Qishloq xoʻjaligini kimyolashtirish Kimyo sanoati Kimyoning sanoatdagi o’rni


Download 1.51 Mb.
bet2/3
Sana28.02.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1236377
1   2   3
Bog'liq
Презентация1

Kimyo sanoati — ogʻir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral oʻgʻitlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b.), plastmassa va sintetik smolalarshu jumladan, kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-boʻyoq materiallari, sintetik boʻyoqlar, kimyoviy reaktivlarfotokimyo mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va b. ni ishlab chiqaradi. K.s.ning sanoat tarmogʻiga aylanishi sanoat toʻntarishi bilan bogʻliq. Sulfat kislota i. ch. boʻyicha dastlabki zavodlar 1740 y.da Buyuk Britaniyada (Richmond), 1766 y.da Fransiyada (Ruan), 1805 y.da Rossiyada (Moskva gubernyasi), 1810 y.da Germaniyada (Leypsig yaqinida) barpo etilganKimyo sanoati — ogʻir sanoat tarmoqlaridan biri, xilma-xil kimyoviy mahsulotlar turlari: kon-kimyo xom ashyosi, asosiy kimyo mahsulotlari (ammiak, noorganiq kislotalar, ishqorlar, mineral oʻgʻitlar, soda, xlor va xlorli mahsulotlar, suyultirilgan gazlar va b.), plastmassa va sintetik smolalar, shu jumladan, kaprolaktam, sellyuloza atsetatlari, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va shisha-plastiklardan materiallar va buyumlar, lok-boʻyoq materiallari, sintetik boʻyoqlar, kimyoviy reaktivlar, fotokimyo mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari va b. ni ishlab chiqaradi. K.s.ning mustaqil sanoat tarmogʻiga aylanishi sanoat toʻntarishi bilan bogʻliq. Sulfat kislota i. ch. boʻyicha dastlabki zavodlar 1740 y.da Buyuk Britaniyada (Richmond), 1766 y.da Fransiyada (Ruan), 1805 y.da Rossiyada (Moskva gubernyasi), 1810 y.da Germaniyada (Leypsig yaqinida) barpo etilgan Oʻzbekistonda tegishli xom ashyo manbalari boʻlishiga qaramay 20-asrning 30-y.larigacha K.s. deyarli yoʻq edi. 1910-y.larda ohak kuydirish, oʻsimlik boʻyogʻi olish, oltingugurt i.ch., ishqoriy moddalar tayyorlash, sovungarlik bilan shugʻullangan bir qancha kichik korxonalar (12 sovun zavodi, neftni haydash zavodi, 2 boʻyoq f-kasi) boʻlgan.
Oʻzbekistonda tegishli xom ashyo manbalari boʻlishiga qaramay 20-asrning 30-y.larigacha K.s. deyarli yoʻq edi. 1910-y.larda ohak kuydirish, oʻsimlik boʻyogʻi olish, oltingugurt i.ch., ishqoriy moddalar tayyorlash, sovungarlik bilan shugʻullangan bir qancha kichik korxonalar (12 sovun zavodi, neftni haydash zavodi, 2 boʻyoq f-kasi) boʻlgan. 1958—65 y.larda Olmaliq konmetallurgiya kti qoshida sulfat kislotasi zavodi, Pop rezina oyoq kiyimlari zavodi, Yangiyoʻl gidroliz zavodi qurildi. 1965 y.da respublikada birinchi marta Fargʻona azotli oʻgʻitlar zavodida gʻoʻza bargini toʻkishda ishlatiladigan magnit xlorat defolianti ishlab chikarila boshladi. Jizzaxda plastmassa quvurlar zavodi (1972), 1973 y.da Olmaliqda ammofos ishlab chiqaradigan yirik korxonaning 1-navbati ishga tushirildi 20-asrning 90-y.lari boshiga kelib Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida muhim oʻrinni egʻallagan K.s. barpo etildi. 1990 y.da 1762 ming t mineral oʻgʻitlar (100% oziq modda hisobi-da), 154,9 ming t sintetik smolalar va plastik massalar, 1735,2 ming t sintetik ammiak, 2859 ming t sulfat kislota, 52,6 ming t kimyoviy tolalar va iplar, 226,2 ming t sintetik yuvish vositalari va sovun (yogʻ kislotalari 40% hisobida) va b. mahsulotlar ishlab chikarildi
Mineral oʻgʻitlar i.ch. respublika K.s.ning asosiy tarmoqlaridan biri. Respublikada q.x. uchun zarur boʻlgan ammofos, ammiak selitrasi, ammoniy sulfat, superfosfat, karbamid, suyultirilgan ammiak, shuningdek, samarador murakkab azotli va fosforli oʻgʻitlarni i.ch. yoʻlga qoʻyilgan. "Elektrkimyosanoat" AJ (Chirchiq), Fargʻona "Azot" i.ch. birlashmasi asosiy turdagi azotli oʻgʻitlar, "Qoʻqon superfosfat zavodi" AJ, Samarqand kimyo zavodi, Olmaliq "Ammofos" AJda ammofos, oddiy va ammoniylashgan superfosfat, qumoq ammfos kabi fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Respublika K.s. korxonalari bir yidda 2,8 mln. t azotli, 1,25 mln. t fosforli oʻgʻitlar i.ch. quvvatlariga ega. K.yeda mineral oʻgʻitlar i.ch. hajmi respublika q.x. ehtiyojlarini toʻla taʼminlashi bilan birga ularning bir qismi chetga ham chiqariladi Oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari (defoliant, desikat, gerbitsid, insektitsid, foʻngitsidlar) Fargʻona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida (1965 y.dan, magniy xlorat defolianti), Navoiy "Elektrokimyo zavodi" AJ (1960 y.dan, gerbitsidlar — nitran, kotoraya, bronotak, insektitsidlar — fozalon, treflan va b.) ishlab chiqariladi. Respublika q.x.da oʻsimliklarni kasallik va zararkundalardan kimyoviy himoya qilishda koʻllaniladigan oltingugurt kukuni Shoʻrsuv kon-kimyo korxonasida hamda Muborak va Shoʻrtan gaz komplekslarada ishlab chiqarilad
Qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tovar yetishtiruvchilariga agrokimyo xizmati ko‘rsatishning yaxlit tuzilmasini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 27-dekabrdagi F-1313-son farmoyishiga muvofiq tuzilgan Kimyo tarmog‘ini tashkil etish va boshqarish, qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha maxsus komissiyaning:
“O‘zagrokimyota’minot” davlat-aksiyadorlik jamiyati hamda O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar respublika markazi bazasida, ularni tegishli ravishda “O‘zkimyosanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidan chiqargan holda, mustaqil “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan “Agrokimyota’minot” Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar birlashmalari hamda o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar hududiy markazlari va agrokimyo stansiyalari bazasida hududiy “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalarini tashkil etish to‘g‘risidagi;
“Agrokimyota’minot” tuman va tumanlararo birlashmalarini, o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar tuman markazlarini “Qishloqxo‘jalikkimyo” Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar aksiyadorlik birlashmalarining filiallariga aylantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi yuridik shaxs hamda “O‘zagrokimyota’minot” davlat-aksiyadorlik birlashmasi va O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar respublika markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Quyidagilar “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
kimyolashtirish va tuproq unumdorligini oshirish, o‘simliklar kasalliklari, qishloq xo‘jaligi zararkunandalari va begona o‘tlar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish bo‘yicha yagona texnika siyosatini amalga oshirish;
mineral o‘g‘itlarga, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalariga, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun boshqa kimyoviy mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;
mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarining har yilgi hududiy balanslarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
respublikada ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan kaliyli o‘g‘itlar va kimyoviy preparatlarni import bo‘yicha xarid qilishni tashkil etish.
“O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi, uning xodimlarining cheklangan soni 34 kishidan (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi, “Qishloqxo‘jalikkimyo” viloyat aksiyadorlik birlashmalarining hamda ularning tuman va tumanlararo filiallari namunaviy tuzilmalari 1, 1a, 1b, 1v va 1g ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
Qishloqxo‘jalikkimyo” Qoraqalpog‘iston respublika va viloyatlar aksiyadorlik birlashmalari hamda filial huquqi bilan ularning tarkibiga kiruvchi tuman va tumanlararo xizmatlar “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining asosiy tarkibiy bo‘linmalari etib belgilansin.
Hududiy “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalari hamda ularning tuman va tumanlararo xizmatlariga quyidagi vazifalar yuklansin:
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini, shu jumladan fermer va dehqon xo‘jaliklarini shartnoma asosida mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari, tuproq meliorantlari hamda qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun boshqa kimyoviy mahsulotlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash;
mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalaridan maqsadli va samarali foydalanishni, shuningdek ularning saqlanishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
shartnoma shartlarida qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatish ishlarini amalga oshirish;
mineral o‘g‘itlar hamda o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini yetkazib beruvchilar va ularning qishloq xo‘jaligidagi iste’molchilari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish;
qishloq xo‘jaligi uchun keltiriladigan mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, boshqa kimyoviy mahsulotlar sifati ustidan nazoratni tashkil etish.
Hududiy “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalarining ustav jamg‘armalari tugatilayotgan “Agrokimyota’minot”viloyat birlashmalari hamda O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar markazlari balansida bo‘lgan mol-mulklar, shuningdek “Agrokimyota’minot” tuman va tumanlararo birlashmalari, o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar tuman markazlari mol-mulki qiymati hisobiga shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 27-dekabrdagi F-1313-son farmoyishi bilan tuzilgan maxsus komissiya (R.Azimov), O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
“O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda, belgilangan tartibda hududiy “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalarini tashkil etishga doir tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar, shu bilan birga ularning ustav jamg‘armasiga kiritiladigan mol-mulklar qiymatini qayta baholab chiqsinlar;
hududiy “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik birlashmalari aksiyalarining davlat ulushlarini belgilangan tartibda “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ishonchli boshqaruviga bersinlar;

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling