Qilishning muammoli jihatlari


www.scientificprogress.uz


Download 483.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana15.06.2023
Hajmi483.14 Kb.
#1488145
1   2   3   4   5
Bog'liq
xalqaro-yurisdiksiya-to-g-risidagi-kelishuvlarni-talqin-qilishning-muammoli-jihatlari

www.scientificprogress.uz
 
Page 292
yurisdiksiyani belgilash huquqidan foydalanish bu tomonlarning o‘zaro erk ifodasi 
hisoblanadi, bu nizo yuzaga kelganda tomonlarning ma’lum sudga da’vo arizasi bilan 
murojaat qilish hamda ariza berishdan bosh tortish majburiyatini yaratadi. 
Bundan tashqari, mustaqil (avtonom) xarakterga ega bo‘lgan xalqaro yurisdiksiya 
to‘g‘risidagi kelishuv, u qanday majburiyatlarni yuklashi va tomonlarga qanday 
huquqlar berishini aniqlash uchun talqin qilinishi lozim. 
Xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlarni talqin qilish hayotiy amaliy 
ahamiyatga ega. Masalan, «halqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvdan kelib 
chiqadigan nizolar «X» davlati sudlarining vakolatiga kiradi» shaklida tuzilgan xalqaro 
yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuv tomonzlar o‘rtasida quyidagi kelishmovchiliklarni 
keltirib chiqarishi mumkin: 
– kelishuv turi bo‘yicha (bunday kelishuv boshqa davlatlar sudlarining vakolatlarini 
istisno qiladimi yoki istisno qilmaydimi?); 
– sud yurisdiksiyasi kelishuvi bilan o‘zgartirilgan nizolar doirasi to‘g‘risida 
(masalan, bunday kelishuv, ko‘rsatilgan shartnomani bajarish bilan bog‘liq holda kelib 
chiqadigan asossiz kelishuv to‘g‘risidagi nizoni o‘z ichiga oladimi yoki yo‘qmi?); 
– vakolat berilgan sudni tayinlash to‘g‘risida (kelib chiqqan nizoni tegishli 
davlatning har qanday birinchi instansiya sudida ko‘rmasdan, boshqa “X” davlat 
sudlariga murojaat qilish kifoya qiladimi?). 
Mazkur yuqorida keltirilgan savollarga beriladigan javoblar xalqaro yurisdiksiya 
kelishuvi ta’sirining mavjudligi yoki mavjud emasligiga ta’sir qiladi, ya’ni ular nizoni 
ko‘rib chiqish uchun sud vakolatiga oid masalani hal qilishga imkon beradi. Turli 
mamlakatlarda xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlarni talqin qilishning turli xil 
standartlari mavjudligini hisobga olib, xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlarni 
talqin qilishda qo‘llaniladigan qonunchilikni yaratish muhim ahamiyatga ega 
hisoblanadi. 
Xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlarni talqin qilishda qo‘llaniladigan 
qonunchilikni aniqlashning ahamiyati ko‘p tadqiqotchilar tomonidan tan olinmagan. 
Nemis doktrinasidan, mazkur masala ya’ni xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi 
kelishuvlarni talqin qilishda qo‘llaniladigan qonunchilikni aniqlashning ahamiyati 
xususida, faqat dogmatik mubolag‘a (übertriebene dogmatische Zuspitzung) va uning 
amaliy ahamiyati yo‘q degan nuqtai nazarni topishimiz mumkin
1
. Bundan tashqari, 
yuqoridagi dalilni rad etish uchun biz turli xil huquqiy tartibda mavjud bo‘lgan xalqaro 
yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlarni talqin qilishning bir nechta moddiy-huquqiy 
jihatlarini ko‘rib chiqamiz, bu xalqaro yurisdiksiya to‘g‘risidagi kelishuvlarni talqin 
qilishda kollizion huquqlar masalasini hal qilishning muhimligini aniq ko‘rsatib beradi.
1
Lindenmayr B. Lorenz асарларига мурожаат қилган ҳолда. Тафсилотлар учун қаранг: Lindenmayr B. С. 146. Шунга 
ўхшаш нуқтаи назарни Х. Shack ҳам билдирган, қаранг: Shack Х. П. 222. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 483.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling