Qishloq hududidagi ayollar daromadining oila daromadlaridagi tutgan o‘rni muxammadiyeva Sarvinoz Sherali qizi
Keywords: female employment,family income,gender equality, diversification, questionnaire,the respondent. Kirish
Download 39.18 Kb.
|
Muxammadiyeva Sarvinoz
Keywords: female employment,family income,gender equality, diversification, questionnaire,the respondent.
Kirish. Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi sektorida ayollarning past maoshga va mavsumiy ishlashi ortida ishlashi ortida bir qancha sabablar bor va bu sabablarning barchasi orasida ayollar uchun ajratilgan resurslar va imkoniyatlarning yetishmasligidir. Qishloq hududlaridagi ayollar fermer, ishchi va tadbirkor bo‘lishlariga qaramay, ayollar ishlab chiqarish resurslari, bozorlar va xizmatlardan foydalanishda erkaklarga qaraganda deyarli hamma joyda keskin muammolarga duch kelishadi va u ayni haqiqat hamda uy xo‘jaligida norasmiy yani doimiy bandlik turi bilan band bo‘lmagan holda, daromadsiz ishlashi uy xo‘jaligiga keltirgan daromadlarini hechqachon o‘zi tasarruf qilmasligi, yakuniy qarorlarni oila boshi tomonidan qabul qilinishi va gender tengsizlik oqibatlariga olib kelinadi.Bu esa qishloq hududlaridagi ayollarning qobiliyati, salohiyati, hamda ishlab chiqarish mahsuldorligiga to‘sqinlik qilmoqda va agrar soha ishlab chiqarishiga, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning yangi bosqichlariga keng miqiyosda erishishga qo‘shayotgan qimmatli hissasini keskin kamayishiga olib kelinmoqda. Qishloq xo‘jaligi siyosatini ishlab chiquvchilar, rivojlanish amaliyotchilari ayollarning ne'matlarini diversifikatsiya qilish va ular duch keladigan cheklovlarni ko‘rib chiqish uchun ma'lumot va tahlillarni talab qiladilar ushbu soha bo‘yicha genderni hisobga olgan holda qarorlar qabul qilish, shuningdek, ayollarning qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jarayonida to‘liq ishtirok etish va undan foyda olish uchun samarali bo‘lishini kafolatlash majburiyatlariga ega. Shunga qaramay, gender tengligini ta'minlash ortiqcha qashshoqlik va ochlikni kamaytirishga yordam beradi va bu qishloq xo‘jaligini yaxshilash uchun foydali bo‘ladi.[1] Qishloq ayollari agrar sohalarda oilasining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli hamda hududidan kelib chiqqan holda quyidagi yo‘nalishlarda band. Boshqa fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalarida haq to‘lanadigan yoki to‘lanmaydigan ishchilar, o‘z hisobidan fermerlar, oilaviy fermer xo‘jaliklarida haq to‘lanmaydigan ishchilar sifatida. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ayrim jabhalarini boshqaruvchilar mehnatni nazorat qilish va o‘rim-yig‘imdan keyingi ishlarda ishtirok etish.O‘tlarni kesish va begona o‘tlarni tozalash, paxta terim chanoqlarini yig‘ish va toladan urug‘larni ajratish, sug‘orish, o‘g‘itlarni qo‘llash, o‘simliklarni himoya qilish, o‘rim-yig‘im, saqlash va hk. Oʻsimlik va chorvachilikning tirikchilik va tovar darajasida yetishtirish. Chorvachilik uy xo‘jaliklarining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun asosiy tirikchilik faoliyati hisoblanadi shuningdek, fermer xo‘jaliklari daromadlarini ham to‘ldiradi va qishloq ayollari sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotishdan qo‘shimcha daromad olishlari mumkinligi hujjatlashtirilgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligidagi ishchi kuchining qariyb 43 foizini ayollar tashkil etadi, Bu ko‘rsatkich Sharqiy Osiyoda 50 foiz va Janubiy Osiyoda 70 foizni tashkil etadi. Shunga qaramay, qishloq xo‘jaligi va qishloq joylaridagi ayollar ishlab chiqarish resurslari va imkoniyatlaridan erkaklarnikiga qaraganda ko‘proq cheklangan bo‘lib, natijada erkak fermerlarga qaraganda kamroq mahsulot ishlab chiqaradilar. Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bu muammoni gender farqi deb ataydi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, agar butun dunyo bo‘ylab ayollar erkaklar kabi ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lsa, ayollar o‘z fermer xo‘jaliklarida hosildorlikni 20-30 foizga oshirishlari mumkin edi. O‘z navbatida, bu rivojlanayotgan mamlakatlarda jami qishloq xo‘jaligi mahsulotini 2,5-4 foizga oshiradi va dunyo aholisini to‘yib ovqatlanmaydiganlar sonini 12-17 foizga kamaytiradi.[2n] Bundan hulosa qilishimiz mumkinki qishloq hududlaridagi ayollarning huquqlarini himoya qilish hamda ularga amaliy yordam qilish orqali qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirib ko‘proq mahsulot yaratishga erishish mumkin. Hamda rasmiy ayollarga tegishli bo‘lgan fermer xo‘jaliklarini ko‘paytrishga imkoniyatlar yaratish orqali norasmiy ishlovchilar sonini kamaytirish mumkin. Ayollar va erkaklar ko‘pincha qishloq xo‘jaligida turli rollarga ega, masalan, ekin ekish tsiklidagi rollar yoki ekinlar yoki chorvachilikka egalik qilish. Bu rollar ko‘pincha har xil turdagi va mukofot darajasiga ega. Ayollarning qishloq xo‘jaligidagi roli erkaklarnikiga qaraganda yomonroq mehnat sharoitlari tufayli ko‘proq ishonchsizdir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xo‘jaliklarda xotin-qizlar mehnati kam baholanadi. Ishchi sifatida ayollar ko‘pincha teng ish uchun erkaklarnikiga qaraganda kamroq maosh oladilar. Qishloq xo‘jaligidagi ayollar korxonalari hajmi, aylanmasi va ishchilar soni bo‘yicha odatda kichikroqdir. Daromad olish imkoniyatlari ancha past hamda bolalar tarbiyasi va uy yumushlari bilan bir xilda olib borishda qiyinchiliklar tug‘iladi, shuning uchun ularning mehnat faoliyatini olib borishi cheklangan bo‘lishi mumkin. Ayollarning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi ishtiroki ortishining taxminiy sababi erkaklarning qishloq xo‘jaligidan tashqari mehnatga haq to‘lashda ishtirok etishining ko‘payishi, shu jumladan erkaklarning mavsumiy mehnat migratsiyasi bilan belgilanadi[3]Ularning soni kam bo‘lsa-da, ba'zi tadqiqotlar "an'anaviy rollarning emirilishi" haqida ham ishora qiladi[4]. Ayollarning ko‘proq faolligining qishloq xo‘jaligida erkaklar ishtiroki darajasiga salbiy ta'siri, bu esa erkaklar qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarga o‘tishiga yoki mehnat migratsiyasining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Migratsiya va qashshoqlikning oqibatlari ko‘pincha ayollar tomonidan reproduktiv faoliyat, shuningdek, qishloq xo‘jaligi faoliyatiga tobora ko‘proq jalb qilish orqali yumshatiladi[5] Download 39.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling