Qimmatli qog‘ozlar bozorida moliyaviy texnologiyalarni joriy etish istiqbollari


Download 219.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.02.2023
Hajmi219.04 Kb.
#1211725
  1   2
Bog'liq
qimmatli-qog-ozlar-bozorida-moliyaviy-texnologiyalarni-joriy-etish-istiqbollari



Qimmatli qog‘ozlar bozorida moliyaviy texnologiyalarni joriy 
etish istiqbollari 
Akrom Nusrat o‘g‘li Mardonov 
Toshkent moliya instituti 
Dilfuza Murtozayevna Xaydarova 
Chilonzor tumani 2-son kasb-hunar maktabi
Annotatsiya: maqolada qimmatli qog‘ozlar bozorida moliyaviy texnologiyalarni 
joriy etish istiqbollari tadqiq qilingan. Tadqiqot ishi natijalariga asoslanib moliya 
bozori rivojlanishida qimmatli qogʻozlar emissiyasini samarali tashkil etish va uning 
iqtisodiyotdagi rolini oshirish hamda rivojlantirish bo‘yicha ilmiy xulosalar keltirilgan. 
Kalitli so‘zlar: moliya bozorining iqtisodiy mohiyati, qimmatli qog‘ozlar 
bozorida moliyaviy texnologiyalari, qimmatli qog‘ozlar bozori joriy etish istiqbollari, 
moliya bozorining tarkibiy tuzilmasi, moliya bozori faoliyatini muvofiqlashtiruvchi 
davlat vakolatli organlari, ahon moliya bozori rivojlanishiga xos boʻlgan 
tendentsiyalar, moliya bozorini rivojlantirishdagi asosiy muammolari, Qimmatli 
qogʻozlar bozori va fond bozori
Future of introduction of financial technologies in the 
securities market 
Odiljon Alikambarovich Khoshimov 
Tashkent Institute of Finance 
Dilfuza Murtozaevna Khaydarova 
Vocational school №2 of Chilanzar district 
Abstract: The article examines the prospects for the introduction of financial 
technologies in the stock market. Based on the results of the research, scientific 
conclusions were made on the effective organization of the issuance of securities in the 
development of financial markets and the increase and development of its role in the 
economy. 
Keywords: economic significance of the financial market, financial technologies 
in the securities market, prospects for the introduction of the securities market, the 
structure of the financial market, the state authorities regulating the financial market, 
trends in the development of the financial market, the financial market The main 
problems in the development of the stock market and the stock market 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1086


O‘zbekiston jahon hamjamiyatida oʻz mavqeiga ega boʻlish maqsadida asosiy 
e’tiborlardan biri boʻlgan moliya bozoriga, ushbu sohada jahon amaliyotidan 
foydalangan holda mamlakatimiz iqtisodiyotiga xos tizimlarni joriy kilishga va ularni 
rivojlantirishga qaratdi. Mamlakatimizda ijtimoiy va iqtisodiy islohatlar yanada 
chuqurlashayotgan davrda, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida boʻlgani kabi 
moliya bozori sohasida ham chuqur oʻzgarishlarni amalga oshirish hozirgi kunning 
asosiy talabidir. Moliya bozori sohasida olib borilayotgan islohotlarning markaziy 
boʻgʻinida valyuta bozorini erkinlashtirish, qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish, 
xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga keng jalb etish, mamlakat moliya bozorni jahon 
iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini ta’minlash, pul-kredit sohasi va bank sektorini 
barqarorligini oshirish turadi. Ushbu masalalarni amalga oshirishda iqtisodiyot 
transformatsiyasi va globallashuvi sharoitida xalqaro moliya bozorlarining taraqqiyot 
xususiyatlarini oʻrganishning ahamiyati kattadir. 
Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat 
qurishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan ekan, bunda moliya bozorlari muhim oʻrin 
tutadi. Moliya bozorlarining iqtisodiyotda tutgan oʻrnini oshirish bevosita ularning 
faoliyatini erkinlashtirishni, unda bozor qonuniyatlarining amal qilishini va unga ta’sir 
etuvchi omillarni mukammlal oʻrganishni talab qiladi. Shu sababli, tanlangan mavzu 
birinchidan, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy jihatdan murakkabligi boʻlsa, ikkinchidan, 
respublikada amalga oshirilayotgan koʻpdan-koʻp yangi muammolar bilan 
chambarchas bogʻliqligi, uchinchidan xilma-xil statistik ma’lumotlarni tahlil qilib 
ilmiy xulosalar chiqarishni talab qilishidir. 
Bugun moliya tizimini bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni iqtisodiy 
usullar bilan boshqarishda iqtisodiyot transformatsiyasi va globallashuvi sharoitida 
moliya bozorlarining nazariy va amaliy muammolarini rivojlangan xorijiy 
mamlakatlar, hamda oʻz tajribamiz asosida oʻrganish va ularni takomillashtirish 
yoʻllarini ishlab chiqish hozirgi kunda iqtisodiy-moliyaviy islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish jarayonidagi eng dolzarb muammolardan biri boʻlib turibdi. 
Hozirgi kunda qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish borasida ayrim 
muammolar mavjud boʻlib bu holat bozorni rivojlantirishga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. 
Xususan, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar daromadliligining banklardagi aholi 
uchun ochilgan omonatlarning daromadlilik darajasi nisbatan pastligi. Bu holat albatta 
axolining oʻz qoʻyilmalarini fond bozorida emas, balki banklarda saqlashlariga sabab 
boʻlmoqda. Shu bilan birga axoli oʻz omonatlarini qimmatli qogʻozlarga 
joylashtirishda ijobiy natijalarga erishilishga toʻsiq boʻlayotgan bir qator omillar ham 
borki, ular sirasiga qimmatli qogʻozlar boʻyicha etarli axborotga ega emasligi, 
qimmatli qogʻozlar oldi - sotdi jarayonining murakkabligi, mazkur jarayonga 
ketadigan harajatlarning sezilarli ekanligi, investorlar xuquqlarini ximoyalashda 
qonunchilikni takomillashtirish zarurligi va axoli qonuniy - me’yoriy xujjatlar boʻyicha 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1087


savodxonligining etarli darajada emasligi, professional ishtirokchilar faoliyatining 
axolini bozorga jalb qilish va oʻz maxsulotini taklif etishda faol emasligi va boshqalarni 
keltirishimiz mumkin. Ya’ni shu va boshqa omillar ta’sirida axoli oʻz jamgʻarmalarini 
qimmatli qogʻozlarda emas, balki boshqa vositalarda saqlashni afzal bilmoqda. Bu esa 
qimmatli qogʻozlar bozorida muxim oʻrin tutuvchi qatlamning bozordagi ishtiroki sust 
boʻlib qolayotganligiga sabab boʻlib qolmoqda. 
O‘zbekiston qimmatli qogʻozlar bozorining funksiyalarini bajarishidagi 
muammolaridan yana biri bozorda moliyaviy vositalar sonining cheklanganligi, davlat 
qimmatli qogʻozlar bozorining mazkur bozordan byudjet defitsitini qoplashda va 
Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirishda samarali 
foydalanish imkoniyatini beruvchi hajmining u qadar yuqori emasligi. Mazkur 
muammoni hal etishda qimmatli qogʻozlar bozorida likvid moliyaviy instrumetlar 
sonini oshirish va investorlar uchun tanlash imkoniyatini vujudga keltirish muxim 
hisoblanadi. Jumladan, davlat qimmatli qogʻozlari soxasida ipoteka obligatsiyalarini 
muomalaga chiqarish. Bu obligatsiyalar aholini uy - joy bilan ta’minlashda muxim 
omil hisoblanib, hozirgi kunda mazkur muammoni shu yoʻl bilan hal etish ijobiy 
samara bergan boʻlar edi. Korporativ qimmatli qogʻozlar bozorida aktivlarni 
sek’yuritizatsiyalash maqsadida xosilaviy qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish. 
Buning uchun ayniqsa mamlakatimiz tijorat banklarida keng imkoniyatlar mavjud. 
Hozirda ularning aktivlarining portfelida etarlicha katta miqdori uzoq va oʻrta 
muddatga moʻljallangan kreditlarda, jumladan avto kreditlarda band. Mazkur 
aktivlarni jonlantirish maqsadida ularning asosida oʻz aktivlarini sek’yuritizatsiyalash, 
ya’ni qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish maqsadga muvofiq boʻlar edi. 
Kontseptsiyaning pirovard maqsadi O‘zbekistonda emissiyaviy qimmatli 
qogʻozlar, ayniqsa, aksiyalar va korporativ obligatsiyalarning ikkilamchi bozorini 
rivojlantirish, hosilaviy moliyaviy vositalar bozorini yaratish uchun zarur shart-
sharoitlarni barpo etishga imkon beradigan strategiyani va bu borada davlat organlari, 
fond bozori barcha ishtirokchilarining faoliyat yoʻnalishlarini belgilashdan iborat. 
Respublikamizda ikkilamchi fond bozorini rivojlantirish kontseptsiyasining 
asosiy gʻoyalari va qoidalari toʻrt boʻlimda aks ettirilgan. Birinchi boʻlim qimmatli 
qogʻozlar bozorining eng muhim tarkibiy qismi sifatida ikkilamchi fond bozorining 
rolini tavsiflaydi va kontseptsiyaning maqsadini belgilaydi. Ikkinchi boʻlim respublika 
qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorining chuqur tahliliga bagʻishlangan boʻlib, uning 
rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan asosiy omillar keltirilgan. Uchinchi boʻlimda 
iqtisodiy islohotlarning zamonaviy bosqichida mamlakatimizda ikkilamchi fond 
bozorini rivojlantirishning keyingi shart-sharoitlari bayon etilgan. Toʻrtinchi boʻlimda 
esa yaqin istiqbolda ikkilamchi fond bozorini rivojlantirishning kontseptual qoidalari 
taklif etilgan. 
Xullas, mazkur strategik maqsadlarga amal qilish qimmatli qogʻozlar bozorini 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1088


tartibga soluvchi davlat boshqaruv organlari va mamlakat fond bozorining eng muhim 
institutlari sa’y-harakatlarini birlashtiradi. Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilariga 
nisbatan izchil va muvofiqlashgan iqtisodiy siyosatni olib borishga imkon beradi. Bu 
esa, oʻz navbatida, qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini rivojlantirish jarayonini 
sezilarli darajada tezlashtiradi, uni yangi tashkiliy va iqtisodiy darajaga olib chiqadi 
hamda fond bozori holatiga va umuman bozor munosabatlarining rivojlanishiga 
samarali ta’sir etadi. 
Mamlakatimiz fond bozorining investitsion jozibadorligini oshirish birinchi galda 
hal qilinishi lozim boʻlgan masalalardandir. Bunda fond bozori ishlab chiqarishga 
mablagʻlar jalb etishining eng yaxshi yoʻllaridan biri ekanligini, uning afzalliklarini 
koʻrsatib, individual va korporativ sarmoyadorlarning boʻsh turgan pul mablagʻlaridan 
eng yuqori daromad keltiruvchi moliyaviy makonga aylantirishimiz lozim. 
Tadqiqot ishi natijalariga asoslanib moliya bozor rivojlanishida qimmatli 
qogʻozlar emissiyasini samarali tashkil etish va uning iqtisodiyotdagi rolini oshirish 
hamda rivojlantirishda quyidagi ilmiy xulosalarni keltirish mumkin: 
1. Korxonalarda qoʻshimcha mablagʻlarni jalb etishda qimmatli qogʻozlarning 
emissiyasidan keng foydalanish amaliyotini joriy etish. Hozirgi kunda mamlakatimiz 
korxona va tashkilotlari moliyaviy mablagʻga boʻlgan ehtiyojlarini asosan bank 
kreditlari hisobiga qondirmoqdalar. Vaxolanki, qoʻshimcha mablagʻni qimmatli 
qogʻozlar vositasida jalb qilishning bir qator afzalliklari mavjud va bu holat jahon 
amaliyotida keng tus olgan boʻlib, xozirda qimmatli qogʻozlar orqali mablagʻ jalb 
qilish bank kreditlaridan ortib ketishi tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu holat 
mamlakatimiz iqtisodiyotida qimmatli qogʻozlar bozorining rolini oshirishga turtki 
boʻladi. 
2. 
O‘zbekiston qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozori professional 
ishtirokchilarining milliy assotsiatsiyasi va O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasining 
qoshida moliya bozorining barcha ishtirokchlari uchun ochiq boʻlgan elektron 
ma’lumotlar bazasini tuzish. Bu mazkur bozorning shaffofligini ta’minlaydi va uning 
ishtirokchilari tomonidan qaror qabul qilish jarayonining operativligi ta’minlashga 
xizmat qiladi. 
3. Aksiyadorlik jamiyatlari va xoʻjalik birlashmalari ustav kapitalidagi davlat 
ulushlarini qisqartirish, qimmatli qogʻozlar bozori rivojlanishini ragʻbatlantiradigan 
imtiyoz va preferentsiyalarni yaratish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, 
aksiyadorlik jamiyati shaklidagi tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, milliy 
ikkilamchi bozorning xorijiy va xalqaro bozor bilan integratsiyasini ta’minlash kabi 
maqsadlarni koʻzlashga qaratilgan davlat siyosatini olib borish. 
4. Aksiyadorlik jamiyatlari va xoʻjalik birlashmalari ustav kapitalidagi davlat 
ulushlarini xususiy sektorga sotish yoki ularni maqbul darajagacha qisqartirish orqali 
qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorining resurs bazasi yaratish. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1089


5. Qimmatli qogʻozlar bozori infratuzilmasi tashkilotlari, professional 
ishtirokchilari, tartibga soluvchi davlat organlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan 
qimmatli 
qogʻozlar 
ikkilamchi 
bozorining 
me’yoriy-huquqiy 
bazasini 
takomillashtirish. 
6. Qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorida kliring operatsiyalarini rivojlantirish, 
buning uchun Yagona dasturiy-texnik majmua tarkibidagi kliring, hisob-kitob va 
subdepozitar modulini toʻla amalga oshirilishini ta’minlash, brokerlik tashkilotlari 
mijozlari uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida hisobvaraqlar ochish, real vaqt 
rejimida “bank-broker” oʻzaro elektron munosabatni ta’minlaydigan dasturlarni joriy 
etish. 
10. Respublikamiz emitentlarining jahon fond bozorlariga chiqish jarayonining 
va milliy fond bozorining xorijlik investorlar uchun jozibadorligini oshirishning 
huquqiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish lozim. 
11. Kapitallashuv darajasini oshirish va davlat tashabbusi bilan aksiyalar IPOsini 
oʻtkazish mexanizmini qoʻllash asosida oʻzbek emitentlarini xalqaro miqyosda 
integrallashgan fond bozorlariga chiqishini ta’minlash mumkin. 
12. Investitsiya muhiti va chet el investitsiyalari oqimining barqarorliligini 
ta’minlashning muhim sharti boʻlgan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning barqarorligini 
ta’minlash lozim. Banklarning fond bozoridagi faoliyatini faollashtirish uchun ularning 
kapitalini qayta tarkiblash, ustav fondlaridagi davlat ulushini xususiy investorlarga 
sotish, banklarning investorlar sifatidagi faoliyatini yanada erkinlashtirish lozim. 
Shuningdek, 
fond 
bozori 
infratuzilmasini 
va 
ishtirokchilar 
faoliyatini 
barqarorlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni faollashtirish lozim. 

Download 219.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling