Qishloq xo’jaligi vazirligi


Muammoning o‘rganilganlik darajasi


Download 46.76 Kb.
bet2/5
Sana25.01.2023
Hajmi46.76 Kb.
#1122964
1   2   3   4   5
Bog'liq
farxod (1)

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Respublikamizda hozirgi kunda tut ipak qurti ozuqa bazasi bo‘lgan tut plantatsiyalari qarib 53,0 ming gektarni tashkil qilmoqda. Mavzuda ob’ekti sifatida tanlab olingan kichik innovatsion qurtxonalar tut plantatsiyalari yonidan tashkil etiladi. Bu borada pillachiligi rivojlangan Xitoy, Hindiston, Koreya va Tayland mamlakatlarda iqlimning mutadilligi tufayli tut ipak qurtini boqish jarayoni tashqi muhitda polietilendan tayyorlangan qurtxonalarda ham amalga oshirilgan va bu borada bir qator ilmiy natijalarga erishgan.
Mamlakatimizda esa bu borada ilk bor ilmiy tadqiqot olib borilmoqda. Kichik innovatsion qurtxonalarni ko‘p yillar davomida qurt boqishda qo‘llanishini inobatga olib, tadqiqotlarda intensiv qurt boqish texnologiyasi ishlab chiqiladi.
Tadqiqotni maqsadi: Fermer xo’jaliklarida maxsus ko’chma qurtxonalarni tashkil qilish va ularda tut ipak qurtini boqishda intensiv texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
- kichik innovatsion qurxonalarni ipak qurtining miqdori (quti soni) bo’yicha xajimlarni belgilash;
-ko’chma qurxonalarda tut ipak qurtini boqishning intensiv agrotexnologiyalarni ishlab chiqarish;
- kichik ko’chma qurtxonalarda qurt boqish hajmini ikki barobarga oshirish;
- yangi intensiv qurt boqish agrotexnologiyasini yaratish asosida 1 qutidan oiliadigan pilla xosildorligi, navdorligi va texnologik ko’rsatkichlarini aniqlash;
- tut ipak qurtini boqishda aholi xonadonlaridan basqichma - bosqich chiqarish tizminini ishlab chiqish;
Tadqiqotning ob'ekti: Tut ipak qurtining mahaliy va xorijiy duragaylari tadqiqot sifatida tanlangan.
Tadqiqotning predmeti. Ko’chma qurtxonada xarorat va namlikni meyorda ushlab turushda zamonaviy issiq va namlikni ham o’tkazmaydigan metaplastik anjomlaridan quriladi. Ko’chma qurtxonani istalgan joyda o’rnatish mumkin.
Tadqiqot usullari. Dissertatsiyada marfologik, biologik, texnologik ishlab chiqarish va statistik tahlil usullaridan hamda “ Tut ipak qurtini boqishda intensiv texnologiya” usullardan foydalanildi.

Download 46.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling