Qimmatli qog’ozlar ularning turlari va amal qilishi


Download 1.43 Mb.
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1386807
Bog'liq
Axmanova Mahfuza Mustaqil ishi 22.1 guruh

Qimmatli qog’ozlar ularning turlari va amal qilishi

Bajaruvchi: Axmanova Mahfuza Iqtisodiyot 22.1 guruh

Reja:

  • 1. Qimmatli qog’ozlar
  • 2. Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida
  • 3. Qimmatli qog’ozning turlari

Qimmatli qog’ozlar

  • Qimmatli qogʻozlar - oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad koʻrinishida muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlari (aksiya, obligatsiya, akkreditiv, veksel, chek va boshqalar). Qimmatli qogʻozlar taqdim etuvchi yoki egasining ayrim huquqlari qayd etilgan maxsus tarzda rasmiylashtirilgan moliyaviy hujjat. Qimmatli qogʻozlar maʼlum shaxs nomiga yozilgan (ismli), dastlab sotib olgan shaxs nomiga yozilgan va uning roziligi bilan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan orderli va egasi yozilmaydigan (egasi koʻrsatilmaydigan) turlarga boʻlinadi.

Qimmatli qog’ozlar

  • Korxonalarning aksiya, obligatsiyalari va davlat obligatsiyalari qimmatli qogʻozlarning asosiy turlari hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlar korxona kapitalida qatnashish yoki pulni ssudaga taqdim etish va dividend yoki foiz tarzida daromad olish huquqini beradi. Qimmatli qogʻozlar oʻz egasiga daromad keltirgani uchun fond birjasida maʼlum kurs boʻyicha oldi-sotdi qilinadi (qarang Fond bozori).

Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida

  • Qimmatli qog‘ozlar — bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki zayom munosabatlarini tasdiqlovchi, dividend yoki foizlar ko‘rinishida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul hujjatlaridir.

Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi

  • Qimmatli qog‘ozlar egasi yozilgan va taqdim etuvchiga tegishli bo‘lishi mumkin.
  • Qimmatli qog‘ozlar, basharti mulkiy huquqlarni ularga egalik qilish bilan bog‘liq holda ro‘yobga chiqarish uchun emitent (qimmatli qog‘ozni chiqaruvchi) tomonidan yoki uning topshirig‘iga binoan qimmatli qog‘ozlar borasida kasb faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilot tomonidan egasining nomini qayd etish zarur bo‘lsagina, egasi yozilgan bo‘ladi. Egasi yozilgan qimmatli qog‘ozni bir mulkdordan ikkinchisiga berish hisob-kitobdagi tegishli yozuvlarni o‘zgartirishda aks etadi.

Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi

  • Aksiyalar — aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga yuridik yoki jismoniy shaxs muayyan hissa qo‘shganidan guvohlik beruvchi, aksiya egasining mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini tasdiqlovchi hamda unga dividend olish va, qoida tariqasida, ushbu jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati belgilanmagan qimmatli qog‘ozlardir.
  • Aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlik jamiyati muassislari tomonidan yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Sotib olingan aksiya uni chiqargan aksiyadorlik jamiyatiga, basharti bu narsa jamiyat ustavida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sotilishi mumkin emas.

Qimmatli qog’ozning turlari

  • Opsion— bu muayyan qimmatli qog‘ozni kelishilgan baho vamuddatda sotib olish yoki sotish huquqini beruvchi ikki tomonlamashartnoma.
  • Fyuchers— bu qimmatli qog‘ozlarni yoki tovarlarni kelishilganmuddatda, shartnoma tuzilgan kunda o‘rnatilgan narxda kelgusidama’lum bir sanada sotish yoki sotib olish majburiyligi to‘g‘risidagishartnoma.
  • Depozit tilxatlari— bu chet el emitentlarining qimmatli qog‘oz-larining milliy valuta denomillashtirilgan ekvivalentini o‘zida aksettiruvchi qimmatli qog‘ozlardir.

Qimmatli qog’ozning turlari

  • Varrant nomi yozilmagan va yozilgan(taqdim etuvchigategishli) ko‘rinishlarda bo‘ladi. U qimmatli qog‘oz bozorlaridaxuddi aksiyaga o‘xshab muomalada bo‘ladi.Xalqaro qimmatli qog‘ozlarqimmatli qog‘oz bozorining xalqaromoliyaviy markazlari orqali baynalmilallashish natijasida yuzagakeladi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling