«Qishloq xo‘jalik gidrotexnik melioratsiya» kafedrasi «suv xo‘jaligi va melioratsiyaga kirish» fanidan mustaqil ishlarini bajarish bo‘yicha


Download 130.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana18.06.2023
Hajmi130.63 Kb.
#1580646
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
90uFtPagZWxrzIWR7M6ucaK3KCS0ezu5xv6XmQVJ



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA
SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI
«Qishloq xo‘jalik gidrotexnik melioratsiya» kafedrasi
«SUV XO‘JALIGI VA MELIORATSIYAGA KIRISH» fanidan
mustaqil ishlarini bajarish bo‘yicha
M Е T O D I K
K O‘ R S A T M A
Toshkent - 2012


2
Ushbu metodik ko‘rsatma institut Ilmiy metodik Kengashining 2 dekabr 2011 yil bo

lib o

tgan
3- sonli majlisida ko‘rib chiqildi va chop etishga tavsiya etildi.
Metodik ko‘rsatma «Suv xo‘jaligi va melioratsiyaga kirish» fanidan «Mustaqil ishini tashkil
etish va bajarish» bo‘yicha o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida «Suv xo‘jaligi va melioratsiya»
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalarida o‘quv ishlarini mustaqil bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim
va ko‘nikmalarni shakllashtirish va rivojlantirishga mo‘ljallangan.
Tuzuvchilar:
Muxamedov A.K., dotsent, t.f.n.
Begmatov I.A. , dotsent, t.f.n.
Taqrizchilar:
Allanov X., ToshDAU «Melioratsiya va dehqonchilik asoslari» kafedrasi
dotsenti, k/x.f.n.
Nurjanov S., dotsent, t.f.n.
© Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, 2012 yil


3
1. Kirish
O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim
to‘g‘risidagi” qonunlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda
zamonaviy pedagogik
texnologiyalarining o‘rni beqiyosdir. Jumladan, fanlarni o‘zlashtirishda va kelajak
mutaxassisini zamon talabida tayyorlashda mustaqil ishlarni bajarish sifati juda xam
muhim.
O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy qismi
yetishtiriladigan
sug‘oriladigan
hududlarning
ekologiya
va yerlarning
holati
yomonlashib borayotganligi, suv resurslari bilan ta’minlash, ulardan samarali va oqilona
foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash kabi hayotiy muhim yo‘nalishlar
bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga katta ahamiyat berilmoqda.
Mazkur metodik ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2001 yil 16 avgustdagi Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash
to‘g‘risidagi 343-son qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligining 2005 yil 21-fevraldagi «Talaba mustaqil ishini tashkil etish to‘g‘risidagi»
43-sonli buyrug‘i hamda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buyrug‘iga
muvofiq tuzilgan.
Mazkur metodik ko‘rsatmada talabalarni «Suv xo‘jaligi va melioratsiyaga kirish»
fanini o‘zlashtirishda mustaqil ishlarni tashkillashtirish, ularning tarkibi va mazmuni,
bajarish va yakunlanishi tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Suv xo‘jaligi va melioratsiyaga kirish
fanining asosiy maqsadi bo‘lajak
bakalavrlarga Suv xo‘jaligi va melioratsiya mutaxassisligining Respublikamiz qishloq
va suv xo‘jaligi sohasida tutgan o‘rni, bo‘lajak bakalavrlarning malakaviy faoliyatlari,
ob‘yektlari, faoliyatlari turlari, jahon davlatlarida sug‘orish va drenaj (zah qochirish),
O‘zbekistonda irrigatsiyanining rivojlanish tarixi, uning hozirgi holati va istiqbollarini,
O‘zbekistonning tabiiy sharoitlari, yer va suv resurslari, Respublikada suv resurslarini
boshqarishning havza tizimi, maqsadi va vazifalarining barchasini Respublikamiz
qishloq va suv xo‘jaligidagi islohotlarga bog‘langan ravishda yetkazib berishdan
iboratdir
Bo‘lajak suv xo‘jaligi va melioratsiya yo‘nalishidagi mutaxassislarga ularning
kasb faoliyatlari va turlari, hamda ob‘yektlari bilan tanishtirish, faoliyat davrida olingan
bilimlarini qullay bilish, maxsus adabiyotlar, normativ hujjatlar va me’yorlar bilan
ishlash haqida bilimlar beriladi.
Mazkur
metodik
ko‘rsatmada
talabalarning
mustaqil
o‘quv
faoliyatini
tashkillashtirishning uslublari va vositalari ochib berilgan: grafik tashkil etuvchilar,
qo‘shma va o‘zaro o‘quv texnikasi, mavzulash faoliyati. Ilmiy adabiyotlarni o‘qish,
ma’lumotlarni og‘zaki taqdim etish, amaliyot holatlarni tahlil qilish va yechish bo‘yicha
tavsiyalar berilgan.

Download 130.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling