Ish bo‘yicha hisobot:
Topshiriq. Refraktometr yordamida formal titrlash usuli bilan sutdan namuna olib undagi umumiy oqsil miqdorini aniqlang. Olingan natijani quyidagi shaklda jadvalga yozing.
Sut namunasi
|
Aniqlanadigan umumiy oqsil miqdori %
|
Refraktometrda
|
Formal titrlash usuli
|
Bir sigirdan
|
|
|
Bir gurux sigirdan
|
|
|
Poda bo‘yicha
|
|
|
Nazorat savollari:
1. Sutda qaysi oqsillar uchraydi?
2. Sut tarkibida qaysi moddalar uchraydi?
14 – AMALIY MASHG‘ULOT
Ishning maqsadi: Sutning kislotaliligini aniqlashni o‘rganish
Kerakli asbob va jihozlar: : titrlash pribori yoki 25-50 ml sig‘imli 0,1 ml dan darajalangan shtativga vertikal holda mahkamlangan byuretka; fenolftalein eritmasi uchun tomizg‘ich; 100 ml li konussimon kolba; 10 va 20 ml li pipetkalar.
Reaktivlar: 0,1 n o‘tkir natriy (kaliy) eritmasi; fenolftaleinning spirtdagi 1,0% li eritmasi (70 ml 95% li spirtda 1 g. Fenolftaleinni eritib, 30ml distillangan suv qo‘shiladi ).
Nazariy ma’lumotlar: Sutning kislotaliligini ko‘rsatkichi uning sifatini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Vodorod ionlari katta aktivlikka ega bo‘lib, sut tarkibidagi kazeinkalsiyfosfat birikmasini parchalab, sutni chiritib quyultiradi va tuz tarkibiga ta’sir ko‘rsatadi. Kislotalilik oshgan sari sutning ozuqaviy hamda xomashyoviy sifatlari ham o‘zgara boradi.
Sutning kislotaliligini uning tarkibidagi vodorod ionlariga bog‘liq deb, uning sifatini pH darajasiga qarab aniqlansa bo‘ldai deyish mumkin. Lekin, aktiv kislotalilik (pH) sut sifatini yetarli darajada ifoda eta olmaydi. Sut ham boshqa fiziologik suyuqliklar kabi buferlikka ega. Agar yangi sutga ozgina ishqor yoki kislota (3-4 ml 0,1 n eritmani 100 ml sutga) yoki suv qo‘shsak, pH ko‘rsatkichi o‘zgarmaydi.
Titrlanadigan kislotalilik. Sutning buferlik xossasiga ega ekanligi sababli, sut sanoatida kislotalilikni aniqlashda aktiv kislotalilikdan emas, balki titrlanadigan kislotalilikdan foydalaniladi. Titrlangan kislotalilik – fenolftalein indikatorligi yordamida neytral reaksiya olish uchun sutga qo‘shilgan ishqor miqdorini bildiradi. Sut kislotaliligini hisoblash uchun Terner graduslari qabul qilingan (°T). Terner graduslari deganda 100 ml suv bilan 2 marotaba (suyultirilgan) aralashtirilgan sut yoki 100 g. mahsulotni neytrallashtirish uchun sarf qilingan o‘yuvchi natriy (kaliy) eritmasining millilitrlardagi miqdori tushuniladi. Ternerning har bir gradusi 0,1 n. ishqor eritmasining bir millilitriga to‘g‘ri keladi. Sut kislotaliligini titrlash orqali aniqlanganda reaksiyaga nafaqat aktiv N ionlari, balki eritmada titrlash jarayonida hosil bo‘ladigan potensial N ionlari ham kirishadi. Aktiv va titrlash kislotaliliklarini aniqlashdagi farqi ana shundan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |