Qishloq xo’jaligida infratuzilma rivojlantirishning zaruriyati va ahamiyati


Qishloq xo’jaligida infratuzilmaning turlari va ularning tashkil etilishi


Download 35.53 Kb.
bet2/4
Sana23.03.2023
Hajmi35.53 Kb.
#1289237
1   2   3   4
Bog'liq
Qishloq xo’jaligida infratuzilma rivojlantirishning zaruriyati va ahamiyati

1-rasm. Qishloq xo’jaligi infratuzilmasining turkumlanishi.


2. Qishloq xo’jaligida infratuzilmaning turlari va ularning tashkil etilishi.


Qishloq xo’jaligi infratuzilmasi – tarmoqdagi korxonalarning samarali faoliyatini ta’minlash, qishloq xo’jaligining pirovard mahsulotini ko’paytirish va sifatini yaxshilashga yo’naltirilgan sohalar majmuidir. Qishloq xo’jalik korxonalarining faoliyatida infratuzilma sohalari, jumladan elektr energiyasi ta’minoti, transport xizmati, aloqa xizmati, mahsulotni saqlash joylari, ta’mirlash va texnik xizmat, moddiy-texnika ta’minoti tashkilotlari, muhandislik, zooveterinariya, agrokimyo xizmati, mahsulotlarni iste’molchiga yetkazib berishni ta’minlaydigan tashkilotlar va boshqa shu kabilarning rivojlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir darajasiga ko’ra qishloq xo’jaligi infratuzilmasi ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmalaridan tashkil topadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi. Qishloq xo’jaligining ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkibiga bevosita qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar kiradi: ishlab chiqarishga yo’naltirilgan transport, yo’l xo’jaligi, ta’mirlash ustaxonalari, ombor xo’jaliklari, kommunikatsiya tizimi va telegraf, aloqa, elektroenergiya uzatish liniyalari, texnik xizmat stansiyalari, ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalari, o’simliklar muhofazasi, veterinariya xizmati va boshqa shu kabi xizmatlar ko’rsatuvchilar kiradi (2-rasm).

2-rasm. Ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibi
Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga ko’pgina omillar ta’sir etadi. Ularning ichida tuproq-iqlim sharoiti, hudud relyefi, suv bilan ta’minlanishi, yo’llar holati, korxonaning joylashishi, ishlab chiqarish obyektlarining joylashishi, qo’llanilayotgan texnologiyalar, ishlab chiqarish ixtisoslashishi va konsentratsiyalashish darajasiga alohida e’tibor beriladi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish infratuzilmasini tashkil etishda agrosanoat majmuasining ham o’rni katta. Chunki agrosanoat majmuasining uchinchi bo’g’iniga qishloq xo’jaligiga turli xizmatlarni ko’rsatuvchi sohalar kirsa, to’rtinchi bo’g’iniga esa qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash, tayyorlash va qayta ishlash bilan shug’ullanuvchilar kiradi. Demak, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishda agrosanoat majmuasi faoliyatini takomillashtirish va unga kirivchi sohalar korxonalari bilan qishloq xo’jalik korxonalarining aloqalarini mustahkamlash ham muhim ahamiyatga ega.
Qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarish infratuzilmasi sohalarining ayrimlari davlat tasarrufida qolgan bo’lib, bular qatoriga elektr uzatish, yo’l xo’jaligi, aloqa va boshqa shu kabi tarmoqlar kiradi. Bu tarmoqlar rivojlangan davlatlardagi kabi davlat tasarrufida bo’lib qolishi maqsadga muvofiqdir. Chunki bozor munosabatlari sharoitida mazkur tarmoqlarda faoliyat yurituvchi yirik korxonalar soni kam bo’ladi va ular xususiylashtirilsa, yirik monopolistlar paydo bo’lishi mumkin.
Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatida ishlab chiqarish infratuzilmasining bir turi bo’lgan aloqa xizmatining o’rni va ahamiyati juda muhimdir. Chunki, qishloq xo’jalik korxonalarida operativ hisobni yuritishda aloqa xizmati muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda xo’jalikning ichki tizimida bo’layotgan barcha jarayonlardan operativ hisob orqali xabardor bo’lib turish hamda yuzaga kelgan muammolarni o’z vaqtida hal etish imkoni yaratiladi. Bundan tashqari, yetishtirilgan mahsulotlarni sotishda bozor konyunkturasini o’rganish va baholarning o’zgarib turishidan xabardor bo’lish jarayonida ham aloqa xizmati zarur bo’ladi. Aloqa tizimining eng zamonaviy uskunalaridan foydalanish qishloq xo’jalik korxonasida ishlab chiqarish jarayonini to’g’ri tashkil etish va xarajatlarni tejashga ko’maklashadi.

Download 35.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling