Qishlоq хo`jаligidа invеstitsiyalаr vа ulаrdаn fоydаlаnish sаmаrаdоrligi
Qishloq xo’jaligiga investitsiyalarni jalb etish yo’llari
Download 77.78 Kb.
|
Valijonova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyalashtirish manbalari bo’yicha qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligiga kiritilgan investitsiyalar (mlrd. so’m)
- Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligiga kiritilgan investitsiyalarning tarkibida moliyalashtirish manbalarining salmog’i (foizda)
2. Qishloq xo’jaligiga investitsiyalarni jalb etish yo’llari.
Qishloq xo’jaligining barqaror rivojlanishi tarmoqda mavjud bo’lgan ishlab chiqarish vositalari oqilona tarzda takror ishlab chiqarilishini talab etadi. Bu jarayon ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, ta’mirlash, qurish, innovatsion hamda ijtimoiy munosabatlar yig’indisidan tashkil topadi. Barcha investitsiyalar quyidagi yirik ikkita manbadan shakllantirilib, amalga oshiriladi: korxonaning o’z mablag’lari hisobidan; chetdan jalb qilingan mablag’lar orqali. Korxonaning investitsiyalarni shakllantirishda qo’llaniladigan o’z mablag’lariga quyidagilar kiradi: korxonaning sof foydasidan ajratilayotgan mablag’lar; amortizatsiya fondidagi mablag’lar; asosiy vositalarni tugatishdan, sotishdan kelib tushgan mablag’lar; asosiy vositalarni ijaraga berishdan tushgan mablag’lar; qishloq xo’jalik korxonalarining boshqa korxonalar qimmatli qog’ozlarini sotib olishi natijasida oladigan dividendlardan ajratilayotgan mablag’lar va boshqa shu kabilar. Qishloq xo’jaligi tarmog’ida ishlab chiqarish jarayonining mavsumiyligi mazkur tarmoqda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning investitsion imkoniyatlarini cheklab qo’yadi. Tarmoqda ishlab chiqarish vositalari sifatida tirik organizmlarning ishtirok etishi, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ularning ma’lum vegetatsiya davrini o’tishi lozomligi ishlab chiqarish jarayonining uzoq davom etishiga olib keladi. Masalan, kuzgi bug’doy oktabr oyida ekiladi va kelgusi yilning may oyida tayyor mahsulot olinadi, ya’ni 7-8 oy o’tgachgina tayyor mahsulot olinadi. Bunday holatda tarmoqda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning uzoq muddat davomida investitsiyani amalga oshirish uchun mablag’lari yetishmaydi. Investitsiyalarni shakllantirishda chetdan jalb qilinadigan mablag’larga quyidagilar kiradi: qishloq xo’jaligi uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag’lar; tijorat banklaridan olinadigan kreditlar; hamkorlardan olinadigan mablag’lar; qimmatli qog’ozlar chiqarib sotish orqali jalb etiladigan mahalliy va xorijiy korxonalar hamda fuqarolarning bo’sh turgan mablag’lari; xayriya fondlaridan, homiylar tomonidan ajratilayotgan mablag’lar va boshqalar. Chetdan jalb qilingan mablag’lar orasida bank kreditlari alohida o’rin tutadi. Ular ishlab chiqarish faoliyati natijalaridan qat’i nazar, alohida korxonalar ehtiyojlarini hisobga olgan holda investitsiyalarni amalga oshirishga imkon beradi. Bank kreditlari korxona o’z mablag’larining investitsiya uchun kerakli miqdorini yig’masdan turib investitsiya jarayonini tezlashtiradi. Kreditlar investitsiya manbai sifatida nafaqat kapital qurilishda, balki yangi texnikani joriy qilishda ham ishlatiladi. Investitsiyalarning asosiy vazifasi – tarmoq mahsulotini ko’paytirish va ishlab chiqarish samaradorligining o’sish sur’atlari tezlashtirilishini ta’minlashdir. Moliyalashtirish manbalari bo’yicha qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligiga kiritilgan investitsiyalar to’g’risidagi ma’lumotlar 1jadvalda keltirilgan. 1-jadval Moliyalashtirish manbalari bo’yicha qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligiga kiritilgan investitsiyalar (mlrd. so’m)
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligiga kiritilgan investitsiyalarning tarkibida moliyalashtirish manbalarining salmog’i to’g’risidagi ma’lumotlar 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligiga kiritilgan investitsiyalarning tarkibida moliyalashtirish manbalarining salmog’i (foizda)
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligiga kiritilgan investitsiyalarning tarkibida korxona va tashkilotlarning mablag’lari 2020-yildagi 22,2 foizdan 2021-yilda 9,3 foizga tushgan, tarmoqqa jalb etilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi esa keskin oshgan, ya’ni 2020-yildagi 13,3 foizdan 2021-yilda 41,4 foizga yetgan. Yuqori rentabellik darajasiga ega korxonalar ishlab chiqarish vositalarini yangilash maqsadida kapital qo’yilmalarni amalga oshirishda ko’proq imkoniyatga ega bo’ladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, investitsiya qilishda korxona imkoni boricha o’z mablag’laridan foydalanishi ikkita ustunlikka olib keladi: korxonada tashqi qarzlar mavjud bo’lmaydi (olingan kreditlar bo’yicha foiz, ijara haqi va hokazo), shuningdek, korxonani boshqarishda mustahkam pozitsiyani shakllantiradi. Ayni paytda xo’jaliklarga chetdan jalb qilinadigan mablag’larning manbalaridan biri xo’jalik a’zolarining vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini jalb etish hisoblanadi. Bunday investitsiyani amalga oshirish uchun korxona o’z ichida qisqa muddatli obligatsiyalarni chiqarib, ularni a’zolariga ishonchli tarzda tarqatishi (sotishi) yoki huquqiy kuchga ega bo’lgan ishonchli dalolatnomalarni ham berishi mumkin. Xo’jalik a’zolari esa muomalaga berilgan mablag’larini ma’lum muddat o’tgandan so’ng belgilangan foizi bilan qaytarib olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu turdagi investitsiya imkoniyatlaridan qishloq xo’jaligi korxonalarida unumli foydalanish kerak. Xorijiy investitsiyalar chet mamlakatlardagi yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’laridan tashkil topadi. Chet ellik investorlar tomonidan foyda olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar respublika hududida chet el investitsiyalari hisoblanadi. Ular O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi: respublika qishloq xo’jaligidagi yuridik hamda jismoniy shaxslarning Nizom jamg’armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo’shib qatnashish; tarmoqda chet ellik investorgarga to’liq qarashli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari, bank, sug’urta va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish; mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz mablag’larini sotib olish; intellektual mullka, shu jumladan, mualliflik huquqlari, patentlar, firma nomlari va nou-xaularga, shuningdek, ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish va boshqalar. Ularni chet davlatlar yoki bu davlatlarning quyidagi hududiy organlari amalga oshiradilar: davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari bo’lgan xalqaro tashkilotlar; chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko’rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, shirkatlar, uyushma va tashkilotlar; chet el fuqarolari bo’lmish jismoniy shaxslar va boshqalar. Download 77.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling