Qirgʻiziston va Tojikistonni


Download 32.51 Kb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi32.51 Kb.
#1158425
  1   2   3   4
Bog'liq
Qirg\'iz 1


Qirgʻiziston va Tojikistonni


Tarixda Qoʻqon xonligi tarkibiga kirgan hozirgi Qirgʻiziston va Tojikistonni tashkil etuvchi bu hududlar 19-asrda Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan. 1920-yillarda Sovet Ittifoqi ikki mintaqada delimitatsiya oʻrnatdi, bu esa anklavlarga olib keldi. Ikkala davlat ham 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin mustaqillikka erishdilar. Ikkala davlat ham Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) va Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga (ODKB) aʼzo boʻlib, nazariy jihatdan bir-biri bilan ittifoqdoshdir[5]. Ikki davlat chegara chizigʻisining uzunligi 972 kilometr boʻlib, chiziqning qariyb yarmi belgilanmagan, shuning uchun ikkala davlatning chegara aholisi suv, yaylov va yoʻllardan foydalanish muammolari bilan duch kelishmoqda. Bahsli hududlar ikki mamlakat chegarasining taxminan 30 foizini tashkil etadi[6].
Chegaradagi mojarolarning ildizi qayerda?
Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi davlat chegarasining uzunligi qariyb 980 kilometrni tashkil etadi, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin ham unda o‘nlab bahsli uchastkalar saqlanib qolgan. 2002-yil dekabr oyidan beri delimitatsiya (davlat chegarasini belgilash, uning o‘tishini tavsiflash va xaritalash) bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Hozirgi vaqtda chegara chizig'ining 660 km dan ortig‘i (taxminan 70 foiz) aniqlangan va davlatlar tomonidan o‘zaro tan olingan, qolganlari esa bahsli hisoblanadi. Ushbu muammoning hal bo‘lmagani ikki respublikaning mahalliy aholisi va harbiy xizmatchilari o‘rtasida, shu jumladan, o‘qotar quroldan foydalanish bilan bog‘liq nizolarga bir necha bor sabab bo'lgan.
1937-yilda chegara bo‘linayotganda hech kim yerlar haqida ortiqcha o‘ylamagan, chunki bu yagona davlat doirasidagi ma’muriy chegara edi. Hamma narsa yagona markazdan boshqarilgani uchun chegaradan o‘tish yoki iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq muammolar bo‘lmagandi.
Tarixchi Stanislav Pritchinning ta'kidlashicha, 1991-yilda ma'muriy chegara undagi qo'shinlari, harbiy, bojxona va boshqa atributlar bilan davlat chegarasiga aylanganda barchasi keskin o‘zgardi.
“Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara o‘ta murakkab tog‘li hududdan o‘tishi va uning uzunligi 980 kilometrni tashkil etishini inobatga olsak, hatto normal faoliyat ko‘rsatayotgan davlat muassasalarida ham buni aniqlash ancha mushkul ekanligi ayon bo‘ladi”, — deydi tarixchi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ko‘plab postsovet davlatlari delimitatsiyani to‘liq amalga oshira olmagan, shu sababli ko‘plab hududiy muammolar yuzaga keladi.

Tarixchining so‘zlariga ko‘ra, rasmiylarning to‘qnashuv fuqarolar hayotining yomonlashishiga olib kelishini tushunishi mojaroni hal qilishga yordam beradi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ikki tog‘li respublika mentaliteti, madaniyati, geografiyasi va turmush darajasi o‘xshash, shuning uchun ular o‘rtasidagi ziddiyat har qanday sog‘lom fikrga ziddir.


“Barcha masala bu qarama-qarshilikdan manfaatdor bo‘lgan ba’zi o'yinchilarning manfaatlaridan ustun turish va aynan o‘z fuqarolarini himoya qiladigan davlat kabi harakat qilishdir. Bu, albatta, Qirg'iziston va Tojikiston tomonlari uchun birinchi raqamli vazifa”, — deb xulosa qildi Pritchin.

Download 32.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling