Qishloq xo'jaligida mehnat raotivatsiyasi va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish
Download 19.05 Kb.
|
Qishloq xo
Qishloq xo'jaligida mehnat raotivatsiyasi va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish Umuminsoniy nuqtayi nazardan mehnatni motivatsiyalash mexanizmi bu insonni uning mehnat faoliyati natijasida о ‘zining o ‘sib borayotgan moddiy va m a ’naviy ehtiyojlarini qondirishga undovchi, jismoniy, aqliy va та ’naviy-ruhiy xatti-harakatlarini faollashtirishga yo ‘naltirgan tadbirlar majmuidir. Insonlaming mehnatga faol, foydali va yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan mehnat faoliyatiga intilishlarini, qaysidir ma’noda, qonuniy ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ruhiy hodisa deb ta’kidlash mumkin. Ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanishining har bir muayyan tarixiy davrida, insonga, uni ko‘proq yoki kamroq darajada faol, unumli va samaraii mehnat qilishga undaydigan iqtisodiy va siyosiy qoidalar tizimi, ijtimoiy, ishlab chiqarish va boshqalar o'z ta’sirini o'tkazadi. Oxir oqibatda, aynan jamiyatning rivojlanishini, turli xil tovar va resurslarni jamg'arilishini ta’minlaydi. Mehnat motivatsiyasi omillarini ulaming butun ishlab chiqarishga ta’siri darajasi bo'yicha ham gumhlarga bo'lish mumkin. Birinchi navbatda, bu faollashtiruvchi omillar — mehnat afzalliklari va obro'si, tabiatga yaqinligi, kasbiy bilimlar va malaka, tashabbuskorlik, epchillik va mas’uliyat, xo'jalik yuritish shakli; yuqori sohq va kredit stavkalari foizlari, narxlar dispariteti; moddiy-texnik resurslaming past texnik va sifat darajasi; mehnat jarayonlari mexanizat-siyasining past darajasi; moliyaviy vositalar yo'qligi va boshqalar. M ehnat motivatsiyasi omillarini quyidagi guruhlarga birlashtirish mumkin; • texnologik, ishlab chiqarish texnologiyasi, mehnat sharoitlarini boshqarish jarayonidagi ishtirok darajasini tavsiflovchilar; • ishlab chiqarishning o'sishi xarajatlarining minimumga olib kelinishi, ekologiyaning saqlanishi va boshqalarga moddiy manfaat hamda mas’uliyat olib keluvchilar; • ijtimoiy, shu jumladan, mhiy ijtimoiy ehtiyojlarning qoniq- tirilishi darajasi, mehnatning jarayoniga, mehnatning aharniyati va obro'siga qiziqishi, ma’naviy qoniqish, haq to'lashning adolatliligi, mustaqillik ijodning mumkinligi, ishlab chiqarish faoliyatining muvaf- faqiyati, atrofdagilarning ijobiy bahosini tavsiflovchilar. Qishloq xo'jaligi xodimlari mehnati samarali motivatsiyasining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi quyidagi asosiy shartlarda amalga oshirilishi va iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv ham da ijtimoiy tadbirlar tizimini oqilona ishlatilishini nazarda tutishi lozim: 1. Agrar sohada mehnat motivatsiyasi bozor modelini amalga oshirilishining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini uchta o‘zaro bog‘langan bloklar, shartlar, omillar guruhlarini majmuaviy biriktirish va ishlatish- ning obyektiv zaruriyati sifatida ko'rish lozim. Birinchidan, bu ishlatilayotgan mulkchilik va xo'jalik yuritish shaklidan qat’i nazar, agrar soha mehnat jamoalarining faoliyat ko'rsatishini umumiy me’yoriy iqtisodiy sharoitlami yaratish. Motivatsiya omillari, ushbu guruhining vazifaiari: Birinchidan xo'jalikning samarali faoliyat yuritishi uchuri qiziqishini ta’minlash, me’yorda ishlayotgan xo'jaliklami oddiy va kengaytirilgan ishlab chiqarish uchun lozim bo'lgan daromadlarni olish imkoniga ega bo'lishlarini ta’minlash. Ikkinchidan, bu mulkchilik munosabatiarining oqilona ishlatilishini va manfaatga ega bo'lgan qishloq xo'jalik tovar ishlab chiqaruvchisini shakllantirish. Mulkchilik muammosi ishlab chiqarishni samarali yuritishning muhim ishga soluvchisi, birlashtiruvchi omili bo'lishi mumkin. Ammo buning uchun mulkchilik munosabatiarini tartibga solish muammosi hal etilishidagi rasmiyatchilikni chiqarib tashlash, tarmoqda me’yoriy iqtisodiy vaziyat- ni yaratish lozim. Uchinchidan, bu bevosita har bir mehnat jamoasida ishlab chiqiladigan, ishlovchilar mehnati motivatsiyasining ichki (har bir mustaqil ishlab chiqarish tuzilmasi, yuridik shaxs chegarasida) tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi. Jamoaning yuqori manfaatdorligini shakllantirishga qaratilgan, sanab o'tilgan shartlar guruhlarining har biri, albatta, muhim ahamiyatga ega. Ammo rivojlanishning muayyan bosqichiarida ularning bittasiga ustunlik berilishi mumkin. Hozirgi vaqtda, moliya-kredit, narx va soliq siyosati bilan bog'liq bo'lgan qishloq xo'jalik jamoalari faoliyat yuritishining umumiy iqtisodiy dastlabki shart-sharoitlarini keskin o'zgartirish muhimroqdir. Bugun me’yoriy faoliyat yuritayotgan xo'jaliklarga tarmoqning oddiy va kengaytirilgan ishlab chiqarishi uchun daromadlarga ega bo ' 1 ish imkoniyatini beruvchi tadbirlar tizimi lozim. 2. Yangi bozor sharoitlarida amal qiluvchi mehnat motivatsiyasi qoidalarining yetarlicha samarali bo'lmasligi sabablari mavjud. Ulardan biri manfaatlar tushunchasiga va shunga muvoflq, aholi moddiy farovonligiga qaratilgan muayyan tadbirlami ishlab chiqish va amalga oshirishga bo'lgan turlicha yondashuvlardir. Har bir boshqaruv oigani ishlovchisi, korxona jamoasining ishlovchilar guruhi va boshqalaming «manfaatlariga» bo‘lgan qarash bir xil bo'lmasligi mumkin. Bunda ikkita yondashuvni ajratish mumkin: «shaxsiy manfaat» va «manfaatdan chetda». 3. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini isloh qilish jarayonini chuqur- lashtirish va qishloq mehnatkashlari mehnati faolligini oshirish jarayo- nining amalga oshishi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotga bo'lgan mulkchilik munosabatlari o'zgarishi jarayoni bilan yaqindan bog'langan bo'lishi lozim. Har bir ishlovchida ishlab chiqa rilgan mahsulot va resurslarning ayrim qismiga mulkchilik hissining kuchayishi, oddiy ishlovchilarni ishlab chiqarish, qayta ishlash va mahsulotni (ish, xizmat) realizatsiya qilishni boshqarishda bevosita ishtirok etishi orqali ta’minlash mumkin. 4. Mehnatga haq to'Iash moddiy rag'batlantirishni to'g'ri tashkil etilganligining asosiy unsuri va ishlab chiqarishdagi ishlovchilar ehtiyojlarini qondirishning manbayi bo'lib xizmat qiladi. U hozirgi kungacha qishloq xo'jalik korxonalarida (yollanma ishlovchilari bo'l magan xo'jaliklar bundan mustasno) ishchi kuchini qayta ishlab chiqarish bo'yicha xarajatlarni qoplashning ustunlikka ega bo'lgan asosiy shaklidir. Mehnatga haq to'lashni tashkil etishning asosiy tamoyfflari quyida- gicha bo'lishi mumkin: — ish haqi darajasi bozor konyunkturasiga, mehnat bozoridagi ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklif nisbatiga muvofiq bo'lishi lozim; — kafolatlik, uning mohiyati ish haqining minimal darajasini o'matilishidan iborat. Ish haqi yuqoridan hech qanday cheklashlarga ega emas, u ishlovchining mehnat faolligini rag'batlantirishi lozim; — ish haqi o'lchami mehnat unumdorligining erishilgan darajasiga muvofiq bo'lishi, mukofotlash tizimi korxona va bo'linmalaming daromadi o'sishiga yordamlashishi lozim; — to'lov muayyan ishlovchining bo'linma va umuman, korxona faoliyatining iqtisodiy natijalaridagi individual mehnat ulushiga muvo fiq, pul va natural shaklda amalga oshirihshi mumkin. Mehnat ulushini baholash shartlari va o'lchamlari ishlovchilar jamoasi tomonidan belgilanishi lozim. 5. Yuqori unumdorlikka ega, samaraii mehnat motivlari va stimul- larini shakllantirish, ishlovchilarni moddiy va ma’naviy rag'batlantirishni tashkil etishda amaldagi tamoyillar, asosiy yo'nalishlami ko'rib chiqish va aniqlashni nazarda tutadi. Ular, birinchi navbatda, o'z mehnati natijalarida munosib manfaat va mas’uliyatga ega bo'lmagan vaqlin- chalik yollanma ishlovchi psixologiyasini yo'qotishga qaratilgan bo'lishlari lozim. Agrar sektorga manfaatdor tovar ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqarilgan mahsulot va ishlatilayotgan resurslar mulkdori bo'lishi kerak. Zarur bo'lganda korxonada xo'jalik yuritishning muayyan sharoitlarini yaratish va ayrim ishlovchilaiga nisbatan mehnatni moddiy mukofotlashning samaraii tizimini ishlab chiqishni amalga oshirish, bir birlik mahsulotga bo'lgan mehnat xarajatlarini miqdor va sifat hajmini aniqlash, ishlovchining mehnat va mulk ulushini hisobga olgan holda olingan daromadni adolatli taqsimlash, inflatsiya darajasini, mehnat bozoridagi konyunkura o'zgarishlarini hisobga olgan holda, ishlovchilarni moddiy mukofotlash tizimini o'z vaqtida o'tkazish, ishlarni tegishli sifatda bajarilmaganligi uchun mas’uliyatning aniq ko'rsatkichlarini va muayyan tadbirlarini ishlab chiqish lozim. 6. Xo'jalikda hozirgi kunda amal qilayotgan ishlab chiqarish shart- sharoitlari va boshqaruv tuzilmasiga qarab mehnatni motivatsiyalash, olingan daromadni shakllantirish va taqsimlash mexanizmining turli xil modellari qo'llanilishi lozim. 7. Agrar sohada ishlovchilar mehnatini motivatsiyalash va daro- madlarini taqsimlashning istalgan tizimini amalga oshirish, xo'jalikning barcha a’zolari mehnat natijalaridagi to'liq manfaatdorligi tamoyiliga asoslangan bo'lishi lozim. 8. Agrar sektor korxonalarida o'tish davri jarayonlarini chuqurlashishi bilan mehnatga haq to'Iash uchun mablag'lami qoldiq tamoyili bo'yicha shakllantirishga o'tish lozim. Bunda olingan daromaddan ishlab chiqarish xarajatiari olib tashlanadi, soliqlar va kreditlar uchun foizlar to'lanadi, maxsus jamg'armalarga zarur bo'lgan ajratmalar amalga oshiriladi. 9. Qishloq xo'jalik xodimlari mehnatini motivatsiyalash tizimini shakllantirishda, istalgan faoliyat turining unumdorligi va samaradorligi, ularga oilasini boqishga, chiroyli zamonaviy buyumlami sotib olishga, o'z ma’naviy darajasini oshirishga imkon beruvchi oylik ish haqining umumiy darajasiga to'g'ri proporsional bog'liqdir. 10. Oldindan beriladigan pul mablag'larini to'Iash tartibi, korxona yoki ishlovchilaming iqtisodiy imkoniyatlari, uning soni va o'rnatilgan ichki munosabatlariga bog'liq bo'lgan holda turlicha bo'lishi mumkin. 11. Zamonaviy sharoitlarda qishloq xo'jalik korxonalarida mehnat motivatsiyasi va ichki xo'jalik tashkiliy-iqtisodiy munosabatlari dasturi, albatta aniq va har tomonlama asoslangan shartnoma munosabatlari tizimi asosida barpo etilishi lozim. ]2 — Samatov, G ‘. A. va boshq. 177 12. Har bir mehnat jamoasi va korxonadagi ishlovchilar mehnati motivatsiyasining umumiy dasturi quyidagi asosiy bloklarni o'z ichiga olishi lozim: tashkiliy-huquqiy, xo‘jalik-ishlab chiqarish va moliyaviy- iqtisodiy. 13. Qishloq xo'jalik korxonasida mehnat motivatsiyasining maj- muaviy dasturini ishlab chiqishda ishlab chiqarishning muayyan sharoit- lari va xususiyatlarini, mehnat jamoasini miqdor va sifat tarkibi va uning berilgan vaqtdagi potensial imkoniyatlarini hisobga olib borish lozim. Unda ijtimoiy yo'naltirilgan vazifalar va tadbirlar blokini ham nazarda tutish kerak. 14. Agrar mehnatni motivatsiyalashning yangi mexanizmini tashkil etuvchi barcha konsepsiyalar muayyan mehnat jamoasining jamoaviy va shaxsiy manfaatlariga erishishga ko'maklashishi lozim. Korxonalarda mehnat qilish qobiliyatiga ega bo'lgan fuqarolar mehnat unumdorligi darajasini yuksaltirishga alohida e’tibor berish lozim. Bu masalaning hal etilishida eng ta ’sirchan omil moddiy manfaatdorlik hisoblanadi. Darhaqiqat, bozor iqtisodiyoti sharoitida kim yaxshi, sifatii ishlasa, ko'p haq oladi. Shunday ekan, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida ham yaxshi, samarali mehnat qilayotgan ishchi — xizmatchi mehnatiga yarasha ko'proq haq olishi lozim. Shunda u rag'batlantirilgan hisoblanadi. Shu bilan birga mehnatkashlarni moddiy hamda ma’naviy rag'batlantirishni amalga oshirishni ta’minlash kerak. Eng aw alo, mehnatlari natijalarini e’tiborga olgan holda mukofotlash, turli xildagi unvonlami berish lozim. Bu unvonlar ham ma’lum darajada fuqarolami mablag'lar bilan ta’minlaydi. Ma’naviy rag'batlantirish ham ayrim hollarda moddiylashadi. Mehnat natijalarini aniqlash uchun qanday asosiy ko'rsatkich tatbiq etilishiga qarab ish haqining barcha tizimlarini ish haqining shakllari deb ataluvchi ikki katta guruhga bo'lish qabul qilingan. Agar mehnat natijalarining asosiy o'lchovi sifatida tayyorlangan mahsulot (ko'rsatilgan xizmat)dan foydalaniladigan bo'lsa, u holda mehnatga haq to'lashning ishbay shakli tushuniladi. Agar mehnat natijalarining asosiy o'lchovi sifatida ishlangan vaqt miqdoridan foydalanilsa, bunday holda vaqtbay ish haqi tushuniladi. Ish haqining shakli — haq to'lash tizimlarining muayyan toifasidan iborat bo'lib, ish haqi to'lash maqsadida unga narx belgilashda mehnat natijalarini hisobga olishning asosiy ko'rsatkichi bo'yicha guruhlarga ajratilgan bo'ladi. Mehnat natijalari, mehnat me’yorlari ishlangan ish vaqti, tayyorlangan mahsulot miqdori, mahsulotning (bajarilgan ishning) sifati, ishlab chiqarish resursiari (materiallar, yarim mahsulotlar, energiya, asbob-uskunalar, asboblar)dan foydalanish darajasi, mehnat unumdorligi kabi turli ko‘rsatkichlarda aks etadi. Aytib o'tilgan bu ko‘rsatkichlar qiymat, natura yoki shartli (yoki shartli natural o'lchagichlariga ega bo'lishi va mehnatning yakka tartibdagi, guruh (jamoa) ish natijalarini ifodalashi mumkin. Xodim erishgan mehnat natijalariga, shu bilan birga ularga sarflangan mehnatning miqdori va sifatiga baho berish uchun ish beruvchi bajarilgan ishni hisobga olib borishi va uni nazorat qilishi, bunda belgilangan mehnat normasining bajarilishi va oshirib ado etilishini hisobga olishi lozim. Korxonalarda mehnatga haq to'lash tizimlariga qo'yiladigan eng muhim talablardan biri teng mehnatga teng haq to ‘lashdir. Mehnatga haq to'lashning ishbay va vaqtbay tizimlari mehnatni tashkiliy-texnikaviy me’yorlashga turlicha yondashish bilan ajralib turadi, bunda ayni bir xil me’yorlashga amal qilinadi. Vaqtbay haq to‘lashda mehnatning asosiy me’yori qonun tomonidan yagona tarzda belgilangan ish vaqti muddati bo'lib, bunda xodimning mehnat vazifaiari ko'rsatiladi, u ish vaqti mobaynida xodimlar o'rtasidagi mehnat taqsimotiga asosan ishlab chiqarishning tashkiliy-texnikaviy shart-sharoitlari bilan belgilangan ana shu vazifalarni ado etishi lozim. Belgilangan normani bajarganlik uchun haq to'lash o'lchovi — tarif stavkasidir. Agar xodim me’yorda nazarda tutilgan vaqtdan kamroq ishlagan bo'lsa, unga tarif stavkasidan kamroq haq to'lanadi. Mehnatga haq to'lashning u yoki bu tizimini qo'llash ko'pgina shart-sharoitiar bilan bog'liqdir, lekin, awalo, xodimning mehnat natijalarini hisobga olish uchun asosiy ko'rsatkichga nimalar ta’sir ., [28.04.2023 10:18] qilishiga, ya’ni mazkur tizim ishbay yoki vaqtbay tizimga kirish yoki kirmasligiga bog'liqdir. Ish beruvchiga mehnatga haq to'lash tizimini tanlash huquqi berilgan. U mazkur tizimlami korxonaning kasaba uyushmasi tashkiloti vakillari bilan yoki ishlovchilarning boshqa vakillari bilan kelishib olishi lozim. Bu huquq qonun yo'li bilan O'zbekiston Respublikasining M ehnat kodeksida va kasaba uyushmalari to'g'risidagi qonunda mustahkamlangan. Ish beruvchi mehnatga haq to'lash tizimidan foydalanib kelinayotgan barcha ko'rsatkichlarni hisobga olishi hamda ta’min etishi lozim. Mehnatga haq to'lash tizimlari vositasida xodimlarning moddiy manfaatdorligiga muayyan tarzda ta’sir ko'rsatish — hozirgi zamon iqtisodiyotidagi ish haqini tashkil etishning asosiy tamoyillaridan biriilii . Download 19.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling