Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini va moliyaviy natijalarni boshqarish
Qishloq xo`jaligi mahsulotlari tannarxini pasaytirish
Download 22.79 Kb.
|
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini va moliyaviy natijalarni boshqarish
Qishloq xo`jaligi mahsulotlari tannarxini pasaytirish
yo`llari Qishloq xo`jaligida mahsulot birligining tannarxini pasaytirish eng zarur masalalardan biridir. Mahsulot birligi tannarxinikamaytirish resurslar cheklangan sharoitda katta amaliy ag`amiyat kasb etadi. Mahsulot tannarxi to`g`ridan – to`g`ri ikki omilga bog`liq. Birinchidan, yetishtirilayotgan mahsulotning miqdoriga bog`liq. Yetishtirilayotgan mahsulot miqdorining oshishiga nimalar ijobiy ta`sir etsa, ular ustida ishlash lozim. Bularga dehqonchilikda quyidagilar kiradi: yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv resurslaridan samarali foydalanish. Bu, o`z navbatida,hosildorlikning o`sishiga olib keladi; regionlar sharoitiga mos bo`lgan, ilmiy asoslanganqishloq xo`jaligi yuritish tizimini joriy etish; almashlab ekishni to`g`ri joriy qilish, talab va imkoniyatdan kelib chiqqan holda ekin turlarini joylashtirishniratsional tashkil etish; urug`chilikni yaxshilash, seleksiya ishlarini jonlantirish; mineral va organik o`g`itlardan foydalanishni ilmiy asosga qo`yish, barcha kimyoviy vositalardan samarali foydalanish; ishchi xodimlarning manfaatdorligini oshirish. Dehqonchilik tarmoqlarida mahsulotlar tannarxining past bo`lishiga xarajatlarni tejash ham katta ta`sir ko`rsatadi. Bu boradagi omillarga quydagilarkiradi: ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish; ekinlarni parvarishlashda intensiv texnologiyalarni qo`llash; ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish; ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va joylashtirish; ishchi xodimlarning manfaatdorligini oshirish; agrosanoat integratsiyasini chuqurlashtirish, agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarning mutanosib rivojlantirilishi; boshqaruv tizimini rivojlantirish hisobiga u bilan bog`liq xarajatlarni tejash; qishloq joylarda ijtimoiy rivojlanishni ta`minlash. chorvachilik tarmog`ida mahsulot birligi tannarxiningpasayishiga quyidagi omillar ta`sir qiladi: chorvachilikning yem – xashak bazasini mustahkamlash, yem – xashakning sifatini oo`irish va nisbatan arzon bo`lio`ini ta`minlash; chorva mollarining zotini, poda tarkibini yaxshilash; chorva mollarini saqlash, boqshning intensiv texnologiyalaridan foydalanish; chorvachilik mahsulotlari sifatini oshirish; chorvachilikda ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; fondlardan foydalanishning eng optimal yo`llaridan foydalanish; ishlab chiqarish quyuqlashuvi va ixtisoslashuvining eng maqul hajmlarini tashkil etish; ishchi xodimlarning manfaatdorligini oshirish; qishloqda ijtimoiy masalalarning yechimini topish; barcha xarajatlarnitejamkorlik bilan amalga oshirish, bu borada mavjud texnologiyalardan, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllaridan samarali foydalanish; mahsulot nobudgarchiligiga yo`l qo`ymaslik. Ushbu omillarning barchasiga katta e`tibor berish zarurati mavjud. Albatta, bu masalalarni to`g`ri hal etish ishchi xodimlarning nafoqat manfaatdorligiga, balki bilim va tajribalariga ham bog`liq. Shu sababli qishloq xo`jaligida mehnat qilayotganlarning bilim va tajribasini tinmasdan oshirib borishni ta`minlash kerak. Foydalanilgan adabiyotlar: O`zbekiston Respublikasining «Fermer xo`jaligi to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 19b. O`zbekiston Respublikasining «Dehqon xo`jaligi to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 16b. O`zbekiston Respublikasining «Davlat Yer fondining kadastri to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 13b. O`zbekiston qishloq xo`jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga oid qonun, hukumat qarorlari va me`yoriy hujjatlar to`plami. _ T.: «O`zbekistonqituvchi», 1998. - 231 b. “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada ekinlashtirish sohasidagi ustivor yo`nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 15 iyun 2005 yil. “Tadbirkorik subyektlarini huquqiy himoya qilish tiziini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 16 iyun 2005 yil. “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 15 iyun 2005 yil. “Mikrofirmalar va kichik korxonalani rivojlantirishni rag`batlantiish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 20 iyun 2005 yil. www.ziyonet.uz Download 22.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling