Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari


Download 1.82 Mb.
bet25/37
Sana18.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1594520
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
Bog'liq
amaliy mashg\'lutlarga uslubiy qo‘llanma

Ish bo‘yicha hisobot:
Topshiriq. Pasteriziyatsalangan sut ishlab chiqarishda bug‘langan suyuqlik miqdori hisoblab toping.
Bunda: G-400 kg, n-12%, m 15%.
Nazorat savollari:
1. Qaysi jarayonlar issiqlik texnologik jarayonlariga kiradi?
2. Termojarayonlarning tartibi nimga bog‘liq?
3. Termouskunalarning hisobi qanday turlarga bo‘linadi?

9 – AMALIY MASHG‘ULOT
MEVA-SABZAVOTLARNI BLANSHIRLASH USKUNLARI VA ULARGA OID HISOBLARNI O‘RGANISH.
Ishning maqsadi: meva-sabzavotlarni blanshirlash uskunlari va ularga oid hisoblarni o‘rganish.
Kerakli asbob va jihozlar: Plakatlar, stendlar, videoproyektor, qurilma maketlari.
Nazariy ma’lumotlar: Blanshirlash uskunalari. Blanshirlash jarayoni issiq suv, tuz yoki kislota va bug‘ muxitida o‘tkaziladi. Blanshirlashning maqsadi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • mahsulot tabiiy rangini saqlab qolish (oksidlanish fermentlarini issiqlik ta’sirida parchalash);

  • mahsulot hajmini o‘zgartirish, ularning elastikligini oshirish;

  • mahsulot tarkibidan havoni chiqarish;

  • mevalarni po‘stidan tozalash;

  • mikroorganizmlarni qisman nobud qilish va hokazo.

Tasmali blanshirlash uskunalari. Tasmali blanshirlash uskunalari bug‘ va suv bilan ishlaydi. U qalampir, ko‘k no‘xat, karam, kartoshka va boshqa meva-sabzavotlarni qayta ishlash uchun qo‘llaniladi.
Tasmali blanshirlash uskunalarida transport moslamasi ikkita zanjir va tasmadan iborat. Tasma suv bilan to‘ldirilgan vannadan yoki bug‘ bilan to‘ldirilgan kameradan o‘tadi. Mahsulot tasma bilan birga harakatlanadi.
23-rasmda tasmali blanshirlash uskunalarning sxemalari keltirilgan:

23-rasm. Tasmali blanshirlash uskunalari:
1-transportyor, 2-bug‘uzatish tizimi, 3-korpus
a) tasmali transportyor suv bilan to‘ldirilgan vannada joylashadi. Mahsulotni yuqoriga ko‘tarish uchun zanjirlarga plankalar qistiriladi. Transportyor shoxlari orasida joylashgan barbotyor orqali bug‘ yuboriladi. Bug‘ yordamida suv qizdiriladi. Mahsulot tushirishdan oldin suv bilan sovutiladi;
b) bu uskunada tasmaning faqat ishchi shoxi vannadan o‘tadi, erkin qismi esa vannaning tagidan o‘tadi. Barbotyorlar vanna ichida tasmaning tagiga o‘rnatiladi;
g) bug‘ bilan blanshirlanganda tasmaning ishchi qismi issiq bug‘li kameradan o‘tadi. Kamera tasmasining ustida bug‘ barbotyori o‘rnatiladi.
Xom ashyo kameradan o‘tib qizdiriladi.
Blanshirlash vaqti (davomiyligi) transportyor tezligi orqali boshqariladi va quyidagicha aniqlanadi:

Bu yerda: - bug‘ kamerasi yoki vannaning mahsulot blanshirlanadigan qismi uzunligi, m;
 – tasmaning harakatlanish tezligi; m/sek.
Bu tenglama bo‘yicha tasmaning tezligi aniq bo‘lganda blanshirlash vaqtini topish mumkin. Ko‘pincha tasmaning tezligi 0,01-0,15 m/soniya bo‘ladi. Tasmali blanshirlash uskunasining ish quvvati quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
G=Vh·
Bu yerda:V – tasmaning eni, m;
h – mahsulot quvvatining o‘rtacha qalinligi, m;
 – mahsulotning hajm massasi, kg/m3;
K – tasmani to‘ldirish koeffitsenti, K= 0,75  1,0.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling