Qishloq qurilish bankatb tarixi. Bank strukturasi


Qishloq qurilish bank” ATB tarixi


Download 78.5 Kb.
bet3/3
Sana22.12.2022
Hajmi78.5 Kb.
#1042326
1   2   3
Bog'liq
Qishloq qurilish bank

Qishloq qurilish bank” ATB tarixi
Aksiyadorlik Tijorat Qishloq qurilish bankrespublikada ochilgan birinchi tijorat banklar qatoriga kiradi, 1990 yil 6 oktyabrda o’tkazilgan ta’sis konferensiyasida a’zolar tomonidan tasdiqlangan, 1990 yil 6 noyabrda Davlat banki tomonidan № 713 raqam ostida ro’yxatga olingan.
Quyida keltirilganlar bank ochilishida uning ta’sischilari bo’ldilar:
Meliorasiya va suv xo’jaligi Vazirligi va uning qaramog’idagi tashkilot va korxonalar;Suv xo’jaligi qurilishi Davlat Qo’mitasi va unga qarashli korxona va tashkilotlar;Me’morchilik bo’yicha ishlar Davlat Qo’mitasi;Madaniyat Vazirligi qoshidagi Madaniyat yodgorliklari boshqarmasi;«Me’mor» respublika birlashmasi;O’zbekiston Arxitektorlar Ittifoqi;Stroyimpeks tashqiqtisodiy assosiasiyasining O’rta Osiyodagi filiali;Xorijiy mamlakatlar bilan tashqiqtisodiy hamkorlikni amalga oshirish bo’yicha «Farxod» assosiasiyasi.1993 yili 17 aprelda a’zolar Umumiy Yig’ilishi qaroriga binoan bank «Turon» Ochiq Aksiyadorlik Tijorat Konsolidasiya Bankiga aylantirildi.
Iyun 2002 2002 yilning 29 iyunidan boshlab O’zR Markaziy Banki lisenziyasiga muvofiq bank o’z faoliyatini Aksiyadorlik Tijorat Qishloq qurilish bank sifatida davom ettirdi. Qishloq qurilish bank qishloq xo’jaligi rivojlanishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha Rekonstruksiya va Rivojlanish Yevropa Banki bilan hamkorlikdagi investisiya loyihasini amalga oshirmoqda. Bu loyiha 10 yilga mo’ljallangan bo’lib, 2002 yilda boshlangan va 2012 yilda tugatilishi kerak.
Aprel 2003 2003 yilda bank o’z tashqiqtisodiy faoliyatini rivojlantirish, xorijiy banklar bilan korrespondent munosabatlarni o’rnatish hamda yirik xalqaro moliya institutlari bilan aloqalar o’rnatish va bu aloqalarni rivojlantirish bilan shug’ullanadi. Buning natijasida Qishloq qurilish bank O’zbekistonda birinchi bo’lib «Bыstraya pochta» tezkor pul o’tkazish muassasi vakili hamda «Western Union» xalqaro pul o’tkazish muassasi vakiliga aylandi.
Mart 2004 Qishloq qurilish bank tashqiqtisodiy faoliyatini xalqaro moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida ham rivojlantirdi. Buning natijasida 2004 yilda bank SWIFT SCRL xalqaro tashkilotining a’zosi bo’ldi. Bu bilan bog’liq ravishda bankning mijozlar bazasi ko’payib bormoqda va diversifikasiya qilinmoqda, xalqaro operasiyalar va pul o’tkazish aylanmalari (oborotlari) hajmi ko’payib bormoqda.
Yanvar 2005 Universal bank sifatida Qishloq qurilish bank 2005 yilda aksiyalarning qo’shimcha emissiyasini o’tkazdi va davlat muassasalari hamda yirik tijorat tuzilmalarni yangi aksiyadorlar sifatida jalb qildi.
Fevral 2007 2007 yildan boshlab bank moliya bozorda O’zR Markaziy Banki lisenziyasi va Aksiyadorlar Umumiy Yig’ilishi qarori asosida Ochiq Aksiyadorlik Tijorat Qishloq qurilish bank sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Mazkur yilda Qishloq qurilish bank «Reyters» diling tizimi a’zosi, VISA International xalqaro to’lovlar tizimining assosiasiyalashgan a’zosi bo’ldi, Credit Suisse bank (Shveysariya) bilan naqd pullik xorijiy valyuta yetkazib berish bo’yicha bitim tuzdi. 2007 yildan boshlab bank pul o’tkazishning Contact deb nomlangan yangi tizimini joriy etmoqda, bu bilan Qishloq qurilish bank O’zbekiston bo’yicha pul o’tkazishlar hajmidagi o’z hissasini ko’paytirmoqda.
Avgust 2008 2008 bank faoliyati uchun ayniqsa baxayr bo’ldi. Moody’s xalqaro reyting agentligi OAKB Qishloq qurilish bankiga E+ moliyaviy barqarorlik reytingini berdi, bu reyting esa qarzni to’lashga qodirlik V3 bahosiga tengdir. Bu reyting bankning yirik kliyentlar (ular ichida ham davlat korxonalari va hukumat muassasalari, ham xususiy kompaniyalar) bilan mustahkam ishchi aloqalar, rivojlangan filiallari, daromad va operasion samaradorligi ko’rsatikichlarining yaxshilanib borishi, shuningdek aktivlar sifatining talab darajasida ekanligini hisobga oladi. Barcha reytinglar bankning barqarorligidan dalolat beradi. Bank «Money Gram» pul o’tkazish tizimini joriy etdi va O’zbekistonda birinchilar qatorida pul o’tkazishlar bozoriga «Zolotaya Korona» tizimini kiritdi, JP Morgan Chase banki (AQSh) hamda Moliya va kredit bank (Ukraina) bilan korrespondentlik munosabatlarni o’rnatdi.
2008 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Yoshlar yili deb e’lon qilindi. Bu hodisa bank kredit siyosatida o’z munosib aksini topdi. 286 yosh oila ipoteka, iste’mol va mikro kreditlar oldilar, shuningdek yosh oilalar o’z biznesini rivojlantirishi uchun kreditlarga ega bo’ldilar.
Qishloq qurilish bank mijozlari tadbirkorligini qo’llab-quvvatlash va unga yordam berish maqsadida yangi bank texnologiyalarni rivojlantiradi va joriy etadi. Bank xizmatlarini ko’rsatish jarayoniga o’zgarishlar kiritildi, masalan, 2008 yilda Internet-Banking va Sms-Banking hisob raqamlari bo’yicha masofadan xizmat ko’rsatishning yangi yanada modifikasiyalashgan tizimlari joriy etildi.
May 2009 2009 yilda bankning Ustav kapitali 2,2 mlrd. so’mga ortdi va 2010 yilning 1 yanvariga 13,0 mlrd. so’mni tashkil etdi. 2009 yilda «Promsvyazbank» OAJ (Rossiya Federasiyasi) bilan korrespondentlik munosabatlar o’rnatildi va, AQSh valyutasi, yevro va Rossiya rublida korrespondentlik hisob raqamlari ochildi. Credit Suisse (Shveysariya), Commerzbank AG (Germaniya) i HSBC Bank London Branch banklariga naqd pullik xorijiy valyutani yetkazib berish tizimi tashkil etildi.
2009 yil davomida Electron, Classic, Gold i Business kabi to’rt xil valyutali korporativ Visa karta asosida emissiya loyihasi muvaffaqqiyatli amalga oshirildi. Xususan 2009 yilning may oyida, aholi tomonidan Qishloq qurilish bankning ilk ishchi kartasidan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Mart 2010 2010 yilda Qishloq qurilish bank 5,6 mlrd. so’mga teng o’z aksiyalarining qo’shimcha emissiyasi haqida e’lon qildi, Qishloq qurilish bankning ustav kapitali ikki barobar o’sdi, bu esa potensial aksiyadorlarning bank faoliyatidan manfaatdorligi to’g’risida dalolat beradi. Bundan tashqari Qishloq qurilish bank 2010 yildan boshlab, aholiga «Unistream» va «Migom» tizimlari bo’yicha pul o’tkazish xizmatlarini amalga oshirmoqda.
2010 yilning noyabr oyida OAT Qishloq qurilish bankning moliya bozorida faoliyat ko’rsatayotganiga 20 yil to’ladi. 2011 yilning boshida Qishloq qurilish bank ustav kapitali 23,8 mlrd. so’mni tashkil etdi, uni aksiyadorlar va partnyorlari qo’llab-quvvatlamoqda, bank diversifikasiyalangan mijozlar bazasi va O’zR Vazirliklari va yirik qo’shma korxonalar kabi qator yirik korporativ mijozlarga ega. Qishloq qurilish bank dunyo bo’yicha 75 bank bilan korrespondentlik munosabatlar o’rnatdi, shuningdek ulardan 14-tasi bilan korrespondentlik hisob-kitoblarni amalga oshirmoqda. 175 ming kishi, shu jumladan omonatchilar uchun ishonchli bank hisoblanadi. O’z faoliyatini amalga oshirish davrida, aholiga bank xizmatlarini ko’rsatish maqsadida Qishloq qurilish bank 19-ta filial, 150-tadan ziyod qo’shimcha bo’linmalar ochdi hamda 17 ming turli kompaniyalar uchun ishonchli sherik bo’lib kelmoqda.
Qishloq qurilish bank quyida keltirilgan assosiasiya, jamg’arma va xalqaro tashkilotlar a’zosidir:
Aholi omonatlarini kafolatlash jamg’armasi;Respublika banklararo Valyutali birjasi;«Toshkent» respublika jamg’armaviy birjasi;O’zbekiston Respublikasining Banklar Assosiasiyasi;O’zR savdo-sanoat palatasi;SWIFT xalqaro elektron to’lovlar tizimi;VISA International xalqaro to’lovlar tizimi;«REUTERS» informasion-diling tizimi.
Oktyabr 2011 Qishloq qurilish bank Germaniyaning Commerzbank AG Frankfurt ning STP MT103 formatidagi avtomatlashtirish darajasi 95,28% gacha yetganligi uchun mukofotlandi.
Iyul 2012 Qishloq qurilish bankning 13 emissiyasi hisobiga bank kapitali 4,2 mlrd. so’mga oshib 28,0 mlrd. so’mni tashkil etdi. Xalqaro reyting agentligi “STANDART & POOR’S” Qishloq qurilish bankning reyting ko’rsatkichini «V-/S» «Barqaror» darajasida belgiladi. Bank aksiyalarining nominal bahosi oshishi hisobiga bank ustav kapitali kapitali 6,0 mlrd. so’mga oshib 34,0 mlrd. so’mni tashkil etdi.
Sentyabr 2013 Jaxon banki va Xalqaro rivojlanish assosiasiyasi ko’magida qishloq xo’jaligi korxonalarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida yangi kredit liniya hisobidan moliyalashtirish yo’lga qo’yildi. Qishloq qurilish bankning MyTuron - hisob raqamni masofadan boshqarish yangi xizmati joriy qilindi. «The Banker» moliyaviy jurnalining taqdimotiga ko’ra, Qishloq qurilish bank 2013 yilda O’zbekistondagi eng yaxshi bank deb e’tirof etildi.
Aprel 2014 Qishloq qurilish bankning 16 emissiyasi hisobiga bank kapitali 6 mlrd. so’mga oshib 46,0 mlrd. so’mni tashkil etdi. Qishloq qurilish bank The New Era Award for Technology, Innovation and Quality- Texnologiyalar, Innovasiyalar va Sifat uchun Yangi davr mukofotiga sazovor bo’ldi.
May 2015 Qishloq qurilish bankning 17 emissiyasi hisobiga bank kapitali 4,1 mlrd. so’mga oshib 50 mlrd. so’mni tashkil etdi. Milliy reyting agentligi «AXBOR – RYeYTING» Qishloq qurilish bankning reyting ko’rsatkichini «UzA» «Barqaror» darajasida belgiladi.
Iyun 2016 Qishloq qurilish bank mijozlarni biometrik identifikasiya tizimini joriy qildi. Qishloq qurilish bank “Yangi ishchi o’rinlarini yaratish bo’yicha loyihalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha” eng yaxshi bank deb e’tirof etildi.
Mart 2017 Qishloq qurilish bankning yangi «Yunusobod» filiali ochildi. Umumiy qiymati 50 mlrd. so’mlik qo’shimcha 18- emissiya qilindi va natijada bank kapitali 100 mlrd so’mdan ortiqni tashkil etdi. Umumiy qiymati 59,5 mlrd. so’mlik qo’shimcha 19-emissiya qilindi.
Fevral 2018 Qishloq qurilish bankning yangi «Mirzo-Ulug’bek» filiali Toshkent shahrida o’z faoliyatini boshladi. Qishloq qurilish bank Xitoyning Eksim banki bilan jami 85,8 mln. AQSh dollari miqdoridagi ikki tomonlama kelishuvlarni imzoladi. Milliy reyting agentligi «AXBOR – RYeYTING» Qishloq qurilish bankning reyting ko’rsatkichini «UzA» «Barqaror» darajasida belgiladi. Xalqaro reyting agentligi “STANDART & POOR’S” Qishloq qurilish bankning reyting ko’rsatkichini «B/B» «Barqaror» darajasida belgiladi. 24/7 rejimida o’ziga o’zi xizmat ko’rsatish ATMlar ishga tushirildi.
Mart 2019 Qishloq qurilish bankning yangi «Andijon» filiali ochildi va natijada filiallar soni 20 taga yetdi. Milliy reyting agentligi «AXBOR – RYeYTING» Qishloq qurilish bankning reyting ko’rsatkichini «UzA» «Barqaror» darajasida belgiladi. Xalqaro reyting agentligi “STANDART & POOR’S” . Qishloq qurilish bankning reyting ko’rsatkichini «B/B» «Barqaror» darajasida tasdiqlandi.15ta Bank xizmatlar ofislari tashkil qilindi. Umumiy qiymati 9 mlrd. so’mlik qo’shimcha 22- emissiya qilindi va natijada bank kapitali 774,7 mlrd so’mdan ortiqni tashkil etdi. Umumiy qiymati 109 mlrd. so’mlik qo’shimcha 23- emissiya qilindi va natijada bank kapitali 884,6 mlrd so’mdan ortiqni tashkil etdi. Qishloq qurilish bank Xitoyning Eksport va import banki bilan jami 65,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi ikki tomonlama kelishuvlarni imzoladi. Qishloq qurilish bank Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki bilan jami 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi ikki tomonlama kelishuvlarni imzoladi
Dekabr 2020 Jahon banki guruhiga kiruvchi Halqaro moliya korporasiyasi (IFC) bilan tarnsformasiya jarayonlari boshlandi . "Ahbor-Reyting" agentligi 2019 yil natijalariga ko’ra Qishloq qurilish bankaksiyadorlik tijorat bankiga "uzA+", istiqboli "Barqaror" prognoziga ega milliy kredit reytingini berdi. 2020 yilda yuridik shaxslar uchun mo’ljallangan 20 mlrd. so’mlik depozit sertifikatlari chiqarildi va to’liq joylashtirildi Qishloq qurilish bank faoliyatining 30 yillik yubileyi nishonlandi. “O’zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ bilan ipoteka kreditlari ajratish bo’yicha bosh kelishuv imzolandi. 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab Rossiya Federasiyasining “MIR” xalqaro to’lov kartalariga xizmat ko’rsatish yo’lga qo’ydi. Rossiyaning “Rivojlanish va tashqi iqtisodiy faoliyat banki” Davlat korporasiyasi bilan 3 ta gidroelektrostansiyani qurish va 1 ta GESni modernizasiya qilish bo’yicha umumiy qiymati 101,3 mln. yevroga teng bo’lgan 3 ta qarz shartnomasi imzolandi. “S&P Global Ratings” agentligi Qishloq qurilish bank kredit reytingini «V/B» darajasida tasdiqlab, uning istiqbolini «Barqaror» deya e’tirof etdi. 2020 yil yakuniga qadar Respublikaning barcha hududlarida 40 ta zamonaviy Bank xizmatlari ofisi ochildi. Smartfonlar orqali “Humo” va “Visa” kartalaridan to’lovlarni qabul qiluvchi yangi One Touch premium xizmati ishga tushdi. Chakana kreditlar ajratish tizimiga zamonaviy “Anderrayting” dasturi qo’shildi. “Jahon pul haftaligi” (Global Money Week) global ta’lim dasturida Qishloq qurilish bank faol ishtirok etdi.
Dekabr 2021 Xususiy tarmoqni rivojlantirish bo’yicha Islom korporasiyasi bilan “Islomiy darcha” tamoyili asosida Islom bankchiligi tizimini joriy etish bo’yicha kelishuv imzolandi. S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi Qishloq qurilish bankning kredit reytingini yana B/B darajada, istiqbolini «Barqaror» deya tasdiqladi. 2021 yilda 612 mlrd. so’mlik nominal qiymati 1700 so’m bo’lgan 360 mln dona oddiy aksiyalar chiqarildi hamda yopiq obuna orqali to’liq joylashtirildi. O’zbekistonda so’m Rossiyada rublda ishlovchi “UzCard” + “Mir” kobeydjing kartalari muomalaga chiqarildi. O’zbekiston bo’ylab klinika va sanatoriylarda fiziologik holatini yaxshilash uchun yangi “Sog’liqni saqlash” krediti ishlab chiqildi. Rossiyadan tezkor pul o’tkazmalarini amalga oshirish uchun yangi AsiaExpress tizimi bilan hamkorlik boshlandi.
Islom savdoni moliyalashtirish korporasiyasi bilan 10 mln. dollarlik yangi shartnoma imzolandi. «Ahbor-Reyting» agentligi 2020 yil natijalariga ko’ra, Qishloq qurilish bankATBga "UzA+", istiqboli "Barqaror" prognoziga ega milliy kredit reytingini berdi. 2021 yil yakuniga qadar Respublikaning barcha hududlarida 40 ga yaqin zamonaviy Bank xizmatlari ofisi ochildi. "Toshkent viloyatida Pskem GES qurilishi" loyihasi bo’yicha “VEB.RF” Davlat taraqqiyot korporasiyasi bilan umumiy qiymati 63,8 mln. yevro miqdoridagi o’ta muhim investision bitimni imzolandi. Rossiya Federasiyasining «Transkapitalbank» OAJ banki bilan 10 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasini ajratish bo’yicha o’zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Tourist.uz va Mastercard kompaniyalari bilan hamkorlikda sayyohlar uchun yangi kobrend kartalar emissiyasi boshlandi.


Xulosa
O‘zbekistonda davlat banklari ustidan nazorat tizimi shakllangan va takomillashtirib borilmoqda. Buning natijasida oxirgi yillarda mamlakatimiz bank sektori kapitalining etarlilik darajasi bank nazorati bo‘yicha Markaziy bank tomonidan 15 foiz etib belgilangan xalqaro me’yordan deyarli uch barobar ko‘p bo‘lgan darajani tashkil etmoqda. Undan tashqari jalb etilgan va qo‘yilgan mablag‘larning mutanosibligi tamoyili banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishini kuchaytirish va bu mablag‘lardan unumliroq foydalanishga qaratilgan. Bu tamoyil asosida ishlash davlat banklarni likvidligini oshirishga yordam beradi. Uchinchi tamoyil bu bankning to‘la iqtisodiy mustaqilligidir. Bu tamoyilga asosan bank o‘z va jalb etilgan mablag‘lardan mustaqil foydalanishi, mijozlar va omonatchilarni o‘zi mustaqil ravishda tanlashi, kredit siyosatini mustaqil tuzishi va amalga oshirishi, foiz stavkalarini mustaqil o‘rnatishi va o‘zgartirishi,daromadlarni mustaqil ravishda taqsimlashi va boshqa faoliyat turlarini mustaqil bajarishi mumkinligi ko‘zda tutiladi.
Bitiruv oldi amaliyotida bankning tashkil etilishi,faoliyatini,bank bo’limlarini kuzatim va amaliyot jarayonida yana bir element e’tiborimni tortdi, rivojlangan chet el banklari tajribalaridan ma’lumki bank kartalari mijozning asosiy hamyoniga aylanib ulgurgan va ularda debet karta va kredit karta tizimlari yo’lga qo’yilgan. Biz o’rgangan bankdaham bu tizimlarni yo’lga qo’yishning dastlabki bosqichlari faoliyat boshlaganligini hisobga olib asosan kredit kartalarga beriladigan pul miqdori va muddatini uzaytirish maqsadga muvofiq bo’ladi hamda mijozlarning etiborini jalb qiladi.
Download 78.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling