Qirqquloqsimonlilar
Download 55.19 Kb.
|
Har xil sporali qirqquloqlarga"suv qirqqulog‘ini ola-miz. Suv betida suzib yuruvchi 1 yillik o‘t o‘simlik. Poyasi gorizontal ravishda shoxlangan. Bargi 2 xil bo‘ladi.
Suvning betidagi bargi Suvning ostidagi bargi Suvning betidagi bargi yashil. Unda xlorofil donachalari bo‘ladi. Bu bargda fotosintez protsessi bo‘lib turadi. Suvning ostidagi bargi qo‘ng‘ir rangli bo‘lib, ildiz vazifasini bajaradi. Qo‘ng‘ir rangli barglarda soruslar joylashgan. Soruslar ichida sporangiyalar taraqqiy etadi. Sporangiyalar 2 xil bo‘ladi. Mikrosporangiyalar va Mak-rosporangiyalar. Mikrosporangiyalarda mikrosporlar, Makrosporangiyalarda makrosporalar yetiladi. Soruslar kuzda uzilib, suv tagiga cho‘kib ketadi. Suv tagida qishlaydi. Bahorda makro va mikrsporangiyalar sorusdan ajralmagan holda suvni yuzasiga ko‘tariladi. Mikrosporalar sporangiyadan ajralmagan xolda otalik o‘simtasini hosil qiladi. Bu o‘simtada 2 ta anterediya bo‘lib, anterediyalar spermatazoidlarni ishlab chiqadi. Makrosporalar sporangiyadan ajralmagan holda onalik o‘simtasini vujudga keltiradi. Onalik o‘simtasida bir - nechta Arxegoniyalar yetiladi. Spermatozoidlar suvda suzib kelib Arxegoniyalarning bo‘yni orqali kirib,tuxum xujayrani otalantiradi. Bunda embrion hosil bo‘ladi. Embriondan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi. QIRQBO‘FIMLAR Bu sinf 1 ta oila, 25 turdan iborat. Qirqbo‘g‘imlar ko‘p yillik o‘t o‘simlik hisoblanadi. Bular yer sharining Avstraliyadan boshqa hamma qismida tarqalgan. Shulardan 11 turi MDXning har xil joylarida, 3 turi UzRda uchraydi. Janubiy Amerikaning tropik qismida uchraydigan qirqbo‘g‘imning poyasining yo‘g‘onligi 2 sm, uzunligi esa 12 m ga yetadi.U butalarga osilib o‘sadi. Bu sinfga MDXning hamma yerlarida uchraydigan "Dala qirqqbo‘g‘imini"vakil qilib olamiz. Dala qirqbo‘g‘imi ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo‘lib uning ildizpoyasi yerga chuqur o‘rnashgan. Ildizpoyadan, kattaligi danakdek keladigan tuganagi bor. Bu tuganakda zapas oziq moddalar to‘planadi. Ildiz poyadan yer betiga poyalar o‘sib chiqadi. Bu poyalarning uzunligi 1 m gacha bo‘lishi mumkin. Qirqbo‘g‘imning poyasi 2 xil bo‘ladi. Vegetativ yoki assimilyatsion poya -yozgi: Spora beruvchi poya-bahorgi Vegetativ poya yashil rangda bo‘lib, kech bahorda o‘sib chiqadi, kuzda qurib qoladi. Bu poyani "yozgi poya" deb ham yuritiladi. Spora beruvchi poya jigarang- pushti bo‘lib, erta ko‘klamda o‘sib chiqadi. Sporalari yetilib to‘kilgandan so‘ng qurib qoladi. Poyasida bir qancha bo‘g‘im oraliqlari bo‘lgani uchun bu o‘simlikni xalq orasida qirqbo‘g‘im deyiladi. Poyasidagi epidermis xujayralari bilan sug‘orilgan. Bargi juda mayda, reduksiyalangan, uchburchakli bo‘lib, poyaga tagi bilan doira shaklida o‘rnashgan. Poyasi ko‘ndalang kesmida tashqi tomonidan epidermis bilan qoplangan. Epidermis ostida ustitsalar joylashgan. So‘ngra mexanik to‘qima po‘stloq xujayralari, peretsikl bilan o‘ralgan o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari uchraydi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari yopiq, ya’ni floema bilan ksilema o‘rtasida kambiya bo‘lmaydi. Dala qirqbo‘g‘imi vegetativ, jinssiz va jinsli yo‘l bilan ko‘payadi. Vegetativ ko‘payishi ildizpoya yoki tuganaklari yordamida bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish sporalar yordamida, jinsli ko‘payish o‘simtada, ya’ni gametofitda tarqqiy etgan jinsiy organlar yordamida bo‘ladi. Sporalar bahorgi poyaning uchiga joylashgan boshoqchalarda vujudga keladi. Spora beruvchi boshoq sporachi barglardan tashkil topgan.Sporachi barglarning ostki tomonidan 6-8 tacha sporangiyalar doira shaklida joylashgan . Sporangiyalarning shakli ko‘zachaga o‘xshash bo‘ladi. Sporangiyalar ichida ko‘p miqdorda sporalar taraqqiy etadi. Sporasi sharsimon qoramtir-yashil xujayralardan iborat bo‘lib, 2 qavat po‘st bilan o‘ralgan. Tashqi po‘sti "ekzina" ichki po‘sti "intina" deb ataladi. Sporaning 4 ta speralsimon ellaterasi bo‘ladi. Ellatera havo nam bo‘lgan vaqtda ellateralar to‘g‘rilanib, yozilib ketadi. Bu ellateralar sporalarning bir biriga ilashib tarqalishiga yordam beradi. Sporalar morfologik jihatdan bir xil bo‘lsa ham, fiziologik jihatdan har xil bo‘ladi. Bir xil sporadan otalik o‘simta o‘sib chiqsa, 2 xil sporadan onalik o‘simta o‘sib chiqadi. O‘simtalarning otalik yoki onalik bo‘lishiga tashqi muhit ham bog‘liq. O‘simta 2 uylik, 1 jinsli, agar spora organik moddasi ko‘p bo‘lgan unumdor yerga tushib qolsa, undan onalik o‘simtasi, qumli yerga tushib qolsa, otalik o‘simtaga aylanadi. Jinsiy ko‘payish suvning yordamida bo‘ladi. Anteridiya ishlab chiqqan spermatozoidlar suvda suzib borib, Arxegoniyalar bo‘yni orqali kirib tuxum hujayrani otalantiradi. Natijada embrion hosil bo‘ladi. Embrionni yangi o‘simlik-jinssiz nasl-sporofit o‘sib chiqadi. Qirqbo‘g‘imning yozgi poyasi meditsinada siydik xaydovchi sifatida ishlatiladi. Qirqbo‘g‘imning epidermis hujayrasi bilan sug‘orilgani uchun misgarlikda idishlarni oqartirish uchun qo‘llaniladi. Bahorgi poya ba’zan ovqat uchun iste’mol qilinadi. PLAUNLAR TARTIBI Plaunlar sinfi 2 tartibga bo‘linadi: 1.Bir xil sporali plaunlar 2.Ikki xil sporali plaunlar Bir xil sporali plaunlarga vakil qilib apteka plauni-ni olamiz. Apteka plauni o‘rmonlarda, qarag‘ayzorlarda uch-raydi. O‘rta Osiyoda uchramaydi. Poyasining uzunligi 70 sm ga yetadi. Apteka plauni doim yashil, ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Poyasi dixatomik ravishda o‘sadi. Bargi mayda, bigiz shaklida bo‘ladi. Tik o‘suvchi poyasi qo‘shaloq yoki yakka boshoqchalari bilan tamom bo‘ladi. Boshoqchani sporacha barglaridan tashkil topgan. Sporachi barglarning ichki shakli buyraksimon sporangiyalar taraqqiy etadi ichida sporalar vujudga keladi. Bu sporalar sporangiya xujayralarning reduksion yo‘lida bo‘linishi natijasida hosil bo‘ladi. Sporalar nixoyatda mayda va yengil, quruq bo‘ladi. Sporalar yetilgandan so‘ng sporangiyalar yoriladi. Natijada sporalar shamol yordamida tarqalib ketadi. Qulay sharoitga tushib qolgan spora una boshlaydi. Sporadan tuganakka o‘xshash o‘simta o‘sib chiqadi. Bu o‘simtada anteridiya va arxegoniya taraqqiy etadi. Ante-rediya va arxegoniyalarning taraqqiy etishi uchun 10-12 y.vaqt ketadi. Apteka plaunining o‘simtasi 1 uyli 2 jinslidir. Otalanish protsessi bahorda, yog‘ingarchilikda bo‘ladi. Anteriyada ishlab chiqqan spermatazoidlar arxegoniyaning tuxum xujayrasini otalantirgandan so‘ng embrion hosil bo‘ladi. Embriondan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi. Bu o‘simlik jinssiz nasl sporofit. Apteka plauni detskaya prisipka sifatida, pillyula tayyorlashda sporadan sepib qo‘yiladi. Ya’ni pil-lyulalar bir biriga yopishib qolmaydi. Og‘ir sanoatda eritilgan metallarni qoliplashda ishlatiladi. Har xil sporali plaunlarga selaginellani misol qilib olamiz. Bu o‘simlik ham ko‘p yillik o‘simlik, doim yashil o‘simlik /o‘tli/ poyasi dixatomik ravishda shoxlangan. Tik va yotib o‘suvchi poyalari bo‘ladi. Vertikal poyasida boshoqchasi bor. Boshoqchasida 2 xil: katta-makrosporangiyalar va kichik makrosporangiyalar bo‘ladi. Mikrosporangiyalardan mikro-spora taraqqiy etadi. Undan otalik o‘sib chiqadi. Makro-sporangiyalardan makrospora taraqqiy etadi. Undan onalik o‘simta o‘sib chiqadi. O‘simtasi demak 2 uyli 1 jinsli. Otalanish yog‘ingarchilikda bo‘ladi. Download 55.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling