Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini va moliyaviy natijalarni boshqarish
Download 22.79 Kb.
|
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini va moliyaviy natijalarni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tannarx ” tushinchasi, uning moxiyati
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini va moliyaviy natijalarni boshqarish Reja: 1. “Tannarx ” tushinchasi, uning moxiyati. 2. Qishloq xo`jaligi mahsulotlarining tannarxini hisoblash tartibi. 3. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari tannarxini pasaytirish yo`llari “Tannarx ” tushinchasi, uning moxiyati Har qanday ishlab chiqarish ma`lum xarajatlar bo`lishini talab qiladi. Boshqacha aytganda, biror bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun resurslar sarf qilinadi. Jumladan, kishilar mehnat qiladi va o`z kuchini sarflaydi. Ularning qilgan mehnati uchun xaq to`lanadi. Mehnat uchun to`langan haq va uning qo`shimchalari ishlab chiqarish uchun xarajat hisoblanadi. Qishloq xo`jaligida mahsulot ishlab chiqarish uchun urug`lik, yoqilgi – moylash materallari, o`g`itlar, yem-xashak, ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog`liq xarajatlar va boshqa materiallar sarflanadi. Ular ham ma`lum bahoga (qiymatga) ega. Ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalar ishtirok etadi. Asosiy vositalar jismonan eskiradi. Bu eskirishning miqdori amortizatsiya ajratmasi yordamida aniqlanadi. Amotrtizatsiya xarajatlari ham mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari hisoblanadi. Bu tushinchadan “mahsulot tannarxi” tushinchasi kelib chiqadi. Mahsulot tannarxi deganda mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning puldagi ifodasi tushuniladi. Mahsulot tannarxi shu mahsulot qiymatining bir qismi hisoblanadi. Mahsulot qiymati bilan tannarxi o`rtasidagi farq umumiy holda foydani ifodalaydi. Iqtisodiy fan tannarxning ikki turini bir-biridan farqlaydi. Birinchisi, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxidir. Bu mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir. Ikkinchisi, mahsulot birligining to`liq tannarxi. Mahsulot birligining to`liq tannarxi uni ishlab chiqarish va sotish bilan bog`liq xarajatlarning puldagi ifodasidir. Xo`jaliklar doirasida reja va hisobot tannarxi ham hisoblanadi. Reja tannarxi me`yor asosidagi xarajatlar bo`yicha hisoblanadi va olinishi kutilayotgan mahsulot miqdori asosida belgilanadi. Hisobot tannarxi esa xaqiqatdan qilingan xarajatlar va haqiqatda olingan mahsulot asosida aniqlanadi. Mahsulot tannarxi umumlashtiruvchi ko`rsatkichlardan biri hisoblanadi. Unda mehnatning unumdorligi, ishlab chiqarishning ixtisoslashganlik va intensivlashganlik darajasi, tejamkorlik, ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashganlik darajasi, texnikalardan va fan yutiqlaridan qay darajada foydalanilayotganligi ifodalanadi. Mahsulot tannarxining darajasi korxonaning, ishlab chiqarishning kelajagini belgilaydi. Agarda mahsulot birligi tannarxi shu mahsulot bozoridagi narxdan baland bo`lsa, bu mahsulotni ishlab chiqarish zarar keltiradi. Bu esa, o`z qonuniyati asosida shu mahsulotning tannarxini belgilaydi. YA`ni uni ishlab chiqarayotgan korxonada aynan shu mahsulot asosiy mahsulot hisoblansa, korxona bankrot holatiga tushib qoladi. Agarda, mahsulot tannarxi shu mahsulot bozorida shakllangan narxdan past bo`lsa, uni ishlab chiqaruvchi foyda oladi. Bu esa, ushbu mahsulotni ishlab chiqarish bozor iqtisodiyoti talabiga javob beradi, degan so`z. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir ishlab chiqarish, xizmat turi, korxona foyda olgan taqdirdagina o`z foliyatini davom ettirishi mumkin. Individual va tarmoq tannarxi ham mavjud. Individual tannarx – bir mahsulotning bir karxona miqiyosida shakllangan tannarxidir. Tarmoq tannarxi esa, alohida ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari tannarxi asosida o`rtacha hisoblangan ko`rsatkichdir. Download 22.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling