Qishloq xo`jalik kartashunosligining vazifasi maqsadi Qishloq xo`jalik kartografik manbalar ularni to`plash


Download 23.66 Kb.
bet1/6
Sana24.04.2023
Hajmi23.66 Kb.
#1393744
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qishloq xo`jalik kartashunosligining vazifasi maqsadi kartografik manbalar ularni to`plash va bir tizimga keltirib tahlil qilish va baholash


Mavzu:Qishloq xo`jalik kartashunosligining vazifasi maqsadi kartografik manbalar ularni to`plash va bir tizimga keltirib tahlil qilish va baholash
Reja:

  1. Qishloq xo`jalik kartashunosligining vazifasi maqsadi

  2. Qishloq xo`jalik kartografik manbalar ularni to`plash

  3. Geografik kartalarning ilmiy va amaliy ahamiyati

Karta termini yunoncha xartes — papirus qog‘ozi so‘zidan olingan bolib, lotincha «sharta» (qog‘oz, varaq) atamasidan kelib chiqqan va yunoncha (karta), lotincha charta, turkcha harita deb nom olgan.
Karta — Yer yuzasini, boshqa osmon jismlarini yoki kosmik fazoni matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri bo‘!ib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obyektlarni ko‘rsatadi.
Obyekt deyilganda kartalarda tasvirlanadigan har qanday predmet, voqea, hodisa yoki jarayon tushuniladi.Geografik karta — Yer yuzasini yoki uning biror qismini Yerning egriligini hisobga olib, ma’lum matematik qoidalar asosida bir oz o‘zgartirib, kichraytirib, umumlashtirib qog‘ozga (tekislikka) tushi- rilgan tasviri (proyeksiyasi) bo‘lib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida unda joylashgan obyektlarning geografik o‘rnini, joy- lanishini, holatini, vaqt mobaynida o‘zgarishini va ular o‘rtasidagio‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Kartalar mavzusi (mazmuni) bo ‘yicha quyidagi ikki yirik guruhga, ya’ni umumgeografik va mavzuli kartalarga bo‘linadi.Umumgeografik kartada geografik landshaftning tashqi kolrinishi
tasvirlanadi. Uning geografik mazmuni landshaftning asosiy element­ lari — relyef, gidrografiya obyektlari, tuproq, o‘simlik va grunt ko'rsatkiclilardan iborat bo‘lib, bu elementlar kartaga bir xil aniqlikda va mukammallikda tushiriladi (1.1 -rasm).
Kartografik tasvir, matematik asos, yordamchi jihozlar va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarga umumgeografik kartaning elementlari deyiladi.
Karta mazmunini qabul qilingan kartografik belgilar va kartografik tasvirlash usullari orqali ifoda etadigan kartografik tasvir har qanday kartaning asosiy elementi bo‘lib hisoblanadi. U muayyan kartada ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmuidan tashkil topadi. Masalan, umumgeografik kartalarda tasvirla- nadigan landshaftning asosiy elementlari — relyef, gidrografiya obyekt- lari, o‘sim]ik va tuproq-grunt ko‘rsatkichlari. aholi yashaydigan punkt- lar, siyosiy-ma’muriy chegaralar hamda ba’zi bir xo‘jalik obyektlari uning kartografik tasvir elementlari bo lib, bu elementlar kartada bir xil aniqlikda va mukammallikda ko‘rsatiladi.Mavzuli va maxsus kartalarda (shartli ravishda) kartaning mazmu- nini va geografik asosini bir-biridan farqlash lozim. Geogrqfik asos — karta mazmunining umumgeografik qismi bo‘lib, u mavzuli karta mazmunini tashkil etgan elementlarni kartada to‘glri tasvirlashga va fazoviy bog‘lashga hamda karta bo‘yicha oriyentirlashga xizmat qiladi
Karta mazmunini ochib beradigan barcha shartli belgilar va izohlar tizimiga legenda deyiladi. Kartaning legendasi qo'llanilgan belgilami tushuntirib (izohlab) beradi, bu kartaga olinayotgan obyektning man- tiqiy asosini aks ettiradi. Shartli belgilarning ketma-ket joylashtirilishi, ularni o‘zaro bir-biriga bo'ysunishi, shtrixli elementlar uchun ranglar majmuasini to‘g‘ri tanlab olish kartada tasvirlanayotgan voqea va hodisa yoki jarayonlar tasnifiga mantiqan bo‘ysindirilgan bo‘ladi.Topografik kartalar uchun maxsus shartli belgilar jadvali tuzilgan.Ular standartlashtirilgan va barcha masshtabdagi topografik kartalar uchun qo'llaniiishi shart.
Ko‘pchilik mavzuli kartalarda belgilar unifikatsiya qilinmagan, shuning uchun legendani odatda karta varag£ining o'ziga joylash- tiradilar, Kartografik tasvir matematik asosda ko'riladi. Kartada uning
elementlari bo‘lib kartografikproyeksiya va и bilan bog4iq koordinata to‘ri (yoki to‘rlari), masshtab va geodezik asos hisoblanadi. Kartani
komponovkasi ham uning matematik asos elementiga kiradi.Kartada tasvirlanadigan hududning chegarasini aniqlash va uni karta ramkalariga nisbatan joylashtirish, ramka ichida va undan tashqarida (asosiy karta bilan uning ramkasi orasidagi bo‘sh qolgan joylarda) karta nomini, masshtabini, legendasini, har xil raqamli va matnli m a’lumotlami, jadvallarni, grafiklarni, qo‘shimcha va kesmakartalarni hamda boshqa shunga o'xshash ma’lumotlarni maqsadga muvofiq joylashtirishga komponovka deyiladi.Kartani o’qish va undan foydalanishni osonlashtirish maqsadida unda beriladigan turli xil kartometrik grafiklar (masalan, topografik kartada chiziqning nishabligi va qiyalik burchagini aniqlash uchun kartaning janubiy ramkasi ostida beriladigan maxsus nomogramma), hududni qay darajada o‘rganilganligini ko‘rsatuvchi sxemalar, foydala- nilgan materiallar (manbalar), shuningdek, boshqa har xil zarur ma’lumotlar (karta nomi, nashr qilingan joyi va yili, nashriyot nomi va h.k.) kartaning yordamchi elementlari deb ataladi. Karta mazmuni bilan bog'langan, uni toMdiradigan, boyitadigan va tushuntiradigan kesma-kartalar, diagrammalar, blok-diagrammalar, grafiklar, profillar, matnli yoki raqamli va sifatli ma’lumotlar kartaning qo’shimcha elementlari deyiladi.Yuqorida geografik kartaga berilgan stiJistik benuqson deb bo‘lmagan ta’rifda kartalarni tushunish uchan muhim hisoblangan uchta asosiy xususiyat — matematik aniq tuzish; alohida belgilar — kartografik modellar (shartli belgilar) sistemasini qoMlash; tasvirla- nayotgar: voqea va hodisalar (obyektiar) ni saralab olish va umumJash- tirib ko‘rsatish alohida ta’kidlangan.Lekin kartografiyaning bugungi rivojlanish darajasi karta to‘g‘ri- sidagi tasawurga yana ikkita birinchi darajali ahamiyatga molik boMgan tamoyilni kiritishni taqozo etadi, ya’ni borliqni tizimli (sistemali) yondoshuv asosida tasviriash va uni aniq bir maqsadni ko'zda tutib modellashtirish.
Kartalar haqidagi tasaw ur borliqni (voqelikni) obrazli-belgi modellari sifatida ilmiy kartografiyaning predmeti — tabiat va jamiyat obyektlarini, ularning joylanishi, xususiyatlari, o‘zaro aloqadorliklari hamda vaqt mobaynida o‘zgarishlarini kartalar va boshqa kartografik modellarvositasida aks ettirish, tadqiq qilishdan iborat, deb hisoblashga imkon beradi.

Download 23.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling