Qishlоq хo`jаligi dа yagona yer solig'ini bеlgilаsh vа uni to`lаsh tаrtibi


Yagona yer solig’i hisoblash va buydjetga to’lash tartibi


Download 44.77 Kb.
bet2/13
Sana11.03.2023
Hajmi44.77 Kb.
#1260963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
CHINPO\'LATOVA

1.Yagona yer solig’i hisoblash va buydjetga to’lash tartibi
Qishloq xo'jaligi tovari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda qishloq xo'jaligi yo'nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo'jaliklari va ta‘lim muassasalarining o'quv-tajriba xo'jaliklari yagona yer solig'ining to'lovchilari bo'lib hisoblanishadi. Soliq kodeksiga ko'ra quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar — soliq solish maqsadida qishloq xo'jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar tarkibiga kiradi: — yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish va o'zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi bo'lgan yuridik shaxslar; — qishloq xo'jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o'zlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega boigan yuridik shaxslar; — qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish va o'zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan qishloq xo'jaligi mahsulotini o'z ichiga oluvchi qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar. O'rmon va ovchilik xo'jaliklari hamda yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo'jaliklari yagona yer solig'ini to'lovchilari hisoblanishmaydi. Qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o'zlari ishlab chiqargan qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bo'yicha mazkur faoliyat turidan yagona yer solig'ini to'laydilar va ular boshqa soliqqa tortish tizimini tanlash huquqiga ega emaslar. Yagona yer solig'ini to'lovchi hisoblangan qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun bojxona bojlari, davlat bojlari, litsenziya yig'im lari, davlat maqsadli jamg'armalariga ajratmalarni to'lashning amaldagi tartibi saqlanadi. Agar yagona yer solig'ini to'lovchi qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari o'zlari ishlab chiqargan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bir qatorda boshqa faoliyat turiari bilan shug'ullansalar, ular alohida hisob yuritishlari va boshqa faoliyat turiari bo'yicha shu toifadagi to'lovchilar uchun amaldagi qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan soliqlami to'lashga majburdirlar. Bunda, agar qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kirsa, faoliyatning boshqa turiari bo'yicha (savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan soliqlar va yig'imlar to'lanadigan savdo va umumiy ovqatlanishdan tashqari) ular faoliyatning mazkur turi uchun nazarda tutilgan yagona soliq to'lov yoki umumbelgilangan tartibda soliqlar to'laydilar. Qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yerlar ijaraga (shu jumladan, ichki xo'jalik pudratiga) berilganda ijaraga beruvchida ijaraga berilgan yerlar bo'yicha yagona yer solig'ini to'lash majburiyati saqlanib qoladi. Qishloq xo'jaligini yuritish uchun egalik qilish, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkasi maydoni yagona yer solig'i solish obyekti hisoblanadi. Soliq solinadigan yer uchastkalarining normativ qiymati soliq solinadigan baza hisoblanadi. Agar normativ qiymat belgilanmagan bo'lsa, unda soliq solinadigan baza bo'lib qishloq xo'jaligi tovari ishlab chiqaruvchilaming soliq solinadigan yer uchastkalari maydoni hisoblanadi. Soliq solinadigan qishloq xo'jaligi yer maydonlari, yer uchastkalarining joylashishi, tuproq boniteti va yer mulkining boshqa tavsiflari yer kadastri ma‘lumotlari bo'yicha qabul qilinadi. Soliqdan imtiyozlar Soliq qonunchiligiga ko'ra soliq solinmaydigan yer uchastkalariga quyidagi yerlar kiradi:
a) qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari;
b) ihota daraxtzoriari egallagan yerlar;
d) sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, suv havzalari, sportning texnik turiari obyektlari va boshqa jismoniy tarbiya — sog'lomlashtirish komplekslari, onalar va bolaiaming dam olish va sog'lomlashtirish joylari, sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish uylari, o'quv-mashq bazalari egallagan yerlar;
Agar loyihada yerlami o'zlashtirish va meliorativ ishlami amalga oshirish muddatlari ko'rsatilmagan yoki yer uchastkasi boshqa muddatlarda topshirilgan bo'lsa, yer uchastkasi uchun soliq meliorativ ishlar va yangi yerlami o'zlashtirish ishlari bajarilgan yillar uchun to'lanmaydi, lekin u 5 yildan oshmasligi kerak;
f) ta‘lim, madaniyat va sog'liqni saqlash obyektlari band etgan yerlar;
g) yangi tut ko'chatlari ekilgan yerlar, qator oralaridan qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat'i nazar, uch yil muddatga. Shu munosabat bilan bahorda ekilgan tut ko'chatlari ekilgan yilni hisoblaganda uch yilga soliq to'lashdan ozod etiladi, kuzda ekilgan ko'chatlar esa ulami ekishdan keyingi yildan boshlab uch yilga soliq to'lashdan ozod etiladi;
h) ilmiy tashkilotlaming qishloq xo'jaligi ahamiyatiga molik va o'rmon fondidagi yerlari, qishloq xo'jaligi va o'rmon xo'jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o'quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o'quv tajriba xo'jaliklarining bevosita ilmiy va o'quv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari;
i) yangi barpo etilgan qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari, shu jumladan, fermer xo'jaliklari, davlat ro'yxatiga olingan paytdan boshlab ikki yil muddatga;
j) O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq soliq solinmaydigan boshqa yerlar. Qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga soliqdan imtiyoz belgilanganda ular soliqni ushbu huquq paydo bo'lgan oydan boshlab to'lashni to'xtatadilar. Soliq imtiyozlari bekor qilingan taqdirda ular yer solig'ini ushbu huquq bekor qilingan oydan keyingisidan boshlab to'lashni boshlaydilar. Soliqni hisoblash, hisob kitoblarni taqdim etish va to'lash tartibi Qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yagona yer solig'i summasini belgilangan shakl bo'yicha soliq solinadigan bazaga qarab yer uchastkalarining normativ qiymati hamda yer uchastkalarining maydonidan (yer uchastkasi joylashgan yer va yer uchastkasining bal bonitetini nazarda tutadigan tuzatish koeffitsienti e‘tiborga olingan holda belgilangan stavkadan) kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Yagona yer solig'ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat
e) yangi o'zlashtirilayotgan yerlar va meliorativ holatini yaxshilash ishlari olib borilayotgan sug'oriladigan yerlar — loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin ishlar boshlanganidan e‘tiboran ko'pi bilan besh yilga.
soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 1 - mayigacha taqdim etiladi. Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer solig'i yer uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab to'lanadi. Yer uchastkasi olib qo'yilgan taqdirda, yagona yer solig'ini to'lash yer uchastkasi olib qo'yilgan oydanboshlab to'xtatiladi. Yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o'zgargan, shuningdek, yagona yer solig'i bo'yicha imtiyozlarga bo'lgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, soliq to'lovchilar davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1-dekabrigacha yagona yer solig'ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari lozim bo'ladi. Yagona yer solig'ini budjetga to'lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: — hisobot yilining 1-iyuligacha — yillik soliq summasining 20 foizi; — hisobot yilining 1-sentabrigacha — yillik soliq summasining 30 foizi; — hisobot yilining 1-dekabrigacha — soliqning qolgan summasi. Qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari buxgalteriya hisobida yagona yer solig'i bo'yicha budjet bilan hisob-kitobni budjetga to'lovlar bo'yicha qarzlami hisobga olish hisobvarag'ida yuritadilar.

Download 44.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling