Qishloq xo'jalik biotexnologiyasi
O‘zbekistonda biotexnologiyaning rivojlanish tarixi
Download 3.63 Mb.
|
1 2
Bog'liqZamonaviy biologik usullarni qishloq xoʻjaligida qoʻllanilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keyingi vaqtda biotexnologiyaning rivojlanishi
- Biologik himoya usuli
- Adabiyotlar
O‘zbekistonda biotexnologiyaning rivojlanish tarixi. Biotexnologiya O‘zbekistonda eng kenja fanlardan bo‘lib, uning tarixi uzoqqa bormaydi (qadimiy biotexnologlar: non yopish, qattiq tayyorlash va h.k. bundan istisno). O‘zbekistonda uchraydigan achitqi zamburug‘larini tahlil qilib, ularni nonvoychilik, vinochilik va chorva- chilikka qo‘l keladigan turlarini topdi va ular asosida maxsus hamirtu- rushlar va vinochilik uchun achitqi tayyorlash texnologiyalarini yaratdi.Keyingi vaqtda biotexnologiyaning rivojlanishi immobillashgan (maxsus sorbentlarga bog‘langan) fermentlar va mikroorganizmlar tayyorlash texnologiyalarini yaratilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘ldi. Immobilizatsiya qilingan fermentlarni har xil jarayonlarda ishlatilishi (fermentlar muhandisligi) bu biokatalizatorlardan foydalanishni yanada faollashtirib yubordi.Biologik himoya usuli — (oʻsimliklarni himoya qilishda)—zararkunanda hasharotlarni yoʻq qilish yoki ularning sonini qishloq xoʻjaligiga sezilmaydigan darajagacha kamaytirishda tirik organizmlardan foydalanish. Bu usulning mohiyati qishloq xoʻjaligi ekinlari chararkunandalari bilan ularning parazitlari hamda yirtqichlari (ayniqsa, hasharotlar va kanalar bilan), shuningdek bakterial, zamburugʻli, virusli va aralash kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilari oʻrtasI" dagi tabiiy antagonistik qaramaqarshilikdan maqsadga muvofiq foydalanishdan iborat. Buni ishlab chiqish va tatbiq qilish quyidagi yoʻnalishlarda olib boriladi: akarifag va mikroorganizmlar tabiiy populyatsiyalarining foydali faoliyatini oʻrganish va undan foydalanish; foydali organizmlarni saklash, ular sonini koʻpaytirish va taʼsir samarasini oshirish sharoitlarini aniqlash; yirtqich va parazit hasharotlar hamda kanalarning yangi turlarini iklimlashtirish; foydali organizmlarni yashash areali ichida koʻchirish; entomofaglar va akarifaglarni koʻp miqdorda sunʼiy koʻpaytirish va tabiatga qoʻyib yuborish (mavsumiy tarqatish); mikrobiologik preparatlarni qoʻllash.Fiziologiya, ekologiya, biokimyo, genetikaza mikrobiologiya sohasidagi tadqiqotlar Biologik himoya usuli u.ning feromonlar va gormonlar, nur bilan hamda kimyoviy sterillash (bepusht qilish), duragaylash, antibiotiklar va boshqalardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan yangi istiqbolli yoʻnalishlarini belgilab berdi. Bir organizmga qarshi kurashda boshqasidan foydalanishga qadimdan urinib kelingan. Masalan, Qad. Xitoyda sitrus oʻsimliklari zararkunandalariga qarshi yirtqich chumolilarni qoʻllash sohasida muvaffaqiyatli tajribalar oʻtkazilgan. Oʻzbekistonda Biologik himoya usuli u. rivojiga V. V. Yaxontov, P. P. Bogush, V. P. Nevskiy, A. N. Lujeskiy, M. N. Narziqulov, F. M. Uspenskiy va boshqa katta hissa qoʻshdilar. Biologik himoya usuli u.da samarali natija beradigan entomofaglardan— afelinus, psevdafikus, rodoliya, kriptolemus qonli bit va cherveslarga, telenomus xasvaga, trixogramma kuzgi tunlam, gʻoʻza tunlami va boshqa zararkunandalarga qarshi iqlimlashtirildi. Biologik himoya usuli u.ning nazariy va amaliy sohasida erishilgan yutuqlar bu vositalar (mas, afelinus, psevdafikus, trixogramma, gabrobrakon, fitoseyulyus, dendrobatsillin, entobakterin, bitoksibatsillin va boshqalar) turini koʻpaytirish hamda ularni qoʻllash hajmini oshirish imkonini berdi. Mikroorganizmlar juda ko‘plab xususiyatlarga ega. Jumladan, o‘simliklarni eng muhim hisoblangan azot yoki fosfor bilan ta'minlash qobiliyati mavjud. O‘simlik ildizlarida havodagi molekulyar azotni biologik azot (bioazot)ga aylantirib bera oladigan juda ko‘plab bakteriyalar yashaydi. Ular umumiy nom bilan azot o‘zlashtiruvchi bakteriyalar deb nomlanadi. Tuproqda bu bakteriyalar qanchalik ko‘p bo‘lsa tuproq shunchalik unumdor, hosildorlik shunchalik yuqori bo‘ladi. Xorijda bu bakteriyalar asosida tayyorlangan ko‘plab bioo‘g‘itlar keng qo‘llaniladi. Masalan, Hindiston, Pokiston, Xitoy, AQSh yoki Yevropa davlatlarida azot o‘zlashtiruvchi bakteriyalar asosidagi bioo‘g‘itlar uzoq yillardan beri ishlatiladi. Birgina Xitoy tajribasini olaylik. Xitoyning ayrim hududlarida paxtadan gektariga o‘rtacha 70-80 sentner hosil olinadi. Sabablariga to‘xtalsak, birinchidan, zich ekiladi, ikkinchidan, mineral o‘g‘itlar bilan bir qatorda bioo‘g‘itlar ko‘p qo‘llaniladi. Paxta yetishtiradigan AQSh, Misr yoki Avstraliyada ham bioo‘g‘itlar mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Bangladesh, Hindiston yoki Vetnamda fermerlar faqat bioo‘g‘itlar yordamida hosil olishlari ma'lum. Biologik o‘g‘itlarning afzal tomoni – ularning o‘ta arzonligi, ekologik muqobilligi va tez ta'sir etishidir. Bundan tashqari, bioo‘g‘itlar mineral o‘g‘itlarning o‘simlikka tez singishi yoki o‘zlashishiga katta yordam beradi. Tajribadan ma'lum, NPKning 10-15 foiz me'yori va bioo‘g‘it suspenziyasi yordamida bug‘doy yoki paxtadan an'anaviy usulga qaraganda ikki marta ko‘p hosil olish mumkin. Bioo‘g‘itlarning yana bir afzal tomoni – ular tuproqlarning biologik potensiali va holatini tiklaydi. Buning sababi oddiy: asosan, tuproq tarkibidagi foydali mikroorganizmlardan tayyorlanadi. Xuddi o‘sha mikroorganizmning bir hujayrasi milliard martagacha ko‘paytirilib, tuproqning o‘ziga qaytariladi. Tushunish uchun birgina misol keltirish mumkin. Aytaylik, tuproqda azot o‘zlashtiruvchi bitta hujayra bor. O‘sha hujayra bir molekula azotni olib o‘simlikka beradi. Biz esa xuddi o‘sha hujayrani milliard marta ko‘paytirib tuproqqa qaytaramiz. Demak, havodan milliard molekula azot o‘zlashib biologik azotga aylanadi va o‘simlikka yetkaziladi. Adabiyotlar:
Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling