Qimmatli qog'ozlar, ularni turlari va amal qilish mexanizmi mundarija: Kirish I bob. Qimmatli qog'ozlar va ularning turlari: tasniflash belgilari


Download 175 Kb.
bet1/12
Sana18.06.2023
Hajmi175 Kb.
#1574264
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
QIMMATLI QOG\'OZLAR, ULARNI TURLARI VA AMAL QILISH MEXANIZMI


QIMMATLI QOG'OZLAR, ULARNI TURLARI VA AMAL QILISH MEXANIZMI
MUNDARIJA:
Kirish…………………………………………………………………………2
I BOB. QIMMATLI QOG'OZLAR VA ULARNING TURLARI: TASNIFLASH BELGILARI
1.1. Qimmatli qog'ozlar va ularning turlari…………………………………8
1.2. Xususiylashtirish jarayonida qimmatli qog'ozlarning o'rni…………24
1.3. Qimmatli qog'ozlar bozori va uni amal qilishi………………………..26
II.BOB. QIMMATLI QOG'OZLAR AMAL QILISH MEXANIZMI
2.1. O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar turlari………………………..……30
2.2. O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozori va ularning tendensiyalari…………………………………………………….…………………..34
2.3. O'zbekistonda qimmatli qogozlar amal qilish mexanizmini takomillashtirish…………………………………………………….……………….37
Xulosa………………………………………………….……………………..39
Foydalanilgan adabiyotlar………..…………………………………………41


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Moliyaviy qo’yilma bu korxonaning qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlari, ya’ni pul mablag’larini qo’shma korxonalar, aksioner jamiyatlari, shirkatlarning asosiy vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlariga qo’shish shuningdek boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan debitor qarzlardir. Muddatiga qarab moliyaviy qo’yilmalar qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’ladi. Bundan tashqari, moliyaviy qo’yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o’tkazish qimmatli qog’ozlarni sotib olish maqsadiga bog’liq. Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan ortiq bo’lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo’yilmalarga kiradi.
Kurs ishining maqsadi: Moliyaviy qo’yilmalar sodir bo’lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lib olingan aksiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo’yilmalar summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish bo’yicha shartnomalar hisoblanadi. Korxonaning amalga oshirgan qo’yilmalariga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan moliyaviy qo’yilmalar mablag’lari alohida hisobga olinadi. Qimmatli qog’ozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to’lov topshiriqlari kiradi. Moliyaviy qo’yilmalar hisobi 5800 – «Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» va 0600 – «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» yuritiladi.Uzoq muddatli investitsiyalar hisobini ko’rib chiqamiz. 0600 – «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» aktiv, pulli, debet saldosiga ega bo’lib, u oy boshiga bo’lgan moliyaviy qo’yilmalar summasini ko’rsatadi. Bu schyotning debetida: qimmatli qog’ozlarni sotib olish, boshqa korxonalarga qilingan qo’yilmalar, berilgan qarzlar summasi bo’yicha sodir bo’lgan muomalalar aks ettiriladi. Krediti bo’yicha – qimmatli qog’ozlarni qaytarish, sotish, qaytarilgan qarz summalar bo’yicha sodir bo’lgan muomalalar aks ettiriladi. 0600–«Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» bo’yicha quyidagi: 0610 - «Qimmatli qog’ozlar; 0620-«Shu’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsyalar»; 0630 - «Qaram xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar»; 0640 - «Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga investitsiyalar»; 0690 - «Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotlar ochilishi mumkin.

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling