Qishloq Qurilish Bank
Download 0.58 Mb.
|
Mundarija
Utilitlar va drayverlar
Utilita-dasturlar bu operatsion tizimni imkoniyatlarini kuchaytiruvchi dasturlar. Masalan: disklar ustidan har xil amallarni bajaruvchi dasturlar, kompyuter ishini tezlashtiruvchi dasturlar, malumotlar xajmini uzgaruvchi dasturlar, viruslarni aniqlovchi dasturlar va xokazo. Masalan, kattik disk (vinchester) bilan turli ishlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar zarur. Vinchesterni bўlaklarga bўlish, uning ma‘lum bўlaklarini parol bilan ximoyalash uchun Disk Manager deb ataluvchi dastur ishlatiladi. Diskning xolatini tekshirish uchun esa NDD (Norton disk doctor) dastursi ishlatiladi. Bu dastur yordamida disk segmentlari tekshirilib, undagi xatoliklar topiladi va bartaraf etiladi. Diskdagi ma‘lumotlarni optimizatsiya қilish, ya‘ni bir tartib bilan joylashtirib chiқishga xizmat қiluvchi SD (Speed Disk) dastursi mavjuddir. Uning yordamida diskdagi ma‘lumotlar tartibga keltiriladi, bu esa diskdagi ma‘lumotlarga murojaat қilishni yengillashtirib, kompyuter ishini tezlatadi. Yuқorida sanab ўtilgan dasturlarni ishlatish қulay bўlib, dialog darchasida ҳosil bўladigan menyu punktlaridan mosini tanlash va ishlatishdan iboratdir. Utilitlar guruxlarga birlashtirilib, ularning eng kўp ishlatiladiganlari Norton Utilities, PC Tools Deluxe, Mace Utilities lar bўlib xisoblanadi. Utilitlarni қuyidagi tartibda guruxlarga bўlib chiқish mumkin: • Siqadigan dasturlar maxsus usullarni қўllagan xolda ma‘lumotlarni siқilgan xolda joylashtirib, ularning arxiv nusxalarini xosil қilishga yordam beradilar. Masalan, PKZIP, PKUNZIP va ARJ dasturlari bularga misol bўla oladi. • Disklardagi ma‘lumotlarning rezerv nusxalarini xosil қiladigan dasturlar қattiқ u1076 diskka yozilgan ma‘lumotlarni tezlik bilan disketlarga yoki strimmerlarga nusxalash uchun yordam beradilar. Masalan, Norton Backup, Fast Back Plus. • Antivirus dasturlari, ular xilma-xil turdagi viruslarga қarshi samarali kurashish uchun xizmat қiladilar • Kommuniktsion dasturlar kompyuterlararo ma‘lumotlarni almashinish uchun ishlatiladilar. Masalan, Brooklin Bridge, DeskLink, LapLink, Fast Link. Telemate, Procomm, Dataline dasturlari kompyuterlarning telefon kanallari orқali muloқot қilinishiga yordam bersa, WinFax Pro, Bit Fax, Fax It dasturlari telefon ma‘lumotlarini faks modem orқali uzatish imkoniyatini yaratadilar. • Kompyuterni diagnostika қilish dasturlari uning konfiguratsiyasini va ishga layoқatliligini tekshirishga imkon beradi. Masalan, Cheeck It, ND lags, Control Room, System Sleuth dasturlarini shu dasturlar turkumiga kiritish mumkin. Disklarni tekshirish uchun Disk Technician Advance, Calibrate dasturlari қўllanilishi mumkin. • Disk uchun mўljallanilgan dastur-kesh diskdan ma‘lumot ўқishni ancha tezlashtirishga imkon beradi, chunki ushbu xolda operativ xotirada diskning tez-tez ishlatilib turadigavn bўlaklarini ўz ichiga olgan kesh-bufer xosil қilinadi. Masalan, Smart Drive, NKache, Super PC Kwik. • Disklarni optimizatsiya қilish dasturlari disklarda saқlanadigan ma‘lumotlar xajmini ancha oshirishga va ma‘lumotlarni tezroқ topishga yordam beradi. Masalan, Speed Disk yoki Fast Trax dasturlari. • Disklarni dinamik siқishtirishga imkon beruvchi dasturlar disklarda saқlanilishi mumkin bўlgan informatsiya xajmini ancha oshirishga yordam beradi. Masalan, Stacker, Double Space, Super Stir dasturlari. • Avtonom ravishda chop қilish dasturlari (skulerlar) fayllarni chop қilishni boshқa ishlar bilan bir vaқtda amalga oshirishga imkon beradi. Masalan, Print Cashe dasturi. • Xotirani boshқarish uchun mўljallanilgan operativ xotirani yaxshiroқ boshqarish uchun ishlatiladi. Masalan, Software Carousel va Switch It dasturlari xotiraga bir қancha dasturlarni yuklashga va biridan ikkinchisiga osonlik bilan ўtishga yordam beradi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling