Til konsepsiyasi — unda kartografiya kartaning tili, karta esa shartli belgilar asosida tuzilgan maxsus matn deb qaraladi. Bu holatda kartografiya lingvistikaning va semiotikaning bir bo‘limi sifatida namoyon bo‘ladi, uning tadqiqot predmeti bo‘lib kartografik belgilar tizimi olinad
Bu konsepsiyaning paydo bo'lishi 1970— 1980-yillarga to‘g‘ri keladi.
Har bir konsepsiya o‘z asosida real asosga ega bo‘lgan muayyan bir haqiqatni o‘zida ifodalaydi. Mazkur konsepsiyalarda kartografiya bir tomondan borliqni bilish fani sifatida qaralsa, ikkinchisida — aloqa vositasi, uchinchisida esa — maxsus til shakli sifatida qaraladi.Bu o£z navbatida kartografiyaning ko‘p qirraligini bildiradi, karta- ning xususiyati va funksiyasining har xilligini va turli-tumanliligini, u real borliqning modeli bo£lishini. fazoviy ma’lumotlarni uzatish
kanali, shuningdek geografiya va boshqa Yer haqidagi fanlaming maxsus tiU ekanligini anglatadi.Zamonaviy kartografiyada yildan-yilga konvergensiya tendensiya- lari (bir-bitiga o‘xshash yo‘na!ishlar) kuchayib bonnoqda, kartografiya ning predmeti bo‘yicha turli qarashlar yaqinlashmoqda, kartaning modellik, kommunikativlik, maxsus til kabi xususiyatlari yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 0 ‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab yangi, geoinsformatsion konsepsiya shakllana boshladi. Unda kartografiya ma’lumotnomali- kartografik modellashtirish tizimi va geotizimlarni bilish haqidagi fan, deb qaraladi.
Bu konsepsiyaga asosan kartografiya geoinformatika, Yer va jamiyat haqidagi boshqa fanlar bilan ham chambarchas bog‘liq. Karta borliqning obrazli-belgili geoinformatsion modeli, boshqacha qilib aytganda u biratoia borliqni bilish vositasi va borliqni modellashtirish usuli hamda raqamli ko‘rinishdagi modellarni uzatish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu konsepsiyada asosiy nazariy tadqiqotlar geoinformatsion kartalashtirish, kartografik modellashtirish, kartografik belgilar tizimi nazariyasini ishlab chiqishga va belgilar tizimini tushunish muammolarini yechishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |