Qishloq qurilish bankatb tarixi. Bank strukturasi


Bankni rivojlantirish strategiyasi


Download 78.5 Kb.
bet2/3
Sana22.12.2022
Hajmi78.5 Kb.
#1042326
1   2   3
Bog'liq
Qishloq qurilish bank

Bankni rivojlantirish strategiyasi
Xalol raqobat tamoyillariga rioya qilgan tarzda moliya bozorida barqaror, ishonchli, doimiy sherik (partnyor) obro’-e’tiborni egallash va mustahkamlash, mijozlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda hamda ular uchun afzal bo’lgan shartlar asosida keng ko’lamdagi bank xizmatlarini ko’rsatish, bu bilan partnyorlar, investorlar va bankning potensial aksiyadorlarining bankga bo’lgan ishonchi va qiziqishini orttirish.
Ichki strategik rivojlanish dasturiga muvofiq, Qishloq qurilish bank o’z faoliyatining barqarorligini ta’minlaydi va asosiy e’tiborini o’z resurslarining rivojlanayotgan istiqbolli sohalarga yo’naltirish, iqtisodiyot real sektorini mablag’ bilan ta’minlashda bank ishtirokini kengaytirish, mijozlar bazasini kengaytirish va diversifikasiya qilish, raqobatli muhitni rivojlantirish va bank xizmatlarini yaxshilashga qaratadi.
MaqsadBank faoliyatini kenggaytirish, takomillashtirish va har bir mijoz talablarini qodrivuchi moliyaviy qarorlar qabul qilishni yo’lga qo’yish, yangi bank xizmatlarini joriy etish bank rivojlanishining asosiy strategik yo’nalishini tashkil etadi. Bankning investisiyalarni jalb etuvchi jihatlarini kuchaytirishni ta’minlash hamda boshqarish va texnologik jarayonlarni zamonaviylashtirish yo’li bilan moliya bozorida yuqori darajadagi mavqyeni saqlab turish.
Bankning ustuvor vazifalari quyidagicha:Mamlakatimizning barcha tuman va viloyatlarida, shu jumladan Toshkent shahrida, Qishloq qurilish bank filiallari to’rini va qo’shimcha bo’linmalarini kengaytirish;Mijozlar bazasini kengaytirish hamda undagi korporativ kliyentlar xissasini ko’paytirish;Faoliyat turlarini kengaytirish va xizmatlar sifatini yaxshilash;Tashqiqtisodiy faoliyatni kengaytirish va bankning valyutali zaxiralarini (rezerv) ko’paytirish;Mijozlar bilan bo’lgan o’zaro ta’sir tizimini takomillashtirish hisobiga bankning savdo-sotiq va daromad olish hajmini o’stirish;Aktivlarni diversifikasiya (xilma-xil) qilish;Bank texnologiyalari va savdo-sotiq alternativ yo’llarini rivojlantirish, yuksak mehnat unumdorligiga erishish;Bank xizmatlari hammabopligini rivojlantirish;Operasiyalar tannarxini kamaytirish va xodimlar shtat sonini optimizasiyasi hisobiga xarajatlar (chiqimlar) ustidan nazoratni saqlash;Daromad va bank rentabelligini ko’paytirish asosida barqaror rivojlanishni ta’minlash;Kapitalizasiya darajasini oshirish hisobiga bankning zaxira (resurs) bazasidagi o’z mablag’larini ko’paytirish.
Bank faoliyatining an’anaviy standartlariga sodiqlik, oqilona moliya siyosatini olib borish, sifatli menejment va yangi texnologiyalardan foydalanish mijozlarning bankga nisbatan ishonchini mustahkamlash va bank nufuzining ortishiga xizmat qildi. Kredit siyosatini takomillashtirish jarayonida bank kredit bilan bog’liq tavakkallarning minimal darajada bo’lishini ta’minlash va kreditlar sonini ko’paytirishga katta e’tibor qaratadi.
O’zbekiston Respublikasi hududida raqamli texnologiyalarga asoslangan zamonaviy va sifatli bank xizmatlarini ko’rsatish yo’li bilan har bir mijozning ehtiyojlarini qondirish, mamlakatimiz bank tizimining uzluksiz va barqaror faoliyat ko’rsatishiga ko’maklashish, aholi omonatlarini saqlash hamda ularni tadbirkorlik va qishloq xo’jaligiga investisiya qilish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga o’z xissasini qo’shish. 
O’z vazifalarini bajarish jarayonida bank quyidagi asosiy tamoyil va qadriyatlarga tayanadi:
Moliyaviy xavfsizlik — Qishloq qurilish banka o’z aktivlarini barqaror tarzda o’sib borishini ta’minlovchi oqilona va o’rinli bank tavakkalchiligi siyosatini amalga oshiradi.Obro’-e’tibor — Qishloq qurilish banka ishonchli va nufuzli kredit-moliya instituti obro’sini saqlashga intiladi.Individual yondashuv — bank xodimlari har bir mijoz bilan alohida ish yuritadi, uning bank xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini to’laligicha qondirish, ish yuritish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berishga harakat qiladi.Mijozlar — har bir mijozga, uning bankdagi hisobining hajmi va faoliyat doirasiga bog’liq bo’lmagan tarzda, bank xodimlari yuqori sifatli bank xizmatlarini ko’rsatadilar.Bank jamoasi — Qishloq qurilish banka o’z xodimlarini qadrlaydi va ularda tashabbuskorlik, mas’uliyat va ishchanlik kabi qobiliyatlarining namoyon bo’lishiga shart-sharoitlar yaratadi.

Download 78.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling