Transport vositalari. Uzum maxsus savatlarda zanglamaydigan chelaklarda terilib, so‘ng maxsus yog‘och yashiklarda, konteynerlarda yoki maxsus jixozlangan mashina ko‘zovi pritseplariga yig‘ilib qayta ishlash korxonalariga olib kelinadi.
Uzumni uyum xolda tashish uchun maxsus konteynerlar KVA, samasval va TVP-2,5-markali pritseplar ishlatiladi.
KVA konteyneri metalldan tayyorlangan sig‘im bo‘lib, uning orka tomoni tubiga nisbatan 40-450kiyalikda kilingan. Konteyner yuk mashinaning ko‘zovida o‘rnatiladi, uning tuzulishi 30-rasmda ko‘rsatilgan.
30- rasm. Uzumni uyum xolatda tashish mashinasi.
Uzumni qabul qilish uchun uskunalar. Qayta ishlashga olib kelingan o‘zumning miqdori maxsus avtomobil tarozilarida ulchanadi. Uzum ulchanganda xar bir transport mashinasidan 3kg namuna olinadi. Namuna maxsus jixozlar yordamida olinadi. Namuna olish jixozlari avtomatik tarozilarda o‘rnatilib suslo xolda olib kelinagan xom ashyodan namuna olish uchun muljallanngan (SPV-1M). Uzum namunasi SPV markali jixoz yordamida olinadi.
Uzum trasport mashinasidan elektrotelfer yordamida qabul qilishbunkeriga (sig‘imga) bushatilvadi. Qabul qilish bunkeri metall yoki temir o‘zagli betondan tayyorlangan bo‘lib, ichida shnekli transportyor o‘rnatiladi. Qabul qilish bunkeri o‘zumni yig‘ish va maydalashga uzatish uchun muljallangan.
Shnekli transportyori yordamida o‘zum maydalanish uchun uzatiladi.
Qabul qilish bunkerlarning unumdorligi turlicha bo‘lib; ular quyidagi jadvalga keltirilgan:
Uzumni maydalash va sharbatini ajratish uskunalari. Uzumni qayta ishlashda uzum donalari maydalanadi. Uzumni maydalashdan maqsad – sharbat chiqishni osonlashtirish, uning miqdorini ko‘paytirish va sinchalarini ajratishdir. Uzum maydalanganidan so‘ng uning to‘qimalarining o‘tkazuvchanligi oshadi va diffuziya jarayoni tezlashadi.
Uzumni maydalash va sinchalarini ajratish maxsus qurilmalarda –maydalagich va sinchalarni ajratgichlarda amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda sanoatda ikki xil turdagi markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan valikli maydalash qurilmalaridan foydalanilmoqda. Bunday ikki tipdagi qurilmalar uzum donasiga mexaniq kuch ta’sir etishning tezligi, olinadigan sharbatning miqdori va tarkibi, ishlatilishi, texnik ko‘rsatgichlari va konstruktiv tuzilishi bilan o‘zaro bir-biridan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |