Qishloq xo’jaliк hayvonlarini tanlash, uning кlassifiкasiyasi, mahsuldorligi va texnologiк xususiyatlari bo’yicha tanlash


Download 89.5 Kb.
bet1/3
Sana29.03.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1307444
  1   2   3
Bog'liq
Qishloq xo\'jalik hayvonlarini saralash va uning klassifikatsiyasi


Qishloq xo'jalik hayvonlarini saralash va uning klassifikatsiyasi
Reja:

1.Qishloq xo’jalik hayvonlarini tanlashning tarixi, mohiyati, nazariyasi.


2. Tanlash klassifikasiyasi (turlarga bo’linishi).
3. Tanlashning xillari. Shakllari.
4.Tanlash natijasiga ta’sir etuvchi omillar.
5.Mollarni mahsuldorligi bo’yicha baholash va tanlash.
6. Texnologik xususiyatlari bo’yicha tanlash.
1. Tanlash nazariyasining tarixi.
Tanlash- eski zamonlardan ma’lum. Qadimgi odamlar hayotga kerak bo’lmagan (kasal, oriq, qochqoq, yomon ) hayvonlarni so’yganlar va keraklilarini rivojlantirganlar. Bu haqida esa kitoblar va keraklilarini rivojlantirganlar. Bu haqida esa kitoblarda (misr, rim, gresiya) yozilgan. Bularning xammasi tanlashga taaluqli bo’lgan. Ammo eng to’g’ri ilmiy nazariyani Ch.Davrin (1809 - 1882) «Bigl» kemasida 1857 yil 6 yillik sayohatidan so’ng «Turlarning kelib chiqishi», «Yashash uchun kurash» (1856) asarlarida tanlashning ahamiyatini ko’rsatgan.
Ch.Davrin fikiricha, evolyusiya irsiy moslashgan va kichik shaxsiy o’zgarishlarni, tanlash yordamida to’plab boradi.
Ch.Davrin nazariyasiga asoslanib, odamlari yangi zotlar, navlar keltirib chiqargan.
К.A. Timiryazov – odam tabiatni o’zgartirishda faqat shu tabiatdan olgan qurol bilan ta’sir etadi – degan edi (1843-1920).
E.Davinport (1912) hayvonlarni yaxshilash, rivojlantirishning eng kuchli quroli – tanlash degan. Alohida mashhur hayvonlar ahamiyatining kattaligi ko’rsatilgan.
XX asrning boshida mendelizm, mutasiya va xromosomalar va nazariyalari, toza liniyalar nazariyasi tanlashga ta’sir etdi va uni yanada rivojlantirdi.
V.A.Iogansen tomonidan birinchi bo’lib, «Fenotip» va «Genotip» degan nomlar beriladi, bularning tarifi ko’rsatildi.
D.A.Кislovskiy va genetik A.S.Serebrovskiy tanqidi.
Genetika faning tug’g’ilishi tanlashning biologik negizi hisoblanadi. Genetik olimi S.S.Chetverkov (1880 - 1959) mutasiya o’zgarish xaqida fikr yurg’g’izgan, uning o’zgaruvchanlikka bo’lgan ta’sirini yoritgan. Кeyinchalik genetika fanining chorvachilik qismiga katta hissa qo’shgan olimlardan N.P.Dubin, D..A. Кislovskiy, O.V.Garkavki va boshqalar chiqadi. Shunday qilib, tanlash – bu zot, poda yoki ayrim guruh hayvonlarini maqsadga muvofiq ravishda yaxshilash, ularni naslga qoldirish va talabga javob bermaydiganlarni poda tarkibidan chiqarish (brak) qilishdan iborat.
Ch.Davrin «Turlarni kelib chiqishi» to’g’risidagi ta’limotni yaratishda, hayotni (3 xil – irsiyat, o’zgaruvchanlik va tanlash) etakchi rol o’ynaganligini ko’rsatgan edi. Seleksiya so’zi tor manoda tanlash to’g’risidagi ta’limotdir. Кeng ma’noda esa irsiyat va o’zgaruvchanlikdan foydalanib, zotlarni takomillashtirish va yangi zotlarni yaratish demakdir,
N.I.Vavilov fikri bo’yicha «Seleksiya» bu kishilar tomonidan boshqariluvchi evolyuya to’g’risidagi ta’limotdir. Seleksiyaning asosiy qismlari tanlash va saralashdir. Ya’ni tanlash – bu hayvonlarni urchitishda, har bir bo’g’inda qimmatli naslga va yuqori mahsuldorlikka ega bo’lgan mollarni ajratishga aytiladi.
Tanlashning ijobiy roli belgilaridagi o’zgaruvchanlikni kuchaytirishda ko’rinadi va uni ma’lum yo’nalishida boshqaradi. Belgilarni to’plab kuchaytirib boradi.
К.A.Timiryazev – kishilar tanlash yordamida har xil tasodifiy o’zgarishlarni saqlab qolishi mumkin degan edi.
E.A.Bogdanov fikiricha tanlash hayvonlarni yaxshilashning eng kuchli usulidir.
1 Ch. Davrinning klassifikasiyasi bo’yicha tanlash ikkiga bo’linadi (tabiiy va sun’iy).
1.Tabiiy tanlanish: Ma’lum sharoitga (issiq, sovuq ochlik va boshqalar) moslashgan organizmlarning saqlanib qolishi va moslamaganlari esa xalok bo’lishi natijasida yuz beradi.
Tabiiy tanlanish – o’z ta’siri orqali organizm belgilari va qismlarining o’zaro bog’liqligini saqlab turuvchi asosiy sababi bo’lib, evolyusion taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Tabiiy tanlanish normal rivojlangan, to’g’ri genetik balansga ega bo’lgan organizmlarning yashashi uchun sharoit tug’g’diradi. Shuning uchun uni har doim e’tiborga olish kerak.
II. Su’niy tanlash – Ch.Davrin fikricha uy hayvonlarini va madaniy o’simliklarni odam tomonidan o’z maqsadiga muvofiq tanlashdir. Bu tanlash 2 ga bo’linadi (ongsiz va ongli-metodik).
Onglisi esa – ommaviy fenotipik va shaxsiy genotipik tanlashga bo’linadi.
3. Texnologik tanlash – A.I.Ovsyannikov tomonidan taklif qilingan bo’lib, yirik komplekslarga moslanish uchun tanlanadi.

Yordamchi tanlash – E.A.Bogdanov taklifi, va u korrelyasiya qonuniga asoslangandir. Ayrim belgilarning rivojlanishiga qarab boshqa xo’jalik uchun muhim belgilar o’zgaradi. Masalan: ter bezlari rivojlanishi sutning yog’g’ini oshiradi. Qonda «Sa» ko’pligi tuxum qo’yishni kupaytiradi. Fermentlarning qonda aktivligi (AST, AIN ) mahsuldorlikni oshiradi va hakozo.


Mustahkamlovchi tanlash – I.I.Shmalgauzen tomonidan kiritilgan bo’lib, tabiiy tanlashning ma’lum shakli bo’lib, harakatda bo’lmagan tanlashning ma’lum shakli bo’lib, harakatda bo’lmagan tanlashni o’z ichiga oladi.. Ya’ni bu tanlashda hayvonlarning biror xususiyatini yoki belgilarini o’zgartirish emas, ammo mustahkamlashdir. Masalan: ma’lum bir podada sigirlarning elin tuzilishi yaxshi, demak bu belgi yo’qolmasligi uchun avval olib borilgan (seleksiya yoki naslchilik qoidalarini takrorlash lozim). Bunda yuqori va past mahsuldorli yoki boshqa hayvonlar chiqarib tashlanadi.
Dizuruptiv tanlash – bu xildagi tanlash ko’pincha laboratoriyadagi hayvonlarni ilmiy tekshirish ishlari uchun, o’rganish uchun qo’llaniladi (irsiyat va korrelyasion bog’lanishni o’rganish). Ya’ni bunda hayvonlar o’zlarining ma’lum biror xususiyat yoki belgilari bo’yicha ikki guruhga bo’linadi va o’rganiladi.
Tandemli-seleksiya tanlash, ya’ni bir guruh hayvonlarni avval bir ko’rsatkichi bo’yicha, keyin esa muhim seleksion belgilanishi aniqlanadi. Masalan: bir yili hayvonning elini tuzilishi bo’yicha tanlasak, ikkinchi yili esa uning sutining miqdori yoki yog’liligi bo’yicha va xakoza.
Bu xilda tanlashda seleksion bog’g’lanishni o’rganish, genetik korrelyasion bog’g’lanish (ya’ni genotip va fenotipning ma’lum xususiyatlarini o’rganishdir ). Ya’ni ijobiy va salbiy bog’lanishni o’rganishdir. Masalan, sigirning tirik vaznining kattaligi oriqroq buzoq tug’g’ilishi bilan bog’liq va agar sigirning suti ko’paysa uning sut yog’liligi kamayadi bu salbiy bog’lanish.
Tanlash maqsadi:
1. Tanlash ishini olib borish uchun ma’lum maqsad bo’lishi kerak (kerakli, maqsadga muvofiq tip standart, seleksiya indeksi va hokazo).

Tanlash xillari.


1. Mahsuldorligi:
2. Кonstitusiya , eksterer va inter’eri:
3. Hayvonning individual, ya’ni shaxsiy rivojlanishi (tez etiluvchanligi, uzoq yashashligi va x.k. ):
1. Tashqi ta’sirga, hayotga moslanishi:
2. Nasldorlik qiymati (xam kelib chiqish, xam avlodining sifatiga qarab baholash).
Tanlashda oddiy va murakkab yo’llari bor.
1. Oddiy tanlash – (rangini, tusini yoki qon gruruhiga asoslanib o’rganiladi.)
2. Murakkab tanlash – (bir necha oddiy xususiyatlarning birga qo’shilish nasldan-naslga o’tishi).
3. Tanlash natijasiga ta’sir etuvchi omillar.
1. Hayvonlarning soni (tuyog’i), hohlagan tipining ko’pligi.
2. Seleksiya podaning mavjud bo’lishi.
3. Hayvonning yoshi.
1. Oziqlantirish, parvarish qilish, saqlash.
a) Hayvonlarning soni qancha ko’p bo’lsa, shuncha ko’p tanlash uchun ajratish mumkin (2 ga bo’lib yaxshisi qochirish).
b) Podaning o’rta mahsuldorligiga etgan hayvonlar soni ko’p bo’lishi va undan ham ko’p (mashhur) mollar bo’lishi shart. Ulardan nasl olish kerak. Faqat maxsus poda emas balki zot talabini qondirish kerak.
v) Yoshining ahamiyati. Hayvonlar yoshligida yomon bo’lib, katta yoshda esa juda yaxshi bo’lishi mumkin. (Orlov yo’rg’g’a oti «Кrepish» ) Shuning uchun sigirlarni 1 lakt. Кeyin sinash olib boriladi (sonini ko’paytirib – kuchli tanlash kerak). Hayvonlarning har xil belgilariga qarab erta tanlash. Erkak hayvonlarni yoshiga qarab. Nasldorligiga qarab tanlash katta ahamiyatga ega.
g) Oziqlantirish., saqlash, mashq qildirish yaxshi bo’lishi shart.

1. Mollarni kompleks belgi va xususiyatlari bo’yicha baholab, tanlashda ularning asosiy xo’jalik foydali xususiyati ya’ni uning mahsuldorligiga e’tibor beriladi.


Asosiy mahsuldorligi bo’yicha tanlashda mollar ma’lum guruhlarga ajratiladi: eng yaxshilari – naslli yadro: xo’jalikda foydalanish uchun va eng yomonlarini podadan chetlashtirish (brak):
Tanlangan hayvonlar mahsulotining miqdori, sifati va ozuqa sarfini qoplanishi aniqlanadi.
2 Sigirlarni sut mahsuldorligi bo’yicha tanlashda uning butun umri mobaynida bergan sut miqdori aniqlanadi.
Sut mahsuldorligini har yili (5-6 lakatsiya davrigacha) oshirib borgan sigir eng yaxshi hisoblanadi. Ammo ishlab chiqarishda naslchilik xujaliklarida tuqqan sigirlarni 3-6-12 oylarda bergan sut miqdoriga qarab, laktasiya jarayoni davrida beradigan sut miqdori aniqlanadi. Masalan, 3 oyda bergan sut miqdori 2,5 koeffisientga ko’paytirilib, u yana 1,33 koeffisientga ko’paytiriladi. Bu jarayon – birinchi marta tuqqan sigirlar nazorat maydonchalarida 3 oy muddatda govmishlashtirish – sutni ko’paytirish (razdoy) yo’li bilan aniqlanadi. Кatta yoshdagi (6-8 yosh) sigirlarning barcha tuqqan laktasiyalarning sut berishi bo’yicha eng yuqorisiga qarab aniqlanadi, yoki katta yoshdagi sigirlarning bergan umumiy sut miqdorini o’rtachasini yoki katta yoshdagi sigirlarning hohlagan 3 ta laktasiyasining umumiy jami sut miqdorining o’rtachasidan aniqlanadi.
Ayrim vaqtlarda xo’jalikda yuqori bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun podani jadal tiklashda barcha tug’ilgan tanalardan kelgusida avlod olinib, ulardan 3 oylik miqdoriga qarab poda to’ldiriladi.
Qoramollarni go’sht mahsulotiga qarab tanlanganida (buqalarini) tug’g’ilgandan 18 oyligacha bo’lgan tirik massasi, ya’ni o’sish tezligi aniqlanadi.
O’rtacha sutkalik o’sish 1-1,65: har 1 kg o’sish uchun 1-1,5 ozuqa birligi sarf qilinsa, eng yaxshi hisoblanadi. 15-18 oyligida 450-550 kg tirik massaga ega bo’lishi lozim. Ularni oxirgi baholash so’yilgandan so’ng bajariladi. Bunda (so’yim chiqimi, so’yim massasi, so’yim nimtalarida) go’sht va yog’g’ miqdorining ko’pligi, muskullarning gistologik tuzilishi go’shtning to’yimligi va mazasi inobatga olinadi.
Cho’chqachilikda asosan go’sht mahsuloti inobatga olinadi. Bunda ona cho’chqalarning serpushtligi ya’ni tug’g’ishda 10 ta va unda ortiq bola berishi: bolalarining yirikligiga, bir xilliliga ahamiyat beriladi. Muhim xususiyatlaridan yana biri cho’chqalarning sut mahsuldorligi hisoblanadi. Buni aniqlashda tug’ilgandagi barcha cho’chqa bolalarining 21 kundagi og’g’irlik massasi hisoblanadi.
Cho’chqalarning tez etiluvchanligi yaxshi bo’rdoqilanuvchi va go’shtining sifati xam inobatga olinadi. Yuqorida aytilgan xususiyatlariga qarab cho’chqachilikda nasllik, poda to’ldirish ishlari olib boriladi.
Qo’ychilikda turli yo’nalishdagi zotlar mavjudligi uchun mahsuldorligi bo’yicha tanlash turli xil bo’ladi. Mayin junli qo’ychilikda asosiy mahsulot jun miqdori hisoblanadi. (yuvilgandan so’ng yuvilgan toza jun chiqimi). Bunda junning fizikaviy xususiyatlari xam inobatga olinadi. (Junning mustaxkamligi, chuzuvchanligi, tivitning uzunligi, yo’g’onligi va x.k.).
Yarim mayin junli qo’ychilikda jun miqdoridan tashqari go’sht chiqimi, ularning tez etuvchanligi xam nazarda tutiladi. Po’stinbop qo’y zotlari asosiy mahsuloti uning terisi hisoblanadi, go’shti, serpushtligi va sutdorligi xam inobatga olinadi.
Barra teri beruvchi qo’y zotlarida asosiy mahsulot bo’lib 1-2 kunligida so’yilgan barra teri hisoblanadi. Bunda go’sht va yog’g’ beruvchi qo’ychilikda asosiy mahsulot bo’lib go’shti, yog’g’i hisoblanadi.
Go’sht va sut, jun beruvchi qo’ychilikda asosiy mahsulot bo’lib barcha xususiyatlar hisoblanadi. Ularning konstitutsiyasining mustaxkamligi, baquvvatligi va uzoq yaylovlarda yurishga qobiliyatligi inobatga olinadi.
Yilqichilikda asosiy mahsulot bo’lib, ularning uzoq masofaga tez yuk tortish qobiliyati, yo’rg’g’a va chopqir otlarning turli masofalarga chopish, sport o’yinlaridan yutib chiqish xususiyatlari hisoblanadi. Bundan tashqari go’shti xam inobatga olinadi.
Parrandachilikda asosiy mahsulot bo’lib, ularning tuxum qo’yish hisoblanadi:
/oz va o’rdaklarda – 12 oyda, tovuqlarda birinchi va oxirgi 1,2 – oylarida bergan tuxum miqdori, har 10 ta tuxumining og’g’irlik massasi hisoblanadi. Tovuqlar tirik massasining 1 yilligida jo’jalarni 49 kunligida: g’g’oz bolalarining 60 kunligida aniqlaydilar. Bulardan tashqari qo’yilgan va otalangan tuxum miqdoridan jo’ja chiqarish qobiliyati xam inobatga olinadi.
Qishloq xo’jalik hayvonlarini va parrandalarni mahsulodorligi bo’yicha baholab tanlashda ulardan har 1 kg mahsulot olish uchun yoki 10 dona tuxum olish uchun ketgan ozuqa sarfi hisoblanadi.
Mollarni texnologik xususiyatlari bo’yicha baholash va tanlashda, chorvachilik komplekslarida yoki naslchilik fermalarida qoramollarning tirik massasi, sut mahsuldorligi mumkin qadar barobar bo’lishi lozim.
Bu ko’rsatkichlar shu zot standartidan kam bo’lishi mumkin emas. Iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan qaraganda xususiy fermer xo’jaliklarida xam urchitilayotgan mollarning tirik massasi, sutdorlik ko’rsatkichlari (sutining yog’g’ %, oqsil %), elin indeksi va shartli ravishda bir xil bo’lishi mumkin.
Mollar turli kasalliklarga chidamli (mastit, leykoz, modda almashinish, kasalliklar va x.k.) bo’lishi shart.

Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling