Qisasi Rabg‘uziy


II bob: “Qisasi Rabg‘uziy” da daraxt va o‘simliklar bilan bog‘liq qarashlar talqini


Download 101 Kb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi101 Kb.
#1585377
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“Qisasi Rabg‘uziy” da turli hayvon , qush va jonivorlar haqidagi qarashlar

II bob: “Qisasi Rabg‘uziy” da daraxt va o‘simliklar bilan bog‘liq qarashlar talqini
2.1. Asarda tilga olingan daraxtlar
Bu asar turkiy nasrning eng qadimiy namunalaridan birdir. Unda XIII asr oxiri – XIV asr boshlaridagi turkiy adabiyotning bir qator o‘ziga xos xususiyatlari juda yorqin namoyon bo‘lgan. Payg‘ambarlar haqidagi qissalar Rabg‘uziyning olam va odam haqidagi qarashlari badiiy jihatdan ifodalash uchun vosita bo‘lgan. Ularda adib olamning yaratilishi, tabiat va jamiyat hodisalari, insoniy munosabatlar borasida badiiy timsollar vositasida fikr yuritadi. Asar payg‘ambarlar haqida bo‘lsa – da lekin o‘z navbatida ular bilan bog‘liq voqea – hodisalar bayoni, dunyoning paydo bo‘lishi, turli hayvonlar, o‘simliklar, daraxtlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida mulohazalar berib o‘tilgan. Asarda nafaqat ular bilan bog‘liq ma’lumotlar, o‘z navbatida ularning bugungi kundagi o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr – mulohazalar berib o‘tilgan.
«Alloh taolo sizlarni (Odamni) yerdan undirdi (paydo qildi). So‘ngra (vafot etganlaringizda) sizlarni yana yerga qaytarur va (Qiyomatda) sizlarni yana chiqarur.» (Nuh, 17 – 18 ) 41deb, insonning asli tuproqdan yaratilganiga ishora qilyapti. Haqiqatdan ham, insonning yaratilishi tuproqdan bo‘lgani uchun, uning hayotini davom etishi ana shu tuproqqa bog‘liqdir. Inson o‘ziga kerakli moddani tuproqdan chiqqan o‘simliklar, mevalar va donlardan oladi. Hattoki u hayvonlarning, parrandalarning va suvdagi baliqlarning go‘shtini iste’mol qilsa ham, ularning tarkibida yerdan unib chiqqan o‘simlik moddasi mavjud. O‘simliklarning manbai esa yerdir. Bu narsa biolog olimlar tomonidan ilmiy isbotlangan haqiqatdir. Demak, o‘n to‘rt asr avval Qur’oni karim orqali juda qisqa iboralar bilan aytib o‘tilgan ma’lumotlarning ilmiy isbotlanishi uning mo‘jizaviy ilohiy kalom ekanligiga dalolat qiladi. Va “Qisasi Rabg‘uziy ” da o‘zining badiiy ifodasini topganligini ko‘rishimiz mumkin.
“ Olloh taolo chorshanba kuni suvlarni yaratdi, shamollarni, bulutlarni chaqirdi, daraxtlarni, o‘t – o‘lanlarni yaratdi, undirdi.” 1
Shunday qilib, Olloh taolo dunyoni olti kunda yaratdi. Bularning bari insonlar uchun edi. Buni hatto o‘zini kalomida ham aytib o‘tgan: “Biz osmondan suvni mo‘l yog‘dirdik. So‘ngra yerni giyohlar undirib yordik. So‘ngra biz unda donlarni undirdik, uzum va ko‘katlarni, zaytun va xurmolarni, qalin daraxtzor bog‘larni, meva-yu giyohlarni ham. Bular sizlar uchun va chorva hayvonlaringiz uchun manfaatdir” (Abasa surasi 25 – 32 – oyatlar )2
Asarda turli xil daraxtlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berib o‘tilgan. Unda Odam va Havvo jannatda qilgan ayblari uchun ular xorlikka uchraganlarida boshlaridan tojlari, ustlaridan kiyimlari tushib, yalang qoldilar. Qo‘llar bilan avratlarini to‘sganlaricha daraxtdan daraxtga yugirib, yaproq tiladilar. Qaysi daraxtga bormasinlar yaproq bermadi. Odam yugurib borayotganda jiyda daraxti nayzasi bilan sochini tutdi. “Qayga borursan ? Qo‘ymasman! Agar qo‘yib yuborsam, Xudoga osiy bo‘lurman”, – dedi. Shu sababdan odamlar daraxt ekkanlarida jiydani suvdan uzoqqa ekdilar, suvsiz qolsin deb.
Hikmat. Hamma daraxtlar ichida o‘t bor. Daraxt suv ichmasa o‘sha o‘t uni quritar. Olloh taolo jiydani qurib qolmasin, deb o‘tini ketkazgandir.3
Shu sababli xalqimiz jiyda daraxtini asosan uylardan chetroq joylarga ekishgan. Yoki uni ko‘pincha cho‘llarda uchratishimiz mumkin. “Jiyda – jiydadoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Janubiy Yevropa, Markaziy va Sharqiy Osiyoda o‘sadigan 40 ga yaqin turi bor. O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekistonda jiydaning qarg‘ajiyda turi yovvoyi holda o‘sadi. Sharq jiydasi tikanli jiyda, kumushsimon jiyda, non jiyda turlari o‘sadi. Sharq jiydasining bargi oddiy, ensiz, kumush – rang, daraxti 8 – 10 m, shoxlari siyrak, tikanli yoki tikansiz. Guli ikki jinsli, sariq, serasal, xushbo‘y, efir moyli. Mevasi sarg‘ish, mag‘izsiz danakli. Tarkibida 46 – 65% qand, 10% oqsil, C vitamin mavjud. Jiydaning mevasi yangiligida yoki quritib iste’mol etiladi. Tabobotda oshqazon – ijak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Yog‘ochidan turli xil buyumlar yasaladi, parfemeriya sanoatida, gulidan efir moy olinadi. Qurg‘oqchilikda chidamli, yer osti suvlari yuza va sho‘r tuproqlarda ham o‘saveradi. Danagidan, ildiz bachkisidan va qalamchasidan ko‘payadi. May – iyun oylarida gullaydi, mevasi sentabr – oktabrda pishadi. Jiyda 60 – 80 yil yashaydi. Tuproqni azot bilan to‘yintiradi.”1
Xabarda kelurki, anjir daraxti Odam va Havvoga besh yaproq berdi, ular andomlarini yopib chiqdilar. Tong otgandan keyin o‘sha besh yaproqning birini kiyik yedi, ifor (mushk) bo‘ldi. Birini sigir yedi, anbar bo‘ldi. Birini ari yedi,asal bo‘ldi. Birini qurt yedi, ipak bo‘ldi.
Nukta. Olloh taolo Odamga yaproq berganligi uchun anjir daraxtini jazoladi. Ma’lumki, barcha yeguliklar uch turga bo‘linadi: birining tashqarisi yeyilar – olma, nok kabi, birining ichi yeyilar – yong‘oq, bodom singari, birining tashqarisi yeyilmas ichi yeyilur – qovun, tarvuz kabi. Ammo anjirning tashqarisi ham yeyilur ichi ham yeyiladi.2
“Anjir tutdoshlar (anjirgulilar) oilasiga mansub subtropik meva turi. Turkiya, Jazoir, Yevropaning janubida, AQSHda katta maydonlarni egallaydi, Kavkaz, O‘rta Osiyo, Qirimda ham yetishtiriladi. Anjir juda qadimdan madaniylashtirilgan o‘simlik hisoblanadi (Osiyoda besh ming yildan beri) Anjir daraxtining bo‘yi 4 – 10 m, shoxlari qalin, yoyilib o‘sadi, novda, barg va mevasida sutsimon shira bor. Bargi yirik, 3 – 7 bo‘lmali, to‘q yashil orqasida tuklari bor. Bir yilda 2 -3 marta gullaydi va urug‘ tugmasdan meva qiladi. 2 – 3 yoshdan meva tugib, 7 – 10 yoshda g‘arq hosilga kiradi, 50 – 80 yil meva beradi, 150 – 200 yilgacha yashaydi. Bir tupi 50kg gacha meva beradi. Xalq amalyotida Anjir bargi uzum va mevalarni quritishda ishqor sifatida, “suti” teri kasalliklarini, chayon va ari chaqqan joylarni davolashda ishlatiladi.”1
Rabg‘uziy hikoyalarida qadimiy mifologik tasavvurlarning ildizlari ham ko‘zga tashlanadi.
“Xorazm o‘zbeklari urf – odatlarini o‘rganib chiqqan G.P.Snesarov fikricha, Nuh kemachilarning muqaddas piri hisoblanib, kemaning old tomonida har qanday kishining o‘tirishi taqiqlangan. U yer tabulashtirilgan. Bu joy Nuhga atalgan.”2
“Nuh alayhissalom ” qissasida: hikoyat qiladilarki, Nuh alayhissalom Mashriqdan Mag‘ribgacha barcha xaloyiqqa payg‘ambar edi. Har joyda odamlar bor bir kesakning joyicha yerdan uch yuz botmon bug‘doy unardi, yuz botmon bug‘doy esa bir yillik ozuqa bo‘lar edi. Yana Mashriqdan Mag‘ribga qadar uylarning tomi bir – biriga tutash ediki, tomma – tom yursa bo‘lardi. Yer yuzida ziroat qiladigan yer qolmagach, yilqilarga tuproq qolmagach, yilqilarga tuproq ortib, baland tog‘lar ustiga yoyib dehqonchilik qilar edilar. Nuh zamonidagichalik obodonli qiyomatga qadar bo‘lmas.
Nuh alayhissalomga xitob keldi:
– Duongni ijobat qildim. Borgil chinor daraxti ekkil!
Nuh daraxt ekdi, qirq yilda uch daraxt yetildi. Daraxtni kesdi – yu, uni kerakli joyga keltira olmadi. Shunda Avjni chorladilar, u daraxtni sudrab keltirdi. Jabroil Nuhga ta’lim berdi, daraxtni bolta bilan chopdilar.
«Ey Nuh, bizning nazoratimiz va buyrug‘imiz bilan kema yasagin, menga zolimlar uchun najot so‘rab murojaat qilmagin, albatta ular g‘arq qilnuvchilardir» (Hud,36-37.)1 - deb maxsus bir kema yasashga buyurdi. Nuh (a.s.) yog‘och-taxtalarni yig‘ib, chekka bir joyda kema yasay boshladilar. Yaqin masofada dengiz ham, daryo ham yo‘q bir joyda falokatning bo‘lishini oldindan bilib kema yasashga urinishlari va misli ko‘rilmagan hajmdagi katta kemani eski ustalardek yasayotganlari Nuh alayhissalomning payg‘ambarlik mo‘jizalari edi. Qavmlari buni ko‘rib, Nuhni masxara qilib, ustilaridan kula boshlashdi. «Ey Nuh, bugungacha payg‘ambarlik da’vosini qilgan eding, endi duradgor -ustaga aylanibsan-da!
Payg‘ambarlikdan voz kechdingmi yoki duradgorlikka qiziqib qoldingmi?», –dedilar. Ba’zilar esa: «Yaqinda dengiz yoki daryo bo‘lmasa, kemangni havoga aytib ko‘tartirasanmi?» deb istehzo qildilar. Kema mukammal bitgandan keyin Alloh taolo Nuh (a.s.)ga «To bizning buyrug‘imiz kelib, ishlar keskinlashgach, aytdik: «(Ey,Nuh!) Unga (kemaga) har bir jonivordan bir juftdan va ahlingni, illo (ahlingdan kimlarga g‘arq bo‘lish haqida Bizdan) so‘z kechgan bo‘lsa, ular mustasno, hamda imon keltirganlarni ortgin! Vaholonki, u bilan birga imon keltirganlar ozchilikdir»,(Hud, 40.)2– deb amr qildi.
“Chinor – chinordoshlar oilasiga mansub barg to‘quvchi o‘simliklar turkumi: 10 turi ma’lum. Shimoli Amerika, Sharqiy Yevropa va O‘rta dengizbo‘yi mamlakatlaridan Hindixitoygacha bo‘lgan hududda tarqalgan. O‘rta Osiyoda Sharq chinori o‘sadi. Shox – shabbasi qalin, bo‘yi baland (50 m gacha), tanasi baquvvat (aylanasi 18 m gacha), silindirsimon, po‘stlog‘i sarg‘ishroq. Chinor, ayniqsa, yoshligida tez o‘sadi. Qulay sharoitda 2000 yil va undan ham ko‘proq yashaydi. Chinor urug‘ini ekib, qalamchasidan va ildiz bachkilaridan ko‘paytiriladi. Chinorning yog‘ochi yengil, pishiq, mebel sanoatida qadrlanadi. Uning yog‘ochidan o‘zbek memorligida qadimdan foydalanilib kelinmoqda.”1
Rabg‘uziyning ushbu asari еr yuzining paydo bo‘lganidan boshlab so‘nggi payg‘ambar – Muhammad hayotiga doir bo‘lgan voqеalarni tasvirlar ekan, ularda kishilarni to‘g‘rilikka, komilikka, axloqan poklikka chaqirishi bilan yuksak ahamiyat kasb etadi.
Qissai Jirjis yalovoch alayhis- salomda Jirjisning payg‘ambar ekanligiga qancha qilsa ham hech kim unga ishonmadi. Uni necha bor o‘ldirdilar va u yana qayta tirilsa ham ishonishmadi. Shunda u yurtning hukmdori Malik aytdiki: “Ey Jirjis, sening Tangring haq bo‘lsa bir dalil ko‘rsatgil. Dalil shuki, Tangringga aytgil bu shaharda kesilgan quruq yig‘ochlarni (daraxt), o‘tinlarni mevali daraxt qilsin – biz imon keltiraylik deydi ” Jirjis duo qildi duosi tamom bo‘lmasdan yer yuzidagi quruq daraxtlar yaprog‘lanib mevalar soldi.2 Lekin Malik bunga yana ishonmay o‘z halokatiga sababchi bo‘ldi.
Rabg’uziy asarida xalq og‘zaki ijodining ham chuqur ta'siri sеziladi. Masalan: Muso payg‘ambar hassasini yеrga sanchsa mеvali daraxt, dushmanga qarshi ilon, daryodan o‘tishda ko‘prik vazifasini bajaradi.
“Olloh taolo Quroni karimda zikr etgan payg‘ambarlarning qissalari orasida Muso (a.s.) qissasi eng katta va mufassal bayon etilgan qissadir. Qur’onning o‘tiz to‘rt surasida bir yuz o‘ttiz olti marta Muso nomi tilga olingan”3
Maryamning oy kuni yaqinlashdi va bir kuni og‘riq boshlandi va u xurmo daraxti tagiga bordi. Ul daraxt quruq erdi. Maryam barokatidan u ko‘kardi va meva soldi.
Qur’oni Karimda “mevali daraxtlardan xurmo va anorlar bordir” (Ar – Rohmon surasi, 68 oyat) tariflangan xurmo mevasi, iymon keltirganlar uchun va’da etilgan jannat ne’matlari qatorida ta’kidlangan. Alloh taolo Qur’onda alohida zikr etgan ushbu mevaning kimyoviy tarkibi olimlar tomonidan o‘rganilganda, uning ko‘plab o‘ziga xos xususiyatlari yuzaga chiqdi.
Xurmo – eng qadimgi o‘simlik turlaridan biri bo‘lib, bugungi kunda nafaqat o‘zining mayin , shirin ta’mi bilan, balki o‘ziga xos oziq xususiyatlari uchun ma’qul ko‘rib, iste’mol qilinadi. Xurmoning foydasi va uni qachon iste’mol qilish insonga qanchalik zarur bo‘lishi haqida “Maryam” surasining quyidagi oyatlarida ta’kidlangandir:
“Bas,to‘lg‘oq uni xurmo tanasiga olib bordi. U: “Koshki bundan oldin o‘lsam edi va butunlay ketsam edi”, dedi. Uning ostidan: “Mahzun bo‘lma, batahqiq, Robbing ostingdan oqar ariq qildi. Xurmo tanasini silkit, senga yangi meva tushiradi ”, deb nido qildi. Ye, ich va ko‘zing quvonsin. Bas, biror odamni ko‘rar bo‘lsang: “Men Rahmanga ro‘za nazr qildim. Bugun inson zotiga zinhor gapirmasman”, degin”. (Maryam surasi, 23 – 26 oyatlar)
Yuqorida Maryam onamizga kelgan oyatlarda xurmoni onaga kuch bag‘ishlashi va Ollohning bandalariga ko‘rsatgan hikmatdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, xurmodan inson salomatligi va faolligi uchun zarur bo‘lgan 10 da ortiq unsurlar mavjud. “Shuningdek, xurmoda yengil hazm bo‘ladigan va tez singiydigan shakar – fruktoza mavjud bo‘lib, organism faoliyati uchun quvvat vositasi hisoblanadi
— Xurmoning 50% ni shakar tashkil qilganligi uchun nihoyatda oziq kuchi yuqori, organizmda juda tez hazm bo‘lib, furuktoza asab taranglashishini oldini oladi. Bundan tashqari, xurmo tarkibidagi magniy buyrak uchun juda zarur moddadir, kuniga 2–3 dona xurmodan iste’mol qilish inson organizmning magniyga bo‘lgan bir sutkalik ehtiyojini qondirishi mumkin.”1
“Sulaymonning otasi podshoh Dovud, onasi Virsaviya. Dovud Sulaymonni o‘z taxtini vorisi deb e’lon qiladi. Olloh Sulaymonning tushiga kirib nima istasa, hammasini bajarishini aytadi.
Sulaymonning ins jinlar, devu parilar, butun mavjudot ustidan hukmronligi, sehrli ashyolar – uzuk va gilamga, mo‘jizaviy taxtga egaligi, qushlar tilini bilishi – hammasi Ollohning unga ko‘rsatgan marhamatidir”1
“Sulaymon payg‘ambar ham otasi singari hunar egasi erdi. Uning otasi Dovud Payg‘ambar temirchilik qilsa,u tol daraxtining novdalarini yig‘ib savat to‘qir va juldur kiyim kiyib, savat sotar edi. Yarim bahosini sadaqa qilib yarmiga arpa olib yerdi.”2
Asarda keltirilgan daraxtlar orqali bilamizki, muallifning ma’lum bir maqsadi yotganligi va undan biz shu daraxtlarning o‘ziga xos xususiyatlar haqida bilimlarga ega bo‘lamiz. Bundan tashqari har qaysi daraxtning o‘ziga xos xusiyatlari va ularning payg‘ambarlar hayotida tutgan o‘rnini bilishimiz mumkin.


Download 101 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling