Qishloq xo‘jaligi va landshaft kartalarini yaratishda gat dasturlarini qo‘llash texnologiyasini takomillashtirish
Download 324.3 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqqishloq-xo-jaligi-va-landshaft-kartalarini-yaratishda-gat-dasturlarini-qo-llash-texnologiyasini-takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Qishloq xo‘jaligi va landshaft kartalarini yaratishda GAT dasturlarini qo‘llash texnologiyasini takomillashtirish Ulug‘bek Abdukarimovich Karabekov ulubek.karabekov.88@mail.ru Jizzax politexnika instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi yerlari uchun mavjud bo‘lgan bir qator asosiy topografik va mavzuli kartalar bir necha o‘n yil oldin chop etilgan bo’lib, ulardagi ma’lumotlar eskirib ketgan va o‘z ma’nosini yo‘qotgan. Yangi zamon talablariga mos kadastr kartalarini yaratishda biz distansion zondlash ma’lumotlari asosida shakllantirilgan ma’lumotlardan foydalanishimiz zarur. Yangi tuzilgan elektron va raqamli kartalarning afzalliklari shundaki, kartani tuzish jarayonida qo‘yilgan ayrim xatoliklarni tuzatish xech qanday muammoni keltirmaydi va ko‘p vaqt talab etmaydi. Kalit so‘zlar: Fotogrammetriya, distansion zondlash, raqamli kartalar,qishloq xo‘jaligi kartalari. Improving the technology of using GAT programs in the creation of agricultural and landscape maps Ulugbek Abdukarimovich Karabekov ulubek.karabekov.88@mail.ru Jizzakh Polytechnic Institute Abstract: The article, a number of the main topographic and thematic maps available for agricultural land were published decades ago, and the information in them is outdated and has lost its significance. When creating cadastral maps in accordance with modern requirements, we need to use data generated on the basis of remote sensing data. The advantage of newly created electronic and digital maps is that the correction of some mistakes made during the map creation process does not cause any problems and does not take much time. Keywords: Photogrammetry, remote sensing, digital maps, agricultural maps. Xozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda GAT dasturlari orqali erlarni monitoringini amalga oshirish keng qo‘llanilmoqda. Respublikamizda qishloq xo‘jaligi va landshaft kartalarini yaratishni takomillashtirish lozim. Vaxolanki xozirda qishloq xo‘jaligi va landshaft kartalarini yaratish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 163 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi PF-5065-sonli farmonining 2-bandiga asosan soxada uchuvchisiz apparatlardan foydalangan xolda qishloq xo‘jaligi yerlarini, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilish, geodezik ma’lumotlar va kartografik materiallaridan foydalangan xolda sun’iy yo’ldosh navigatsiya tizimi ishlashini ta’minlash [1]. Bugungi kundagi mavjud qishloq xo‘jaligi yerlari elektron axborot tizimi orqali ma’lumotlar olish talabga javob bermaydi. Zamonaviy va tezkor yer hisobini yuritish usuli bu GAT dasturlari yordamida joylarning taxlilini olib borish hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo‘lgan bir qator asosiy topografik va mavzuli kartalar bir necha o‘n yil oldin chop etilgan bulib, ulardagi ma’lumotlar eskirib ketgan va o‘z ma’nosini yo‘qotgan. Yangi zamon talablariga mos kadastr kartalarini yaratishda biz distansion zondlash ma’lumotlari asosida shakllantirilgan ma’lumotlardan foydalandik. Yangi tuzilgan elektron va raqamli kartalarning afzalliklari shundaki, kartani tuzish jarayonida qo‘yilgan ayrim xatoliklarni tuzatish xech qanday muammoni keltirmaydi va ko’p vaqt talab etmaydi. Hozirgi yaratilgan GAT texnologiyalarining versiyalari avvalgilarini to‘la qamrab olgan va bir muncha takomillashgan. Bu esa avvalgi elektron versiyalarida tuzilgan raqamli kartalardan samarali foydalanish imkonini beradi. Respublikamizning qishloq xo‘jaligi yerlari tadqiqot ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. Qishloq xo‘jalik xaritalarni tuzishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali mavzuli qishloq xo‘jalik xaritalar yaratish. 1-rasm. Dronlar yordamida qisloq xo’jaligi yerlarini aerosuratga olish. Olingan natijalar bo‘yicha GAT texnologiyalarida elektron raqamli xaritalar tuziladi. Ularni amalga oshirishda quyidagi ishlarni ketma-ket bajarish lozim bo‘ladi. 1. Tayyorgarlik ishlari; 2. Yaratilayotgan xaritaning mavzuli qatlamlarini va ularga tegishli jadvallarni tuzish, ularni taxlil qilish. Ma’lumotlar bazasini tuzish; 3. Ob’ektlar tasnifi mavjud jadval (atributlar) va matn ma’lumotlarni kompyuter "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 164 xotirasiga kiritish; 4. SHartli belgilar tizimini ishlab chiqish; 5. Xaritaning mavzuli qatlamlarini joylashtirish, kartografik tasvirni xosil qilish va ularni taxrir qilish; 6. Xaritaning komponovkasini ishlab chiqish va uni nashrga tayyorlash; 7. Xaritani nashr qilish [2]. Geografik axborot tizimi fazoviy ma’lumotlar bazasini rastrli va vektorli grafik muxarrirlarni va fazoviy ma’lumotlarni taxlil qilish uchun turli xil vositalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ular kartografiya, geologiya, meteorologiya, er tuzish, ekologiya, shaxar ma’muriyati, transport, iqtisodiyot, mudofaa va boshqa ko‘plab soxalarda qo‘llaniladi. Geoinformatika tomonidan geoinformatsion tizimlarni loyixalash, yaratish va ulardan foydalanishning ilmiy, texnik, texnologik va amaliy jixatlari o‘rganilmoqda [3]. Bugungi kunda yurtimizda xar bir soxada zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan xolda yangicha uslublarni ishlab chiqish, qilinadigan ishlarning sifatini yaxshilash va vaqtdan unumli foydalanish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali kartografiyani rivojlanishiga ulkan xissa qo‘shmoqda. Yuqoridagi usullardan foydalanib elektron raqamli xaritalar yaratish ishlari olib borilmoqda. Karta yoki atlasning programmasi (dasturi) loyixalashning negizidir. Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi: karta tuziladigan xududning nomi, kimlar uchun mo‘ljallanganligi, kartografik turi, tipi, karta va atlaslarning mavzulari, matematik asosi, kartalar mazmuni, generalizatsiya prinsiplari, tasvirlash usullari va shakllari, statistik va kartografik manbalar, ulardan foydalanish tartibi xamda karta yoki atlasni tayyorlash texnologiyasi. Kartalar yaratishda shartli belgilarni tanlash va joyida ishlata bilish kerak. Shartli belgilar oddiy shaklda, mazmunga loyiq tanlanishi zarur, shu bilan birga xozirgi zamon texnologiyasiga mos bo‘lishi kerak. Karta tuzishda legendaning axamiyati kattadir, shuning uchun xam legenda kartaning kaliti deb xam yuritiladi. Chunki, u karta mazmunini ochib beradi. Kartani o‘qishdan ilgari uning legendasi bilan tanishiladi. Legenda ishlab chiqishda shartli belgilar karta mazmuniga mos bo‘libgina qolmasdan, mantiq jixatdan xam to‘liq, sodda, o‘qilishi oson va qisqa bo‘lishi zarur. Biz elektron raqamli xaritalar tuzishda keng tarqalgan GAT ning universal tizimida bulgan ArcGIS dasturidan foydalanib, kishlok xujalik xaritalarni tuzishda olib borilgan jarayon bilan tanishib chikildi. ArcGIS dasturidan foydalanib, qishloq xo‘jalik xaritalarni tuzishda uning masshtabi, unda qancha xudud aks ettirilishi, qaysi elementlar asosiy va qaysilari "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 165 ikkinchi darajali, jarayonlarni ko’rsatishda qaysi materiallar asosida bajarilishi, xududning xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim bo‘ladi [4]. Karta dasturini ishlab chiqish uchun asos bulib kartani tuzish uchun olingan buyurtma xisoblanadi. Unda karta nomi (mavzusi), masshtabi, maqsadi, kartaga olinayotgan xudud ko‘rsatiladi. Tematik mazmundagi shartli belgilarni ishlab chiqarishda, mavzu bo‘yicha ob’ektlar va komplekslarining xususiyatlari e’tiborga olinadi [5]. Ularni kartalarda tasvirlash jarayonida, asosan, kartografik tasvirlash usullari xamda shartli belgilardan foydalaniladi [6]. Ko’pgina ob’ektlarni kartaning masshtabi tufayli aks ettirib bulmaydi. Tabiiy mazmundagi ba’zi elementlarni ko’rsatishda kartografik tasvirlash usullari - chiziqli belgilar ishlatilgan. Bunday usul bilan maydonli ob’ektlarning chegaralarini ko’rsatiladi. Atribut ma’lumotlar qator va ustunlardan tashkil topgan bo’lib, ular maxsus jadvallar shaklida ifodalanadi. Ob’ektlarning atribut jadvallari xar bir nuqta, yoy yoki maydon xaqidagi ma’lumotni saqlaydigan maxsus fayli xisoblanadi [7]. GATlarni yaratishda xar doim asosiy e’tibor geografik asosni va bazaviy xaritani to‘g‘ri tanlashga kartiladi, u GATga kelib tushadigan barcha ma’lumotlarni bog‘lash, qo‘shish va koordinatalash, informatsion qatlamlarni o‘zaro muvofiqlash va shundan so‘ng overleyni qo‘llab taxlil qilish uchun karkas (sinch, kobirga) bulib xizmat qiladi. GATni tematikasi (mavzuyi) va muammoli orientatsiyasidan kelib chikib, bazaviy asos sifatida quyidagilar tanlanishi mumkin: • ma’muriy-xududiy bo‘linish xaritalari; • topografik va umumgeografik xaritalar; • kadastr planlari va xaritalari; • joyni fotoxaritalari va fotoportretlari; • landshaft xaritalari; • tabiiy rayonlashtirish xaritalari va tabiiy konturlar sxemalari; • qishloq xo‘jaligi yerlardan foydalanish xaritalari. Elektron raqamli qishloq xo’jaligi xaritalarida foydalashishda qishloq xo‘jaligi turlari bo’yicha taqqoslash imkoniyati mavjud. Misol uchun, tuproq va o‘simlik xaritalarini taqqoslaganda ularni turi bir biriga mos kelgani maqsadga muvofiqdir, chunki umumlashtirish va toifalarni birlashtirish natijasida chegaralar sezilarli darajada o‘zgaradi. Har xil darajadagi toifalarni bir biri bilan solishtirganda albatta shuni e’tiborga olish lozim. Maydon ichidagi atributlar doimiy miqdorda bo‘lsa, ushbu maydon bir yaxlit qilib saqlanadi. Sifatli rang yoki miqdorli rang usulida tuzilgan xaritadan maydon to’g‘risida ma’lumotlarni olib ularni kompyuter xotirasiga kiritish va mavjud chegaralarni aniqlash qulaydir [8]. Xulosa. Mavzuli kartalarni yaratishning bu usullarida ish jarayonini "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 February 2022 / Volume 3 Issue 2 www.openscience.uz 166 jadallashtirish bilan bir qatorda ish sifatini oshiradi. GAT texnologiyalari negizida tuzilgan kartalarni zarur bo‘lganda nashr qilinadi zarurat bo‘lmasa elektron ko‘rinishda foydalanishga topshiriladi. Download 324.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling