«Qishloq xo‘jalik gidrotexnik melioratsiya» kafedrasi «suv xo‘jaligi va melioratsiyaga kirish» fanidan mustaqil ishlarini bajarish bo‘yicha
Download 130.63 Kb. Pdf ko'rish
|
90uFtPagZWxrzIWR7M6ucaK3KCS0ezu5xv6XmQVJ
- Bu sahifa navigatsiya:
- K O‘ R S A T M A Toshkent - 2012
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI «Qishloq xo‘jalik gidrotexnik melioratsiya» kafedrasi «SUV XO‘JALIGI VA MELIORATSIYAGA KIRISH» fanidan mustaqil ishlarini bajarish bo‘yicha M Е T O D I K K O‘ R S A T M A Toshkent - 2012 2 Ushbu metodik ko‘rsatma institut Ilmiy metodik Kengashining 2 dekabr 2011 yil bo ’ lib o ’ tgan 3- sonli majlisida ko‘rib chiqildi va chop etishga tavsiya etildi. Metodik ko‘rsatma «Suv xo‘jaligi va melioratsiyaga kirish» fanidan «Mustaqil ishini tashkil etish va bajarish» bo‘yicha o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida «Suv xo‘jaligi va melioratsiya» bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalarida o‘quv ishlarini mustaqil bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllashtirish va rivojlantirishga mo‘ljallangan. Tuzuvchilar: Muxamedov A.K., dotsent, t.f.n. Begmatov I.A. , dotsent, t.f.n. Taqrizchilar: Allanov X., ToshDAU «Melioratsiya va dehqonchilik asoslari» kafedrasi dotsenti, k/x.f.n. Nurjanov S., dotsent, t.f.n. © Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, 2012 yil 3 1. Kirish O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonunlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarining o‘rni beqiyosdir. Jumladan, fanlarni o‘zlashtirishda va kelajak mutaxassisini zamon talabida tayyorlashda mustaqil ishlarni bajarish sifati juda xam muhim. O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy qismi yetishtiriladigan sug‘oriladigan hududlarning ekologiya va yerlarning holati yomonlashib borayotganligi, suv resurslari bilan ta’minlash, ulardan samarali va oqilona foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash kabi hayotiy muhim yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga katta ahamiyat berilmoqda. Mazkur metodik ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 343-son qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 21-fevraldagi «Talaba mustaqil ishini tashkil etish to‘g‘risidagi» 43-sonli buyrug‘i hamda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buyrug‘iga muvofiq tuzilgan. Mazkur metodik ko‘rsatmada talabalarni «Suv xo‘jaligi va melioratsiyaga kirish» fanini o‘zlashtirishda mustaqil ishlarni tashkillashtirish, ularning tarkibi va mazmuni, bajarish va yakunlanishi tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Suv xo‘jaligi va melioratsiyaga kirish fanining asosiy maqsadi bo‘lajak bakalavrlarga Suv xo‘jaligi va melioratsiya mutaxassisligining Respublikamiz qishloq va suv xo‘jaligi sohasida tutgan o‘rni, bo‘lajak bakalavrlarning malakaviy faoliyatlari, ob‘yektlari, faoliyatlari turlari, jahon davlatlarida sug‘orish va drenaj (zah qochirish), O‘zbekistonda irrigatsiyanining rivojlanish tarixi, uning hozirgi holati va istiqbollarini, O‘zbekistonning tabiiy sharoitlari, yer va suv resurslari, Respublikada suv resurslarini boshqarishning havza tizimi, maqsadi va vazifalarining barchasini Respublikamiz qishloq va suv xo‘jaligidagi islohotlarga bog‘langan ravishda yetkazib berishdan iboratdir Bo‘lajak suv xo‘jaligi va melioratsiya yo‘nalishidagi mutaxassislarga ularning kasb faoliyatlari va turlari, hamda ob‘yektlari bilan tanishtirish, faoliyat davrida olingan bilimlarini qullay bilish, maxsus adabiyotlar, normativ hujjatlar va me’yorlar bilan ishlash haqida bilimlar beriladi. Mazkur metodik ko‘rsatmada talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkillashtirishning uslublari va vositalari ochib berilgan: grafik tashkil etuvchilar, qo‘shma va o‘zaro o‘quv texnikasi, mavzulash faoliyati. Ilmiy adabiyotlarni o‘qish, ma’lumotlarni og‘zaki taqdim etish, amaliyot holatlarni tahlil qilish va yechish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Download 130.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling