chiqarish mumkin. Butun zanjirning qarshiligi tashqi qismining (R) va ichki qismining (r) qarshiliklari yig'indisiga teng. 1-masala. Elektr zanjirining EYuK E=220 V, manbaning ichki qarshiligi r=0,5 Om va manbaga ulangan tashqi qarshilik R=21,5 Om dan iborat. Zanjirdagi I tok kuchining qiymatini aniqlang. Yechish. Butun zanjir uchun Om qonuni bo‘yicha zanjirdagi tok kuchi: Kuchlanishning ichki tushuvi: Tok manba qisqichlaridagi yoki tashqi kuchlanish yoki quyidagi formula bo‘yicha ga teng. Amaliy mashg‘ulotni bajarishga oid mustaqil variantlar 2-masala. Elektr yurituvchi kuchi 24 V bo‘lgan elektr energiya manbaiga qarshiligi 100 Om bo‘lgan lampochka ulangan. Agar yopiq zanjirdagi tok kuchi I=0,2 A bo‘lsa, manbaning ichki qarshiligini toping va elektr zanjirining sxemasini chizing. 3-masala. Ichki qarshiligi 10 Om va elektr yurituvchi kuchi 127 V bo‘lgan elektr energiya manbaiga lampochka ulangan. Agar yopiq zanjirdagi tok I=1,27 A bo‘lsa, zanjirning tashqi qarshiligi va quvvatini toping. Zanjirning elektr sxemasini chizing va parametrlarini yozing. 4-masala. Ichki qarshiligi 30 Om va elektr yurituvchi kuchi 60 V bo‘lgan elektr energiya manbaiga quvvati 60 Vt bo‘lgan qarshilik ulangan. Agar yopiq zanjirdagi tok I=0,6 A bo‘lsa, tashqi qarshilikning qiymati va kuchlanishini toping. Zanjirning elektr sxemasini chizing va parametrlarini yozing. 6-masala. Elektr zanjirining tok kuchi I=5 A, manbaning ichki qarshiligi r=2 Om, manbaga ulangan tashqi qarshilik R=10 Om dan iborat bolganida, elektr zanjirining EYuK ε ni hisoblang. 7-masala. Elektr zanjirining EYuK ε=10 V, tok kuchi I=8 A, manbaning ichki qarshiligi r=3 Om bo’lganida, manbaga ulangan tashqi qarshilik R ni toping. 8-masala. Elektr zanjirining EYuK ε=15 V, tok kuchi I=4 A, manbaga ulangan tashqi qarshilik R=15 Om bo’lganida, manbaning ichki qarshiligi r ni toping. 9-masala. Elektr zanjirining EYuK ε=20 V, manbaning ichki qarshiligi r=0,5 Om, manbaga ulangan tashqi qarshilik R=8 Om bo’lganida, elektr zanjirining tok kuchini I toping. 10-masala. Elektr zanjirining EYuK ε=25 V, tok kuchi I=5 A, manbaga ulangan tashqi qarshilik R=2 Om bo’lganida, manbaning ichki qarshiligi r ni toping. 11-masala. Elektr zanjirining EYuK ε=80 V, tok kuchi I=10 A, manbaning ichki qarshiligi r=1 Om bo’lganida, manbaga ulangan tashqi qarshilik R ni toping. 12-masala. Elektr zanjirining tok kuchi I=15 A, manbaning ichki qarshiligi r=3 Om, manbaga ulangan tashqi qarshilik R=8 Om dan iborat bo’lganida, elektr zanjirining EYuK ε ni hisoblang. 13-masala. Elektr zanjirining EYuK ε=40 V, manbaning ichki qarshiligi r=35 Om, manbaga ulangan tashqi qarshilik R=15 Om bo’lganida, elektr zanjirining tok kuchini I toping. 14-masala. Elektr zanjirining EYuK ε=60 V, tok kuchi I=5 A, manbaga ulangan tashqi qarshilik R=20 Om bo’lganida, manbaning ichki qarshiligi r ni toping. 15-masala. Elektr zanjirining EYuK ε=12 V, tok kuchi I=5 A, manbaning ichki qarshiligi r=10 Om bo’lganida, manbaga ulangan tashqi qarshilik R ni toping. 16-masala. Elektr zanjirining tok kuchi I=10 A, manbaning ichki qarshiligi r=13 Om, manbaga ulangan tashqi qarshilik R=10 Om dan iborat bo’lganida, elektr zanjirining EYuK ε ni hisoblang. 17-masala. Elektr zanjirining EYuK ε=50 V, manbaning ichki qarshiligi r=35 Om, manbaga ulangan tashqi qarshilik R=25 Om bo’lganida, elektr zanjirining tok kuchini I toping. 18-masala. Elektr zanjirining EYuK ε=220 V, tok kuchi I=5 A, manbaga ulangan tashqi qarshilik R=20 Om bo’lganida, manbaning ichki qarshiligi r ni toping. Фойдаланилган адабиётлар 1. Қодиров Т.М., Алимов Ҳ.А. «Саноат корхоналарининг электр таъминоти», Ўқув қўлланма, Тошкент ш., 2006. 2.Steven W. Blume, Electric power system basics, 2007. 3. Аллаев К.Р. Электроэнергетика Узбекистана и мира, Т.: «Фан ва технология», 2009. 4. Мажидов Т.Ш. Ноанаънавий ва қайта тикланувчи энергия манбалари, Ўқув қўлланма, Тошкент ш., 2014. 5. М. Усманов. Физика (Олий ўқув юртларига кирувчилар учун) қўлланма. Т.2017йил. 6. Izzatillaev J.O., Davirov A.D. Mutaxassislikka kirish. O‘quv qo‘llanma, -Toshkent, 2021. 7.https://www.youtube.com/watch?v=7XbXVf5PabQ 8.https://paradacreativa.es/uz/kondansat%C3%B6r-qanday-ishlaydi/ Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari kafеdrasi assistenti QILICHOV ORIFJON GAPIROVICH E'TIBОRINGIZ UCHUN RAHMAT! + 998 71 237 19 68 o.kilichov@tiiame.uz @QilichovOrifjon Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling