Qilinardi. 1523 yildayoq birinchi bor kalvinist ruhoniy yoqib
Download 15.88 Kb.
|
Zafarbek 2
qilinardi. 1523 yildayoq birinchi bor kalvinist – ruhoniy yoqib yuborilgan edi. Katoliklar tarafida qirol, Parij va mamlakat aholisining asosiy qismi bor edi (koʻpgina oddiy odamlar guge- notlar orasida zodagonlar koʻp boʻlganligi uchun ularga ishonmas- dilar). 1560 yildan 1574 yilgacha Fransiyada Valua sulolasidan qirol Karl IX hukmronlik qildi. U iqtidorli emasdi, davlat ishlari ham uni uncha qiziqtirmasdi. U hali kichik yoshda boʻlgan yillarda uning onasi oʻta magʻrur, ayyor va janjalkash ayol qirolicha Yekaterina Medichi hukmronlik qildi. Shu davrda Antuan Bur- bonning ham saroydagi taʼsiri kuchayadi. Diniy urushlar mamlakatni kulfat girdobiga tortdi. Yovuzlik va jaholat kuchaydi. Katoliklar oʻz tarshkilotlarini tuzar, son- sanoqsiz yurishlar tashkil qilar, gugenotlarni oʻldirishardi. Ularayollarga ham, bolalarga ham shafqat qilmadilar. Gugenotlarning mol-mulklari yoqib yuborildi. Buning hammasini katoliklar gunoh hisoblamas, zero gugenotlarni bidʼatchilar deb hisoblashardi, shu- ning uchun ularni yoʻq qilish kerak edi.Gugenotlar unchalik shafqatsiz emasdilar. Odatda qoʻlga kiri- tilgan shaharlarda ular cherkovlarni vayron qilar, avliyolarning haykallarini, ikonalarni sindirardilar. Ular ruhoniy va monax- larga shafqat qilishmas edi. Ayollar va bolalarga esa odatda tegish- masdi.Diniy urushlar paytida protestantlar qirol hokimiyatini yon berishga majbur qildilar. 1570 yilda Sen-Jermenda kelishuvga erishildi va qirol yarashish ediktiga imzo chekdi. Gugenotlar kato- liklar bilan bir qatorda davlat mansablarini egallash huquqiga ega boʻldilar. Protestantlarning diniy marosimlariga hamma yerda ruxsat berildi. Gugenotlar toʻrtta qalʼani, shu jumladan gʻarbiy qirgʻoqdagi Laroshel portini ham oʻz qaramogʻiga oldilar. Biroq tinchlik uzoqqa choʻzilmadi.Fransiyadagi oʻzaro urushga Angliya, Ispaniya, Niderland gyozlari, nemis askarlari, italyan, ispan va shveysar yollanma jangchila- ri aralashdilar.varskiy edilar. Karl IX katoliklar va gugenotlarni yarashtirish maqsadida Genrixga oʻz singlisi Margaritani erga berishga qaror qildi. Toʻyni 1572 yilning avgustiga belgiladilar. Shuning uchun ham Parijga gugenotlarning barcha yoʻlboshchilari oʻz odamlari bilan keldilar. Katoliklarning rahbarlari va Yekaterina Medi- chi gugenotlarning va Genrix Navvarskiyning taʼsiri kuchayishi- ga yoʻl qoʻyishni xohlamas edilar. Ular protestantlarning barcha yoʻlboshchilari Parijga toʻplanishidan foydalanib, ularni yoʻq qilishga qaror qildilar. Eng avvalo gugenotlarning yoʻlboshchilaridan biri admiral Ko- liniga suiqasd qilindi. Uni panadan otilgan oʻq bilan yarador qilishdi, lekin u tirik qoldi. Yekaterina Medichi gugenotlarningqasd olishidan qoʻrqib (Parijda 20 mingdan ortiq gugenot yigʻilgan edi), zarba berishga qaror qildi. Uning baxtiga Parij aholisi ham Yekaterina Medichi tarafida edi. Zaif xarakterli Karl IX ni bu «mangu isyonchilar»ni yoʻq qilish zarurligiga ishontirishdi. 1572 yil 24 avgust – Muqaddas Varfolomey bayrami arafasi- dagi tunda Parij savdogarlari oqsoqoli tuzgan qotillar toʻdalari gugenotlarni kaltaklashni uyushtirdilar. Gugenotlar joylashgan uylarni xoch bilan yashirincha belgilab chiqdilar. Sen-Jermen ab- batligida qoʻngʻiroq chalindi, bu birinchi chaqiriq edi. Muqaddas Varfolomey tuni boshlandi. «Oq koʻngil katoliklar»ning olomoni gersog Genrix Giz rahbarligida gugenotlarning uylariga bosti- rib kirdilar. Aksariyatini toʻshakda ushlab oldilar, bechoralar hech narsadan shubhalanishmagan edi. Uylarni taladilar, gugenotlarni oʻldirdilar. Ayollarni ham, goʻdaklarni ham ayamadilar. Admiral Kolinini oʻldirib, jasadini koʻchalardan sudrab oʻtdilar, soʻngra dorga osib qoʻydilar, qirolning oʻzi ham saroy derazasi yonida tu- rib bu baxtsiz odamlarga oʻq uzdi. 24 avgust tushgacha 2 ming guge- not oʻldirildi. Qotillik bir necha kun davom etdi. Zamondoshlar hammasi boʻlib 30 ming kishi oʻldirildi, deb hisoblaganlar. Genrix Navarrskiy va shahzoda Konde katolik diniga oʻtganligi uchungina tirik qolishdi. Shu voqealardan keyin protestantizm Fransiyada taqiqlandi.Muqaddas Varfolomey tunidagi qotillik bilan fuqarolar uru- shining 1560 –1572 yillarni oʻz ichiga olgan, nisbatan moʻʼtadil bi- rinchi davri yakunlandi.Madridda va Rimda Varfolomey tuni haqidagi xabarni quvonch bilan kutib olishdi va tantanali bayram qildilar. Papa GrigoriyXIII bir tomonda oʻzining portreti va ikkinchi tomonida qoʻlida xoch ushlagan va gugenotlarni oʻldirayotgan farishta tasvirlangan medal tayyorlashga buyruq berdi. Ispaniya qiroli xat joʻnatib Karl IX ni shunday ajoyib onasi borligi bilan, Yekaterina Medi- chini esa uning shunday «gʻaroyib» oʻgʻli borligi bilan tabrikladi. Sen-Jermen edikti yoʻq qilindi. Biroq urushlar davom etdi. Endi Laroshel va boshqa shaharlarning aholisi isyon koʻtardilar, ularga zodagon-gugenotlar qoʻshildilar. Diniy urushlar Fransiya uchun ulkan fojia boʻldi, diniy muta- assiblik va fanatizm oʻn minglab fransuzlarning oʻlimiga sabab boʻldi. Mutaassiblik va fanatizmning qurbonlari safida Valua sulo- lasining soʻnggi qiroli Genrix III va katoliklar sardori Genrix Giz ham bor edilar. Uch Genrix urushi. 1574 yili Karl IX vafot etganidan soʻng taxt aka-ukalarning eng kichigi Genrixga tegdi. Genrix III mamlakatni 15 yil (1589 yilgacha) boshqardi, ammo bu vaqtni fransuzlar uchun baxtli davr deb boʻlmaydi. Zamondoshlari Genrixning yengiltaklik, maydakashlik, oʻziga ortiqcha bino qoʻyish, byezakka moyillik kabi sifatlarini taʼkidlab oʻtishgan. Mamlakatda fuqarolar urushi da- vom etardi, fransuzlar fransuzlarni oʻldirishayotgandi. Bu payt- ga kelib, gugenotlar mamlakatni boʻlib tashlashga qaror qilishdi. Reformatsiyaning ikkita – burjua va dvoryan yoʻnalishlari birla- shib, 1575 yili konfederatsiya tashkil qilishdi. Ular mamlakat janubida katta yerlarni (Dofine va Langedokdan Sentonjgacha) birlashtirib, oʻzlarining yaxshi qurollangan armiyasi, soliq va boshqaruv tizimi bilan «davlat ichida davlat»larini tuzdilar. Protestantlikka qaytgan Genrix Navvarskiy va shahzoda Konde ularning rahnamolari boʻlishdi. Ayni shu paytda Fransiya taxtiga yana bir daʼvogar Genrix Giz ham katolik ligani – harbiy tartib- li ommaviy harakatni tuzdi. Amalda Genrix Gizning hokimiyati Genrix III nikidan koʻproq edi. Gizni «Parijning toj kiymagan qiroli» deb bekorga aytishmasdi. Hamma narsadan koʻra katoli- klarni taxt vorisligi masalasi xavotirlantirardi. Aka-uka Valu- alarning hech biri erkak voris qoldirmagan va agar Genrix III va- fot etgan taqdirda taxt aka-uka Valualarning qarindoshi – Genrix Navarrskiyga, oʻsha «gugenot» va «bidʼatchi»ga oʻtardi. Oʻta fanatik boʻlgan katoliklar orasida fitna pishib yetilardi, qirolni olibqochish, majburan monax qilib sochini qirqtirish, fransuz tojini esa oʻzlarining sevimli kishisi – Genrix Giz boshiga kiydirish lozim edi. Katolik liganing taʼsiridan qoʻrqib ketgan Genrix III Parij- dan qochib chiqdi va Genrix Gizni oʻz yoniga chaqirdi. 1588 yilning dekabrida ehtiyot boʻlmasdan qirolning buyrugʻini bajargan Gen- rix Giz oʻldirildi. Qotilga buyruqni Genrix III ning oʻzi berdi. Qirol liganing boshqa rahbarlari bilan ham shunday yoʻl tutdi, kimlardir oʻldirildi, kimdir qamoqxonaga tashlandi. Parijliklar Genrix IIIni bunaqa ish uchun kechira olishmasdi. Oʻldirilganlarni «shahid boʻlgan avliyolar» deb eʼlon qilishdi. Parij boʻylab motam marosimi davom etardi. Katoliklar yoniq shamlarni olib yurishardi, keyin ularni puflab oʻchirib, «Xudo Va- lualar sulolasining nomini oʻchirsin!» deb qichqirishardi. Katolik ruhoniylar dindorlarga qirol sogʻligʻi uchun duo oʻqishni man qildilar, dinshunos olimlar esa barcha fuqaro Gen- rix IIIga sodiqlik qasamyodidan ozod qilinganliklarini eʼlon qildilar. 1589 yilning yozida monax Jak Kleman (1567–1589) qirolni ogʻir yarador qildi. Pichoq urilgandan soʻng Genrix III yana bir necha soat yashadi va Fransiyani boshqarishga Genrix Navarrskiyni yorlaqadi, lekin bu orada Parij gugenotni qabul qilmasligini ham aytib oʻtdi. Ehtiyotkor va ayyor siyosatdon Genrix Navarrskiy ham mamlakat protestant-qirolni qabul qilmasligini tushunardi. «Parij messaga1 arziydi», – dedi fransuz qiroli Genrix IV (1553 –1610) boʻlib olgan Genrix Navarrskiy. U ikkinchi marta ka- tolik mazhabiga oʻtdi. 1594 yilning 27 fevral kuni Genrix Shartr ibodatxonasida toj kiydi, 22 martda esa Parij qirolga oʻz darvo- zalarini ochdi. Genrix IV oʻzining barcha kuchi, taʼsiri, qobiliyatidan katoli- klar bilan gugenotlar oʻrtasida murosaga erishish yoʻlida foyda- landi. U katolik amaldorlarni taʼqib qilib oʻtirmadi, aksincha, ularni ehsonlarga koʻmib tashladi. Diniy urushlarni toʻxtatish va mamlakat yaxlitligini taʼminlash Genrix IV siyosatining asosi boʻlib qoldi. Shu maqsadda 1598 yili Ispaniya bilan tinchlik shar- tnomasi imzolandi va katoliklikni davlat dini deb eʼlon qilganNant ediktini chiqardi. Bu edikt katolik mazhabini davlat dini deb eʼlon qilingan boʻlsa ham, gugenotlarning siyosiy va diniy huquqlarini tartibga soldi, mamlakatda diniy murosasozlikka erishildi. Genrix IV yangi davrda birlashgan qudratli davlat tuzish vazifa- sini diniy muammodan ustun qoʻygan birinchi kuchli qirol boʻldi. Genrix IV fransuzlar xotirasida «ajoyib», «shonli» qirol si- fatida qolgan. Hatto qoʻshiq ham aytib yurishardi: «Anri toʻrtinchi yashagan ekan, u ajoyib bir qirol ekan». Uning davrida Fransiya Ispaniya bilan jang qilishni tugat- di, u dehqonlardan toʻgʻridan-toʻgʻri soliqni (talyani) pasaytirdi. Qashshoq dehqonlarga ega boʻlgan mamlakat kuchli armiya tuza ol- masligini qirol yaxshi tushunar edi. U qarzi uchun dehqonlarni qamoqqa olish va molini olib qoʻyishni taqiqladi. Genrix IV sano- atni va savdoni rivojlantirishga homiylik qildi. Uning davrida koʻplab qirollik manufakturalari ochildi. Angliyadagi Yelizaveta davridagi singari savdo kompaniyalari tuzildi. Aytishlaricha, u qashshoq dehqonlarga yakshanba kunlari ularning qozonida tushlik- ka tovuq goʻshti qaynaydi, deb vaʼda qilgan. Bu vaʼda bajarilmadi, lekin diniy urush va Ispaniya bilan urush tugallandi, soliqlar bir muncha kamaydi, xalqning yashash tarzi yaxshilandi. Shuning uchun u xalq xotirasida «ajoyib qirol» boʻlib qoldi. Genrix IVning siyosatini amalga oshirishda uning birinchi mi- nistri Syullining1 xizmatlari ham katta boʻldi. Genrix IVning qirollik paytida uning hayotiga yigirma martadan koʻp suiqasd qilindi. Katolik liganing sobiq sardorlari va iyezuitlar xotir- jam boʻlmadilar. 1610 yili qirol katolik-fanatik Fransua Rava- lyak (1578 –1610) xanjari zarbidan oʻldirildi. Oʻlimidan soʻng Gen- rix IVning shuhrati yanada oshdi, u haqda afsonalar toʻqildi, uni katoliklar ham gugenotlar ham sharafladilar. Absolyutizm gʻalaba qildi, qirol ichki tinchlik va barqarorlikning kafolati boʻlib qoldi. Genrix IVning oʻlimidan soʻng feodal aʼyonlar qirol hoki- miyatini zaiflashtirishga urinib koʻrishdi. Taxt Genrix IVning oʻgʻli Lyudovik XIII va uning onasi, Genrix IVning ikkinchi xoti- ni Mariya Medichiga oʻtdi. Mariya Medichi regent edi. Saroy aʼyon-larining taʼsiriga dosh berishga uning irodasi yetishmadi. Ular oʻzlariga yaxshi oʻrinlarni berishga, qimmatbaho sovgʻalar qilishgauni koʻndirdilar. Xazina boʻm-boʻsh boʻlib qoldi va mamlakat dahshatli jar yoqasida turardi. Lekin Lyudovik XIII boshqargan ay- nan oʻsha yillari qirolning birinchi ministri boʻlib Arman Jan dyu Plessi – kardinal Rishelyo1 hukumat tepasiga keldi. Fransiyada absolyutizmning mustahkamlanishi aynan Rishelyoning nomi va xizmati bilan bogʻliq. Kardinal Rishelyo islohotlar yoʻlini tutdi va ulardan maqsad nimaligini shunday ifodaladi: «Mening birinchi maqsadim qirolning ulugʻvorligi edi, ikkinchi maqsadim davlatning qudratliligidir». Birinchi ministr gugenotlarning davlat ichidagi davlati- ni yoʻqotish vazifasini qoʻydi. Qirollik armiyasi Laroshelni qoʻlga kiritdi. Gugenotlardan ularning qalʼalari, shaharlari, qoʻrgʻonlari olib qoʻyildi. Ammo kardinal ularning diniy erkin- ligini cheklamadi, Nant edikti oʻz kuchida qoldi. Rishelyo oʻzbilarmonlik qilganlarni ayovsiz jazolar va amal- dorlarni vazifasidan olib tashlardi. U zodagonlar oʻrtasida du- elni man qildi – qonni qirol uchun toʻkish kerak, derdi kardinal. Joylarda hokimiyat amaldorlar, intendantlarga berildi. Ular hukumat tomonidan tayinlanar va unga boʻysunishardi. Xazinani toʻldirish uchun Rishelyo sanoatni, savdoni, kema qatnovini qoʻllab- quvvatladi. Uning davrida Fransiya oʻttiz yillik (1618 –1648) urushga tortildi. Fransuz armiyasi Yevropada eng kuchli armiyaga ay- landi, bu haqda uning gʻalabalari va Fransiyaga yangi yerlar – Elzas va Lotaringiyaning qoʻshib olinishi aytib turibdi. Gersog de Rishelyo qirolning birinchi ministri boʻlib, 18 yil Fransiya siyosatini oʻz qoʻlida ushlab turdi va 150 yil – 1789 yilgi Buyuk fransuz inqilobigacha saqlanib qolgan siyosiy tuzumni yarat- di.Rishelyo Genrix IVning mamlakatni mustahkamlash va bir- lashtirish yoʻlini davom ettirdi, uning davrida diniy taqiblar toʻxtatildi. Mamlakatda diniy mojarolarga chek qoʻyish maqsadida u «gugenotlar ham, katoliklar ham mening koʻz oldimda bir xilfransuzlardir», «mening davlat dushmanlaridan boshqa dushman-larim yoʻq edi», degandi. Fransiyada Reformatsiya va diniy urushlar oʻzining alohida xu- susiyatlariga ega edi, ularda zodagonlar va shaharliklar eng koʻp ishtirok etdilar. Mamlakat diniy murosaga va absolyut monarxi- yani qurishga erishib, kulfatlar yoʻlagidan chiqib oldi. Fransiya Yevropaning eng qudratli davlatiga aylandi. Download 15.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling