Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash jihozlari


Download 1.82 Mb.
bet28/37
Sana18.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1594520
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
amaliy mashg\'lutlarga uslubiy qo‘llanma

Shnekli yumshatgich
Shnekli yumshatgich uzluksiz uskunasi danakli va urug‘li mevalarni yumshatish uchun qo‘llaniladi. Bu uskunalarda isitish jarayoni uzluksiz va tez (4-5 daqiqa) o‘tadi. Uning kamchiligi - bug‘lar kondensatlanib, mahsulotning suyuqlik darajasini oshirib yuboradi.
Uskuna bitta yoki ikkita bir-birining ustida joylashgan metall tarnovlardan iborat. Ustki tomondan ular germetik qopqoqlar bilan yopilgan. Tarnovlar ichida teshikli val joylashgan. Val ichi bo‘sh bo‘ladi, teshiklar diametri esa 5 mm ni tashkil etadi. Bug‘ ushbu val orqali yuboriladi.
Uskunaning ishlab chiqarish quvvati quyidagicha topiladi:
G= S
Bu yerda:D - shnek diametri, m;
s - shnek qadami, m;  - burchak tezligi, rad/soniya;  - mahsulotning hajmiy og‘irligi, kg/m3;
 - to‘ldirish koeffitsienti (=0,30,4);
D=385 mm, s=335 mm, ishlab chiqarish quvvati 0,28kg/soatni tashkil etadi.
Shnekli yumshatgichlar 28 rasm, uzluksiz ishlaydigan yumshatgichlar bo‘lib ular asosan danakli va urug‘li mevalarni yumshatish uchun qo‘llaniladi.
Uskuna bir va bir nechta metal jyoloblardan tashkil topgan bo‘lib mahsulot 1-bunker orqali yuklanib, 2-aylanuvchan shnek orqali harakatga keltiriladi va 3-biriktiruvchi tutqich orqali 4-tushirish latokiga o‘tkaziladi.



25-rasm. Yopiq yumshatgich:
1 –bo‘nker, 2-shnekli aralashtirgich, 3- lopastli aralashtirgich, 4-vertekal val, 5-shtuserlar, 6-jixozning pastki teshik qismi, 7-korpusning pastki qismi

26-rasm. Shnekli yumshatgich:
1 – bo‘nker, 2-shnek, 3-tutqich, 4-to‘kish latogi
Qizdirgichlar. Mikoorganizmlarni o‘ldirish, shuningdek, meva-sabzavotlarning po‘stini ajratish jarayonini yengillashtirish uchun sharbatlar, maydalangan mevalar (mezga) qizdiriladi.
Ikki devorli qozonlar. Ikki devorli qozonlarning ikki sirti bo‘ladi: mahsulot uchun ochiq va yopiq bug‘ kamerasi. Mahsulotga yondashgan sirt isitish sirti deyiladi. Bug‘ kamerasining tashqi sirti (devori) foydali isitish almashinuvida ishtirok etmaydi. Lekin uning harorati yuqori bo‘ladi. Tashqi muhitga issiqlik yo‘qotilishini kamaytirish uchun bug‘ kamerasining tashqi devori izolyatsion material bilan qoplanadi.
Bug‘ kameraga patrubok yordamida kiritiladi va boshqa patrubok orqali chiqariladi. Bug‘ kamerasining pastki qismida maxsus kran yordamida havo chiqariladi. Qozondagi bug‘ bosimi 0,3-0,5 Mpa ni tashkil etadi. Uskunada ehtiyot klapani va manometr o‘rnatiladi. Manometr ko‘rsatgichlari orqali bug‘ bosimi nazorat qilinadi va o‘zgartiriladi. Ikki devorli qozonlar zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi, uning ichiga aralashtirgich o‘rnatiladi.
Uskunada quyidagi kamchiliklar kuzatiladi:

  • devor qalinligi 100 mm gacha bo‘lganda bug‘ bosimi 0,3-0,6 mPa dan oshmasligi kerak;

  • issiqlik almashinish jadalligi qozonning barcha qismlarida har xil (yuqorigi qismida va bug‘ kirish joyida yuqori, pastki qismida, ya’ni kondensat yig‘iladigan joyda past).

Bu uskuna qizdirgich, vakuum-uskuna, yig‘uvchi va aralashtirgich sifatida ishlatilishi mumkin. Uni tomat pyure, tomat pasta, povidlo, bolalar uchun konserva ishlab chiqarish tizimda o‘rnatish mumkin. Uskunaning mahsulot bilan yondashadigan qismlari zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling