Qishlоq хo`jаligi dа infratuzilma va uni rivojlantirish zaruriy ahamyati reja


Qishloq xo’jaligida infratuzilmaning turlari va ularning tashkil etilishi


Download 487.86 Kb.
bet3/5
Sana08.03.2023
Hajmi487.86 Kb.
#1250806
1   2   3   4   5
Bog'liq
QISHLОQ ХO`JАLIGI DА INFRATUZILMA VA UNI RIVOJLANTIRISH ZARURIY AHAMYATI

2. Qishloq xo’jaligida infratuzilmaning turlari va ularning tashkil etilishi.


Qishloq xo’jaligi infratuzilmasi – tarmoqdagi korxonalarning samarali faoliyatini ta’minlash, qishloq xo’jaligining pirovard mahsulotini ko’paytirish va sifatini yaxshilashga yo’naltirilgan sohalar majmuidir. Qishloq xo’jalik korxonalarining faoliyatida infratuzilma sohalari, jumladan elektr energiyasi ta’minoti, transport xizmati, aloqa xizmati, mahsulotni saqlash joylari, ta’mirlash va texnik xizmat, moddiy-texnika ta’minoti tashkilotlari, muhandislik, zooveterinariya, agrokimyo xizmati, mahsulotlarni iste’molchiga yetkazib berishni ta’minlaydigan tashkilotlar va boshqa shu kabilarning rivojlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir darajasiga ko’ra qishloq xo’jaligi infratuzilmasi ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmalaridan tashkil topadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi. Qishloq xo’jaligining ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkibiga bevosita qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar kiradi: ishlab chiqarishga yo’naltirilgan transport, yo’l xo’jaligi, ta’mirlash ustaxonalari, ombor xo’jaliklari, kommunikatsiya tizimi va telegraf, aloqa, elektroenergiya uzatish liniyalari, texnik xizmat stansiyalari, ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalari, o’simliklar muhofazasi, veterinariya xizmati va boshqa shu kabi xizmatlar ko’rsatuvchilar kiradi (2-rasm).

2-rasm. Ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibi
Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga ko’pgina omillar ta’sir etadi. Ularning ichida tuproq-iqlim sharoiti, hudud relyefi, suv bilan ta’minlanishi, yo’llar holati, korxonaning joylashishi, ishlab chiqarish obyektlarining joylashishi, qo’llanilayotgan texnologiyalar, ishlab chiqarish ixtisoslashishi va konsentratsiyalashish darajasiga alohida e’tibor beriladi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish infratuzilmasini tashkil etishda agrosanoat majmuasining ham o’rni katta. Chunki agrosanoat majmuasining uchinchi bo’g’iniga qishloq xo’jaligiga turli xizmatlarni ko’rsatuvchi sohalar kirsa, to’rtinchi bo’g’iniga esa qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash, tayyorlash va qayta ishlash bilan shug’ullanuvchilar kiradi. Demak, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishda agrosanoat majmuasi faoliyatini takomillashtirish va unga kirivchi sohalar korxonalari bilan qishloq xo’jalik korxonalarining aloqalarini mustahkamlash ham muhim ahamiyatga ega.
Qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarish infratuzilmasi sohalarining ayrimlari davlat tasarrufida qolgan bo’lib, bular qatoriga elektr uzatish, yo’l xo’jaligi, aloqa va boshqa shu kabi tarmoqlar kiradi. Bu tarmoqlar rivojlangan davlatlardagi kabi davlat tasarrufida bo’lib qolishi maqsadga muvofiqdir. Chunki bozor munosabatlari sharoitida mazkur tarmoqlarda faoliyat yurituvchi yirik korxonalar soni kam bo’ladi va ular xususiylashtirilsa, yirik monopolistlar paydo bo’lishi mumkin.
Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatida ishlab chiqarish infratuzilmasining bir turi bo’lgan aloqa xizmatining o’rni va ahamiyati juda muhimdir. Chunki, qishloq xo’jalik korxonalarida operativ hisobni yuritishda aloqa xizmati muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda xo’jalikning ichki tizimida bo’layotgan barcha jarayonlardan operativ hisob orqali xabardor bo’lib turish hamda yuzaga kelgan muammolarni o’z vaqtida hal etish imkoni yaratiladi. Bundan tashqari, yetishtirilgan mahsulotlarni sotishda bozor konyunkturasini o’rganish va baholarning o’zgarib turishidan xabardor bo’lish jarayonida ham aloqa xizmati zarur bo’ladi. Aloqa tizimining eng zamonaviy uskunalaridan foydalanish qishloq xo’jalik korxonasida ishlab chiqarish jarayonini to’g’ri tashkil etish va xarajatlarni tejashga ko’maklashadi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining asosiy sohalaridan biri yo’l xo’jaligidir. Qishloq xo’jaligida eng ko’p tarqalgan va asosiy tarmoq avtomobil yo’llari hisoblanadi. Tarmoqlararo xarakterga ega bo’lgan yo’llar qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iste’molchilargacha yetkazish kabi keng ko’lamli va salmoqli vazifalarni bajaradi. Xo’jalik ichidagi yo’llar mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan barcha faoliyatlarga xizmat qiladi. Qishloq xo’jaligida yo’llarning joylashishi, asfaltlanganlik darajasi va tekisligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining muhim turlaridan biri – temir yo’l transportidir. Temir yo’l transporti barcha davlatlar iqtisodiyotining asosiy qon tomiri hisoblanadi. Ayni vaqtda mamlakatimizda yuk tashishning qariyb 70 foizi, eksport va import uchun yuk tashish umumiy hajmining esa 80 foizi temir yo’l orqali amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda temir yo’l tizimini rivojlantirish bo’yicha ham izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining muhim sohalaridan yana biri elektr ta’minoti tizimidir. Xalq xo’jaligining barcha tarmoqlaridagi kabi qishloq xo’jaligida ham elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik va undan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Qishloq xo’jaligida elektr energiyasi asosan yoritish, isitish, suv ko’tarib beruvchi nasos stansiyalarni elektrlashtirish, statsionar va ko’chma sug’orish agregatlarini elektrlashtirish, inkubatorlarda, issiqxonalarda hamda chorvachilik fermalarida mikroiqlim hosil qilish va boshqalar uchun ishlatiladi.
Elektr uzatish tarmoqlari va tarqatuvchi hamda ishlab chiqaruvchi obyektlar qurilishi qanchalik mustahkam va kafolatli darajada bo’lsa, nafaqat qishloq xo’jaligi, balki, xalq xo’jaligining barcha sohalari samarali faoliyat ko’rsatishi ta’minlanadi. Bu tarmoqning qishloq xo’jaligidagi o’rni juda muhimligi shundaki, u birinchidan, ekinlarni sug’orish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarda suv ko’tarish qurilmalari uzluksiz ishlashi, ikkinchidan, yetishtirilgan ayrim mahsulot turlarini omborxonalar va sovutgichlarda buzilmasdan saqlanishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, elektr uzatish tarmog’i chorvachilik sohasi yoki parrandachilik tarmoqlarida elektr energiyasidan foydalanish jarayonida yetishtiriladigan mahsulot miqdori va sifatini oshirishda o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayonini elektrlashtirish korxonalarning xo’jalik faoliyati keskin rivojlanishiga olib keladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirish mehnat unumdorligini oshiradi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi. Masalan, g’allachilikda elektr energiyasidan foydalanish mehnat unumdorligini oshiradi. G’allani tozalashda «OS-1», «OS-3», «OB-10» markali g’alla tozalash mexanizmlaridan foydalanish mehnat sarfini 2025 foiz, mahsulot tannarxini esa 15-35 foiz kamaytiradi.
Chorvachilikda elektr energiyasidan foydalanish mehnat sarfini keskin kamaytirishga olib keladi. Elektr energiyasidan foydalanish fermadagi bir qator ishlar, shu jumladan, suv bilan ta’minlash, ozuqalarni hayvonlarga berish, sigirlarni sog’ish, yuklarni tashish, qo’y junlarini qirqish, sutga dastlabki ishlov berish, inkubatsiya va hokazo ishlarni mexanizatsiyalar yordamida bajarish imkonini beradi.
Yem-xashakni molga berish oldidan tayyorlash ishlarida elektr energiyasidan foydalanish mehnat sarfini 75-90 foizga kamaytiradi, ozuqa sifatini yaxshilaydi. Chorva mollarini sog’ishni elektrlashtirish katta ahamiyatga ega. Sigir sog’ish apparatlari yordamida sog’ilganda mehnat sarfigina tejalib qolmay, balki sog’uvchilarning mehnati ham yengillashadi. 1 sentner sut qo’lda sog’ilganda 4,4 kishi-soat sarflangani holda, sog’ish apparati yordamida sog’ilganda 2,5 kishi-soat, sog’ish zalida sog’ilganda esa 1,8 kishi-soat sarflanadi. Chorvachilikda elektr energiyasidan foydalanish sut sog’ib olish mehnatini tejabgina qolmay, balki sog’iladigan sutning tozalik darajasini ham oshiradi.
Qo’y junini mexanizmlar bilan qirqish mehnat unumdorligini 3-4 barobar oshiradi. Qirqib olingan jun sifati ham ancha yuqori bo’ladi.
Parrandachilik fermalarini tunda elektr energiyasi bilan yoritish natijasida tovuq va o’rdaklardan olinadigan tuxum 25-30 foizga ko’payadi. Elektr energiyasidan xo’jalikdagi yordamchi tarmoqlarda, jumladan, ustaxona, tegirmon, yog’och arralash va hokazo ishlarda foydalanish katta iqtisodiy samara beradi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish infratuzilmasining yirik tarmoqlaridan yana biri transport xo’jaligi hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida transport xizmati yordamida korxonalar bir-biri bilan bog’lanib, ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz davom etishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Transport vositalaridan foydalanish mahsulot ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilish uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi, vaqtni qisqartiradi, mehnat unumdorligini oshiradi va pirovard natijada mahsulot tannarxini pasaytiradi.
Transport vositalaridan unumli foydalanish qishloq xo’jaligida yo’llar qurish, ularning yuk tashish qobiliyatini oshirish, ta’mirlash ishlarini muntazam ravishda olib borish, yo’l xo’jaligi ixtiyoridagi texnikani takomillashtirish va ulardan unumli foydalanishni talab etadi. Kuzatishlar avtomobilning yuk ko’tarish qobiliyati qattiq qoplamali yo’llarda qattiq qoplamasiz yo’llardagiga nisbatan 25-80 foiz, tezligi 2-3 marta oshishini, yonilg’i sarfini esa 2 marta kamayishini ko’rsatadi. Shuning uchun xo’jaliklararo va xo’jalik ichidagi yo’llarni rekonstruksiyalash va o’z muddatida ta’mirlash, yo’l qurilishini kengaytirish va qishloq xo’jaligini yanada intensiv rivojlantirish uchun real sharoitlar yaratadi.
Qishloq xo’jaligida transport vositalaridan foydalanish xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlariga nisbatan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarga quyidagilar kiradi:

  • qishloq xo’jaligi mahsulotlari keng hududda yetishtirilishi tufayli ularni tashish bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi;

  • qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining mavsumiyligi tufayli yuk tashishni yil mobaynida bir me’yorda amalga oshirib bo’lmaydi, ayrim hollarda katta miqdordagi yuklarni qisqa vaqt ichida tashish zarurati paydo bo’ladi;

  • turli xil transport vositalari talab etiladi;

  • tashiladigan yuklar turi, hajmi, xususiyatiga ko’ra turlicha bo’ladi; - yuk tashish masofasi odatda uzoq bo’ladi.

Qishloq xo’jaligida transport vositalaridan foydalanishning bu xususiyatlari qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxida transport xarajatlari miqdorining oshishiga olib keladi. Hisob-kitoblarga ko’ra, transport xarajatlari don mahsulotlari tannarxida 26 foizni, makkajo’xori tannarxida 15 foizni tashkil etadi.
Yetishtiriladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini iste’molchilargacha bo’lgan uzluksizligini ta’minlashga ishlab chiqarish infratuzilmasining yana bir yirik tarmog’i - mahsulotlarni saralash, tayyorlash, saqlash va sotish bilan bog’liq bo’lgan sohalar xizmat qiladi. Xo’jaliklarda mahsulot ishlab chiqarilgandan so’ng uni saralash va tayyorlash ishlari olib boriladi. Bu esa, o’z navbatida, mahsulotlarni saqlash uchun tayyorgarlik ko’rishga imkon yaratadi. Chunki saralash jarayonida mahsulotning pishish darajasi, navi va turiga qarab, saqlash dasturi ishlab chiqiladi. Mahsulotning bir qismini qayta ishlashga topshirish, ikkinchi bir qismini esa saqlash masalasi hal etiladi. Mahsulotlarni saralash ishlari olib borilmasa yoki saralash jarayonidagi e’tiborsizlik va kamchiliklar tufayli isrofgarchilikka yo’l qo’yilishi mumkin. Saralangan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash ishlari ularning sifatiga katta ta’sir ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligining ayrim mahsulotlariga, ayniqsa, meva va sabzavotlarga tez va soz xizmat ko’rsatilsa, ma’lum qismi tayyorlov tashkilotlariga sotilsa, nobudgarchilikka yo’l qo’yilmaydi. Qishloq xo’jaligi korxonalarida yetishtiriladigan meva, sabzavot va don mahsulotlarini saqlash, birinchidan, xo’jaliklar moliyaviy holatining yaxshilanishiga ta’sir ko’rsatsa, ikkinchidan, iste’molchilarning ushbu mahsulotlarga bo’lgan talabini yil davomida doimiy qondirish imkonini beradi. Chunki, ushbu mahsulotlar insonlarning oziq-ovqatga va turli vitaminlarga bo’lgan ehtiyojini qoplashda juda muhim ahamiyatga egadir.
Meva va sabzavotlarni saqlashda maxsus omborlarni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Omborlarda faol ventilyatsiya tizimi mavjud bo’lganda mahsulot yaxshi saqlanadi. Hozirgi paytda meva va sabzavotlarning gaz muhitini boshqarib saqlash Niderlandiya, AQSh,
Germaniya, Xitoy va boshqa shu kabi rivojlangan mamlakatlarda keng qo’llaniladi. Bundan tashqari, asrlar davomida ajdodlarimizning qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash bo’yicha tajribalaridan ham unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Chorvachilik mahsulotlarining ko’pgina turlari ham tez buziluvchi bo’lib, ularni ma’lum muddat maxsus sovutiladigan inshootlarda saqlashni talab etadi. Masalan, sut, go’sht, tuxum va boshqa shu kabi mahsulotlarni maxsus inshootlarda saqlab, uni sotishni yo’lga qo’yish qishloq xo’jalik korxonasining daromadlari ko’payishiga xizmat qiladi. Chunki ularning tez buziluvchanligi sababli qishloq xo’jaligi korxonalari ushbu mahsulotlarni arzon baholarda bo’lsa ham tezroq sotishga harakat qiladi, ayrim hollarda esa ushbu mahsulotlarning sifati buzilishi katta miqdordagi zararlarni keltirib chiqaradi. Shu sababli chorvachilik tarmog’ida ham tayyorlash va saqlash xizmatini ko’rsatuvchilarga ehtiyoj mavjud.

Download 487.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling