Mustaqil ishi Singapur Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 963-yil qabul qilingan


Download 0.84 Mb.
bet1/3
Sana09.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#255255
  1   2   3
Bog'liq
Singapur


Mardiyev Botirjonning

“Singapur”

Mavzusida

Mustaqil ishi

Singapur Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1963-yil qabul qilingan (keyinchalik tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2011-yil Iyul oyidan boshlab Dr. Tony Tan, Respublika 7-prezidenti), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan aholi tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.



Tabiati

Singapur orol Joxor boʻgʻozi orqali Malakka yarim oroldan, Malakka va Singapur boʻgʻozlari orqali Indoneziya o.laridan ajralib turadi. Sohillari pasttekislik, bir oz botqoqlashgan, janubi-gʻarbiy sohillarida marjon riflari bor. Relyefi tekislik (bal. 176 m gacha). Iqlimi ekvatorial, mussonli. Oʻrtacha temperatura yanvarda 26°, iyulda 27°. Yillik yongʻin 2500 mm. Katta daryosi — Singapur.

Ichimlik suv yetishmaydi, u Malayziyadan keltiriladi. Koʻpgina mayda orollarda odam yashamaydi, ularda tropik oʻsimliklar sakdanib qolgan. Ayrim sohillari mangozorlar bilan band.

Aholisining koʻpchiligi xitoylar (76%). Malayyalar (14%), Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Shri Lankadan kelganlar (7%), yevropaliklar va boshqa yashaydi. Rasmiy tillar — xitoy, ingliz, malayya, tamil tillari. Dindorlari buddaviylik. konfutsiylik, islom, hinduiylik, xristian dinlariga eʼtiqod qiladi.

Singapurning ilk tarixi maʼlum emas. 14-asrga oid Xitoy va Yava yilnomalarida bu orol Tumasik (yavacha "masek" — dengiz) deb atalgan. 1275 yil S.ga Yava qiroli Kertanagar qoʻshinlari, 1349 yil Siyom harbiy kemalari hujum qilgan. 1377 yildan orol Yavaga karam boʻlgan, 15-asr boshlarida esa Tan davlatining qiroli Sukotan oʻzini Singapur, Malakka va Malayya hukmdori deb yuritgan, soʻng Joxor sultonligi kuliga oʻtgan. 1819 yil orol inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasiga qaram boʻlib qolgan. 1826—1946 yillarda S. — StreytsSetlments tarkibidagi ingliz mustamlakasi.

Ikkinchi jahon urushi vaqtida Singapurni yapon qoʻshinlari egallab turgan (1942— 45). 1959 yildan Hamdoʻstlik tarkibidagi "oʻzini oʻzi boshqaruvchi davlat". 1963—65 yillarda Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi. 1965 yil 9 avgustda undan ajrab chiqib, alohida mustaqil respublikaga aylandi. 1965 yil sentdan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992 yil 2 yanvarda tan olgan, 1997 yil 8 aprelda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Milliy bayrami — 9 avgust — Milliy kun (1965).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma tashkilotlari. S. demokratik partiyasi, 1980 yil tuzilgan; S. xalq partiyasi, 1994 yil tashkil etilgan; Xal k, harakati partiyasi, 1954 yil asos solingan; Ishchi partiyasi, 1957 yil guzilgan; Birlashgan xalq fronti. 1974 yil 5 iartiyaning qushilishi natijasida tashkil topgan. Kasaba uyushmalari milliy kongressi, 1961 ii. asos solingan.

Xoʻjaligi

S. — Janubi-Sharqiy Osiyoda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28%, transport va aloqaning ulushi 13,1%, qishloq xoʻjaligi ulushi 0,2%.

Sanoatining yetakchi tarmoqlari — aniq mashinasozlik, elektronika, elektrotexnika, optika, keng isteʼmol mollari va murakkab apparatlar (shu jumladan, kosmik tadqiqotlar uchun eksportga moʻljallangan apparatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Chetdan keltiriladigan xomashyo asosida neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan. S. zavodlari yiliga 50 mln. tonna neftni qayta ishlash imkoniyatiga ega. Kemasozlik, kema taʼmirlash, samolyotsozlik, metallurgiya, kimyo, turli asbob-uskuna ishlab chiqarish, yogʻochsozlik, qurilish materiallari, toʻqimachilik, rezina, koʻn poyabzal, oziq-ovqat korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Yiliga 20,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari — Singapur. Jurong.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling