Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini va moliyaviy natijalarni boshqarish


Qishloq xo`jaligi mahsulotlarining tannarxini hisoblash tartibi


Download 22.79 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi22.79 Kb.
#1515292
1   2   3
Bog'liq
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini va moliyaviy natijalarni boshqarish

Qishloq xo`jaligi mahsulotlarining tannarxini hisoblash tartibi
Qishloq xo`jaligi mahsulotlari tannarxi mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan resurslarning xarajatini (miqdorini) joriy narxlarda hisoblash asosida aniqlanadi. Qishloq xo`jaligida mahsulotlar tannarxini aniqlashda xarajatlarni ma`lum guruhlarga bo`lish zaruriyatibor va undan foydalinadi. Xarajatlarni guruhlarga bo`lish mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi deb ataladi. Kalkulyatsiya – qilinayotgan xarajatlarni guruhlarga, xarajat moddalariga bo`lishdir. Qishlaq xo`jaligida mahsulot tannarxiga quydagi xarajatlar kiradi.





Xarajat moddalari

O`simlikchilikda

Chorvachilikda

1.

Ish haqi qo`shimchalari bilan

Q

Q

2.

Urug`lik

Q

-

3.

Yem-xashak

-

Q

4.

Yoqilg`i-moylash materiallari

Q

Q

5.

O`g`it

Q

-

6.

Zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash vositalari

Q

Q

7.

Asosiy ishlab chiqarish vositalarini saqlash

Q

Q

8.

Ish va xizmatlar

Q

Q

3-chizma. Qishloq xo`jaligida mahsulotlar tannarxini belgilovchi xarajatlar turlari


Tannaxning tarkibini yillar davomida tahlil qilib o`rganish iqtisodchilarga, xo`jalik rahbarlariga mavjud kamchilik va foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ko`rsatadi. Mahsulot tannarxiga kirgan xarajatlar tarkibi, miqdori va iqtisodiy mohiyati jihatidan bir – biridan farq qiladi. Shuning uchun ularni xarajat moddalariga to`g`ri bo`lish katta ahamiyat kasb etadi.


Ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab xarajatlar to`g`ri yoki bevosita hamda egri yoki bilvosita xarajatlarga bo`linadi. Bevosita xarajatlar mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashadi va tannaxga to`g`ridan – to`g`ri kiradi. Bularga o`g`itlar, urug`liklar, yem – xashak, shu mahsulotni ishlab chiqarishda ishtirok etkanlarning shi haqi va boshqalar kiradi. Lekin qishloq xo`jaligining o`ziga xosligi shundaki, unda bir xodim yoki bir texnika vositasi bir yilda bir nechta mahsulot ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Ularning xarajatlariana shu mahsulotlar o`rtasida taqsimlash ma`lum qiyinchiliklar tug`diradi. Ayniqsa, korxonani boshqarish bilan bog`liq xarajatlar bu borada alohida metodikani talab qiladi. Bu xarajatlar bir mahsulotturiga to`g`ridan – to`g`ri kirmaganligi sababli ularni bilvosita yoki egri xarajatlar deb yuritiladi.
Qishloq xo`jaligida barcha xarajatlar 1 gektar yoki bir bosh chorva hayvonigahisoblanadi. Bir gektar yerdan olingan mahsulot miqtoriga shu bir gektar yerga ketgan xarajatlar g`miqtori uni shu chorva molidan olingan mahsulotga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi. Bu bir qarashda ancha tushinarliga o`xshaydi. Aslida esa bunda o`ziga xos qiyinchiliklar mavjud. Gap shundaki, qishloq xo`jaligida bir ishlab chiqarish jarayonida asosiy, qo`shimcha va yondash mahsulotlar olinadi. Olingan buzoq qo`shimcha mahsulot hisoblanadi. Shu sigirdan 5 – 6 tonna miqdorida organik o`g`it – go`ng olinadi. Bu mahsulot yondash mahsulot hisoblanadi. Barcha xarajatlar bir bosh sigirga qilingan. YA`ni, sigir boqilgan va natijada 3 xil mahsulot olingan. Biz sutga, buzoqqa va go`ngga alohida xarajat qilgan emasmiz. Bunday holda mahsulot birligining tannarxini hisoblash o`ziga xos murakkablikni keltirib chiqaradi.
O`simlikchilikda esa barcha xarajatlar bir gektarga qilinadi. Masalan, bir gektar yerga don ekdik. Yerni tayyorladik, urug`lik sarfladik, o`g`it berdik, sug`ordik va hosilni yig`ishtirib oldik. Donchilikda asosiy mahsulot don olindi. Qo`shimcha mahsulot-don chiqindisi va yondash mahsulot – samon olindi. Ana shu mahsulotlarga xarajatlarni taqsimlash zarurati kelib chiqadi. Bunday hollarda bir necha usul bilan mahsulotlar tannarxi aniqlanadi.
Birinchi usul qo`shimcha va yondash mahsulot ilmiy asoslangan ma`lum koeffitsiyentlar orqali asosiy mahsulotga aylantirib olinadi. Natijada xarajatlar mahsulot hajmiga taqsimlanadi va bir birlik mahsulot tannarxi aniqlanadi. Keyin yana koeffitsiyentlar yordamida qo`shimcha va yondash mahsulot tannarxi aniqlanadi. Ikkinchi usulda mahsulotlarning narxi asosida qilingan xarajatlar taqsimlanadi. Uchinchi usulda yondash mahsulotning qiymati aniqlanadi va qilingan xarajatlardan chiqarib tashlanadi. Qolgan xarajatlar asosiy va qo`shimcha mahsulotlarga taqsimlanadi.

Download 22.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling