Nazariy konsepsiya — bu kartografiya fani, predmeti va metodiga bo ‘Igan maxsus munosabatlar tizimidir. Bunda, ma’lum bir davr ichida
kartografiya fani, texnika va texnologiyasi hamda ishlab chiqarishning rivojlanish jarayonlarini tushunish va ulami talqin qilish mohiyati o‘z aksini topgan.
Konsepsiya fan erishgan yutuqlarni umumlashtiradi va uning kelajakda rivojlanishi tendensiyalarini baholaydi. Shu bilan bir qatorda u fanning bugungi holatini tushungan holda kelajigini ko‘rsatadi.
Konsepsiyada fandagi zamonaviy qarashlar va xulosalar qayd qilinadi.
Bu bilan konsepsiyalar evolyusiyasi tushuntiriladi: yangi tajriba orttirilishiga qarab, ilg‘or metodlar va texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha konsepsiyalar aniqlashtiriladi, takomillashtiriladi, o‘zgarti- riladi, yangisi paydo bo‘ladi — bu fanlar nazariyasi rivojlanishining tabiiy yo‘lini ko‘rsatadi. Hozirgi paytda kartografiyada bir qancha nazariy konsepsiyalar shakllangan:
Bilish nazariyasi yoki model asosida real borliqm bilish konsepsiyasi
— unga asosan kartografiya real borliqni kartografik modellashtirish orqali bilish haqidagi fan, karta esa — real borliqning modeii deb tushuniladi (1.3-rasm).
Bunday talqin qihshda kartografiya sotsial-iqtisodiy va tabiiy fanlarga va ulami bilish nazariyasiga eng yaqin aloqada bo‘lgan hamda tabiat qonunlarini bilish fani sifatida tasawur qilinadi. Bu konsepsiya 1940- yfflardan boshlab N.N. Baranskiy, KA. Salishchev, A.V. Gedimin, A.G. Isachenko va ulaming izdoshlari tomonidan ishlab chiqilgan.
Kommunikativ konsepsiya — bunda kartografiya fazoviy ma’lumot- larni uzatuvchi fan vositasi sifatida, karta esa — m a’lumotlami uzatish yo‘li deb qaraladi. Bu konsepsiyada kartografiya inshakltikaning bir bolim i deb tushuniladi va u axborotlar nazariyasi, avtomatika hamda bilish nazariyasi bilan chambarchas bog‘lanadi (1.4-rasm).
Bu konsepsiyaning shakllanishida XX asming 60—70-yillarida faoliyat olib borgan g‘arb kartograflari E.Arnberger, A.Kolachniy, A. Robinson va boshqalaming hissalari juda katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |