Qishlоq хo`jаligi dа yagona yer solig'ini bеlgilаsh vа uni to`lаsh tаrtibi


Download 44.77 Kb.
bet3/13
Sana11.03.2023
Hajmi44.77 Kb.
#1260963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
CHINPO\'LATOVA

2.Soliq obyekti va soliq bazasi
Qishloq xo'jalik korxonalarini soliqqa tortishda xorijiy davlatlar tajribasi Globallashuv sharoitida jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, agrar tarmoqlarning jadal о sishi mamlakatda iqtisodiyotning yuksalishi uchun asosiy omillardan biri bo'lib hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining soliqqa tortish tizimi yanada soddalashtirilishga qarab ketmoqda. Xorijiy mamlakatlar amaliyotida soliqlar tabaqalashtirilgan bo'lib, o'matilgan soliqlar soliq obyektidan yoki daromad olish darajasidan kelib chiqib budjetga to'lanadi. Agrar sektorga ma‘lum bir imtiyozlar hamda maxsus soliq rejimi qo'llaniladi va ular albatta ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog'liq bo'ladi. Bu xususiyatlarga fasllar almashinuvi, tabiiy ob-havo sharoitlarini misol qilish mumkin. Rivojlangan davlatlarda qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari to'laydigan soliqlar tarkibiga nazar tashlanganda, ulaming turli mamlakatlar miqyosida soliq turlariga qarab soliqlami tabaqalashganini ko'rish mumkin
Germaniya, Fransiya, Italiyada qishloq xo'jalik subyektlari hisoblangan fermerlik kooperativlariga korporativ soliqni to'lash bo'yicha imtiyozlar keng tarqalgan. Rivojlangan davlatlarda qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari to'laydigan yer solig'i boshqa yuridik shaxslarga nisbatan ancha past miqdorda belgilangan. Gollandiyada bevosita qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida mehnatga qobiliyatli aholining 4 foizigina ishlaydi. Bu davlatning hududi va aholisi O'zbekiston bilan solishtirganda bir necha barobarga kam. Tabiiy sharoiti esa qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishi uchun anchagina noqulay. Shunga qaramasdan ushbu mamlakat qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo'yicha dunyoda uchinchi o'rinda turadi. Eksportning yillik hajmi taxminan 35 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. Jahonda samarali faoliyat ko'rsatayotgan fermer xo'jaliklari AQSH davlatida mukammal shakllangan deb atash mumkin. Buning asosiy sabablari, fermer xo'jaliklariga yordam dasturlarini mablag' bilan ta‘minlashda federal hukumat yetakchilikni o'zida saqlab turganligi bilan izohlanadi. Buyuk Britaniya soliq tizimida fermer xo'jaliklarini soliqqa tortish alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu mamlakatda fermerlar to'laydigan asosiy soliq turi daromad solig'i hisoblanib, u moliya yilida xo'jalikda hosil qilingan daromad yoki foydadan belgilangan shkala bo'yicha undiriladi. Daromad solig'ini undirish maqsadida fermer xo'jaliklariga beshta soliq shkalasi ishlab chiqilgan bo'lib, unda yer, mol-mulklarni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish, o'rmon xo'jaliklaridan olinadigan foydaga soliq solish, asosiy faoliyatdan tashqari olingan daromad manbalariga soliq solish, ishchi xodimlar va yollanma mehnat qiluvchilaming daromadlariga soliq solish jarayonlari aks ettiriladi. Fermer xo'jaliklari uchun moliya yili 1 -apreldan boshlanib keyingi kalendar yilining 31-martida tugaydi. Foyda solig'i moliya yil yakuni bo'yicha hisob-kitob qilinadi va hisoblangan soliq summasining 50 foizini 1-yanvarda va qolgan qismini 1-iyunda budjetga to'lab beradi. Ya‘ni bu yerda soliqni budjetga undirishda qishloq xo'jaligining mavsumiyligi hisobga olingan.

Download 44.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling