Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari


Download 1.82 Mb.
bet27/37
Sana18.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1594520
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37
Bog'liq
amaliy mashg\'lutlarga uslubiy qo‘llanma

Ish bo‘yicha hisobot:
Topshiriq. Blanshirlash vaqti (davomiyligi)ni aniqlang:
Bunda: -2 m, -0,01-0,15 m/soniya
Nazorat savollari:

  1. Termojarayonlarning tartibini ta’riflab bering.

  2. Issiqlik balansi nima?

  3. Tasmali blanshirlash uskunasining tuzilishi va ishlash tamoyili.

  4. Kovshli blanshirlash apparati, uning tuzilishi va ishlash tamoyili.

  5. Blanshirlash uskunalarining ishlab chiqarish quvvati qanday aniqlanadi?


10 – AMALIY MASHG‘ULOT
YUMSHATGICH VA QIZDIRGICH USKUNLARIGA OID HISOBLARNI O‘RGANISH.
Ishning maqsadi: yumshatgich va qizdirgich uskunlarining ishlash prinsipi, konstruksiyasi va ularga oid hisoblarni o‘rganish.
Kerakli asbob va jihozlar: Plakatlar, stendlar, videoproyektor, qurilma maketlari.
Nazariy ma’lumotlar: Yumshatgichlar. Yumshatgichlarda mahsulotlar qirg‘ichdan o‘tkazish uchun bug‘ bilan yumshatiladi. Bu uskunalar meva va sabzavot pyuresi va bolalar uchun konservalarni tayyorlash tizimida qo‘llaniladi.
Yopiq yumshatgichlar (digestr). Yopiq yumshatgichlar (digestr) zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi. Konussimon qismida (7) teshikli tubi o‘rnatilgan, uning pastki qismida 6-teshikli qismidan iborat bo‘lib, bu qismiga 5-shtuser orqali 0,2 MPa bosim ostida bug‘ ikkita shtuser (5) orqali korpus va teshikli tub orasiga yuboriladi va u teshiklardan o‘tib uskunaning ishchi qismiga tushadi. Vertikal valda (4) lopastli (3) va (2)-shnekli aralashtirgich o‘rnatilgan bo‘lib ular yordamida mahsulot aralashtiriladi (27-rasm).
Uskuna quyidagicha ishlaydi: xom ashyo bunker (1) orqali yuklanadi (2000 kg gacha). Zadvijkasi germetik yopiladi va shtuser orqali bug‘ yuboriladi, shu bilan birga kran orqali havo chiqariladi. Havo chiqarilgandan so‘ng (bug‘ chiqa boshlaydi) kran yopiladi va bug‘ bosimi 0,2 mPa ga oshiriladi. Uskuna ichidagi harorat 105-110 0C gacha ko‘tarilganda aralashtirgich ishga tushadi. Qizdirish jarayoni 15-25 daqiqa davom etadi. Qizdirish vaqti xom ashyo turi, o‘lchamlari va yetilishiga bog‘liq. Mahsulot zadvijka (8) orqali tushiriladi. Uskunaning ishlab chiqarish quvvati quyidagi formuladan topiladi:

Bu yerda: - uskunaning to‘lik hajmi, m3;
 - to‘ldirish koeffitsenti (=0,8);
- hajm massasi, kg/m3.
- uskunaning ish sikli, soniya (yuklash, qizdirish, tushirish, yuvish)

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling