Qilishning ilmiy nazariy asoslari populyatsiyalar va ekotizimlar ekologiyasi
Download 340.95 Kb. Pdf ko'rish
|
2-MAVZUgGA SALYD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvning aylanishi
- Uglerodning aylanishi
HAYVONLARNI NAMLIK OMILIGA
MOSLASHISHI Hayvonlar hayotida ham namlik yoki suv muhim rol o’ynaydi. Umuman hayvonlar suvga bo’lgan talabini uch xil yo’l bilan qondiradi: 1. Bevosita suv ichish orqali. 2. O’simliklar bilan ovqatlanish orqali. 3. Metabolizm hodisasi, ya’ni tanasidagi moylar, oqsillar va karbon suvlarining parchalanishi orqali Suvning aylanishi Agarda siz suv tomchisini quyosh tushib turgan tomonda oyna ustiga qo’ysangiz, suv parlanadi. Parlanish shunday ro’y beradiki, bunda suv bug’ga aylanadi va gaz shaklida atmosferaga chiqadi. Suv ko’llar, jilg’alar, hovuzlar va okeanlarning yuza qismidan parlanadi. SHuningdek, suv bug’i atmosferaga transpiratsiya jarayonida o’simlik barglaridan ham ko’tariladi. Hayvonlar suv bug’ini havoga yugurib kelganda yoki harakat qilganda ko’proq chiqaradi. Suv hayvonlarning chiqindilaridan ham atrofmuhitga qaytadi Uglerodning aylanishi. Uglerodning aylanishi eng tez sodir bo‘ladigan biogeokimyoviy jarayon hisoblanadi. Uglerod almashinuvi ko‘proq CO2 orqali bo‘ladi. Havoda karbonat angidrid gazi 0,03% bo‘ladi. CO2 o‘simlikkao‘zlashtirilib, fotosintez mahsuldorligini hosil qiladi. O‘simlik va hayvon qoldiqlaridagi organik moddalarningparchalanishi karbonat angidridning manbaidir. Masaan, organikmoddalarning parchalanishi natijasida hayvon siydigida ham karbonatangidrid ajralib chiqadi. Okean bilan atmosfera o‘rtasida shamol va havoning harakati tufayli karbonat angidridning almashinishi kuzatiladi. Dunyo bo‘yicha, jami quruqlikdagi o‘simliklar tomonidan bir yilda 600 mln. tonna CO2 o‘zlashtirilib, 400 mln. tonna O2 chiqariladi va bunda 450 mln. tonna organik moddalar hosil bo‘ladi. Yeryuzida barcha CO2ning bir marta to‘liq aylanishi 300 yilda sodir bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling