Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari


Download 1.82 Mb.
bet35/37
Sana18.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1594520
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
amaliy mashg\'lutlarga uslubiy qo‘llanma

Nazorat savollari:
1. Aktiv kislotalilik, titrlanadigan kislotalilik nima?
2. Terner gradusi deganda nimani tushunasiz?
3. Aniqlash uslubini gapirib bering.

15 – AMALIY MASHG‘ULOT
QADOQLASH VA YOPISH USKUNALARI ISHLASH PRINSIPINI O‘RGANISH.
Ishning maqsadi: qadoqlash va yopısh uskunaları konstruksiyasi va ularning ishlash prinsipini o‘rganish.
Kerakli asbob va jihozlar: Plakatlar, stendlar, videoproyektor, qurilma maketlari.
Nazariy ma’lumotlar: To‘ldirgich-me’yorlovchi uskunalar. Qadoqlash jarayoni asosiy texnologik jarayonlardan biri hisoblanadi. To‘ldirgich-me’yorlovchi mashinalar yordamida idishlarga ma’lum miqdorda mahsulot quyiladi. Bunday uskunalar yordamida mahsulot umumiy xajmidan ma’lum me’yorni ajratib, uni maxsus idishlarga joylashtiriladi.
Idishlarni hajmi bo‘yicha to‘ldiradigan uskunalar me’yorlovchi, sathi bo‘yicha to‘ldirgichlar deb nomlanadi.
Mahsulotni hajmi bo‘yicha me’yorlash uskunalari. mahsulotlarni hajmi bo‘yicha me’yorlovchi uskunalarda bir yoki bir necha me’yorlovchi idishlar (2) joylashadi. Bu idishlarning ichki hajmi to‘ldiriladigan idishlarga quyiladigan hajmiga teng bo‘ladi (50a-rasm). Ichi bo‘sh bo‘lgan trubkaning (3) oxirida kran (4), pastroqda esa patron (5) joylashgan. To‘ldiriladigan banka (6) pastki patronga (7) yuboriladi. Pastki patron shtok (8) yordamida vertikal harakatlanadi. I – holatda ichki idish suqlik bilan to‘ldiriladi, II-holatda suyuqlik bankaga quyiladi. Prujina (10) yordamida me’yorlovchi idish pastga tushiriladi. Suyuqlik to‘kilmasligi uchun shtok salnik (9) bilan zichlanadi. Qadoqlash jarayonida banka patron (7) yordamida ko‘tariladi, kran ochiladi va suyuqlik bankaga quyiladi. Patron ko‘tarilganda kran ochiladi.
Quyuq pastasimon mahsulotlarni qadoqlash moslamasi 50 b-rasmda keltirilgan. Bu moslama aylanadigan quyish baki (1), harakatlanmaydigan tekis zolotnik (6), ichida porshenlari (4) bor aylanadigan silindrlar, korpusning zolotnigi (2) va korpusda vertikal harakatlanadigan zolotnikdan (3) iborat.
Mahsulot quyish bakidan porshen yordamida shimiladi, pastga harakatlanib bankani (7) tuldiradi (rasmdagi chap va o‘ng tomon). Pasta banka bo‘lmaganda mahsulot porshen yordamida silindrli zolotnikdagi (3) teshik orqali quyish bakiga qaytadi.
To‘kiluvchan mahsulotlarni (no‘xat, mayda mevalar) qadoqlash uchun kerakli miqdorni yoki hajmni o‘lchash va bankaga quyish uchun karusel tipidagi avtomatlar ishlatiladi.
Harakatlanmaydigan bunkerdan (1) mahsulot me’yorlovchi idishga (7) keladi. Bu idish bunkerga qistirilgan plitada (2) o‘rnatilgan. Pastki harakatlanmaydigan plita (3) me’yorlovchi bunkerga quyilgan mahsulotni ushlab turadi. Me’yorlovchi idish plitadagi teshikga kelganda mahsulot voronkaga (4), keyin bankaga (5) tushadi. Bankalar stol (6) bilan birga harakatlanadi.
Mahsulotni sathi bo‘yicha to‘ldirish uskunalari. Idishlarni sathi bo‘yicha to‘ldirish mashinalari quyidagicha ishlaydi (51-rasm). Quyish moslamaning korpusi (2) quyish baki tubiga gayka (1) bilan biriktirilgan. Korpusning silindrli qismiga vtulka (4) kiygiziladi. Vtulkada butilkalarni ushlaydigan sentrator (5) qistirib quyiladi. Korpus ichida havo chiqaradigan quvur (7) va pastiga qistirilgan klapan (6) joylashtiriladi. Ko‘tariladigan butilka og‘zi bilan sentratorni ko‘taradi, prujina (3) qisiladi. Bunda klapan (6) ochilib, quvurdan (7) suyuqlik butilka quyiladi.
Quyuq mahsulotlarni qadoqlash uskunalari. Bunday uskunalarning quyish moslamasi quyidagi qismlardan iborat (52-rasm). Stanina (1) ichida elektrodvigatel (12) va reduktor (13) joylashtiriladi. Reduktor yordamida karusel (11), bankalarni qabul qilish va olib ketish yulduzchalarining (9) vali, transportyorni (8) harakatlantiruvchi yulduzcha (10) aylanadi.
To‘ldirgich quyish baki (4), porsheni (15) boshqaradigan pastki harakatlanmaydigan moslama (14), yuqorigi harakatlanmaydigan moslama (5) va roliklar (3) dan iborat.
To‘ldiriladigan banka (52v-rasm) richagni (7) siljitganda, rolik (3) ko‘tariladi va mahsulot idishga quyiladi. Banka bo‘lmaganda strelka (16) prujinani (6) tortib turadi va rolik moslamaning (5) pastki qismida harakatlanadi. KNZ rusumli to‘ldirgichida mahsulotni uch litrli idishlarga qadoqlash uchun to‘rtta quyish moslamasi mavjud. Quyish bakning xajmi 100 l.


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling