Agar hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarni tugatishdan olingan materiallar xo‘jalikda ishlatilmasa, ularni belgilangan tartibda sotish mumkin. 9210-“Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining kreditida asosiy vositalarning xo‘jalikdan chiqishi vaqtida hisoblangan eskirish summasi, mulklarni sotishdan kelib tushadigan summalar va hisobdan chiqarilgan asosiy vositlardan olingan materiallarni foydalanish bahosida sotishdan keladigan tushumlar hisobga olinadi. - Agar hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarni tugatishdan olingan materiallar xo‘jalikda ishlatilmasa, ularni belgilangan tartibda sotish mumkin. 9210-“Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining kreditida asosiy vositalarning xo‘jalikdan chiqishi vaqtida hisoblangan eskirish summasi, mulklarni sotishdan kelib tushadigan summalar va hisobdan chiqarilgan asosiy vositlardan olingan materiallarni foydalanish bahosida sotishdan keladigan tushumlar hisobga olinadi.
- Mulklarni sotishdan tushadigan summa, yahni sotilgan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan summa 9210- “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti kredit va 4010-“Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti debetida aks ettiriladi. Hisobot davri oxiridagi 9210 schyotning debet qoldig‘i (zarar) 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga o‘tkaziladi, kredit qoldig‘i (daromad) esa 9310-“Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyotiga o‘tkaziladi.
- Uzoq muddatli ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha 9210 schyotning kreditida paydo bo‘lgan qoldiq 6230-“Boshqa kechiktirilgan daromadlar”, 7230-“Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schyotlariga o‘tkaziladi.
Buzilgan yoki kam chiqqan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati 9210-“Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti debetida, hisoblangan eskirish summasi shu schyotning kreditida aks ettiriladi. Ularning qoldiq summasi qiymatliklarning kamomadi sifatida 9210-“Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti kreditidan 5910-“Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyotining debetiga o‘tkaziladi. - Buzilgan yoki kam chiqqan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati 9210-“Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti debetida, hisoblangan eskirish summasi shu schyotning kreditida aks ettiriladi. Ularning qoldiq summasi qiymatliklarning kamomadi sifatida 9210-“Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti kreditidan 5910-“Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyotining debetiga o‘tkaziladi.
- Keyinchialik bu summa 4730-“Moddiy zararlarni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyotiga o‘tkaziladi. Agarda javobgar shaxs aniqlanmasa, Foydalanishga yaroqsiz deb topilgan asosiy vositalar, ularni hisobdan chiqarish to‘g‘risida dalolatnoma tasdiqlanganidan so‘ng buzilishi kerak.
- Tugatish natijasida olingan materiallar asosiy vositalarni tugatish dalolatnomasining maxsus bo‘limida aks ettiriladi. Asosiy vositalarni tugatishdan olingan materiallar foydalanish mumkin bo‘lgan narxda baholanib kirim qilinadi. Bunda hisobdan chiqarilgan mashinalardan yechib olingan materiallar foydalanish mumkin bo‘lgan narxda baholanib kirim qilinadi. Bunda hisobdan chiqarilgan mashinalardan yechib olingan, boshqa mashinalarni tuzatish uchun yaroqli hamda tahmirlanishi lozim bo‘lgan ehtiyot qismlar ularning haqiqiy eskirishini nazarda tutgan holda bozor baholarida kirim qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |