Qismi hisoblanib, ta’lim yo‘nalishlarga mos muassasalarda o‘tkaziladi


Download 406.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi406.35 Kb.
#1512684
  1   2
Bog'liq
Amaliyot kundaligi lotin 1.5 oylik



Farg‘ona davlat universiteti 
fakulteti 
yo‘nalishi 
kurs 
guruh 
talabasi 
ning 
MALAKAVIY AMALIYOT 
KUNDALIGI 
Malakaviy amaliyot universitet rektorining 
dagi 
buyrug‘iga asosan 
dan 
gacha 
o‘tkaziladi. 
Malakaviy amaliyot rahbari: 

Farg‘ona – 2022-2023 




Talabalar uchun eslatma 
Universitet talabalarining malakaviy amaliyoti o‘quv jarayonining asosiy 
qismi hisoblanib, ta’lim yo‘nalishlarga mos muassasalarda o‘tkaziladi. 
Malakaviy amaliyotning maqsadi talabalar olgan nazariy bilimlarni 
chuqurlashtirish, mustaxkamlash va o‘quv tarbiyaviy ishlarga tatbiq etish, 
talabalarni o‘z kasbiga amaliy tayyorlash, kasbiy maxorat malakalari va fazilatlarini 
tarkib toptirish hamda rivojlantirishdir. 
Amaliyot davrida: 
I. a) talabalarning xuquqlari: 
1. Taklif va fikr-muloxazalari bilan universitetning o‘quv bo‘limiga, fakultet, 
kafedralar va maktab raxbarlari, o‘qituvchilariga murojaat qilish. 
2. Talabalar metodist-raxbarlardan uslubiy maslaxatlar, yo‘l yo‘riqlar olish. 
3. Kafedralar va o‘quv muassasalarining o‘quv moddiy-texnikaviy bazasidan 
foydalanish. 
4. Ijodiy faoliyatlari doirasida malakaviy amaliyotdagi faoliyatlarini 
kengaytirish. 
5. Talaba malakaviy amaliyotni 3/4 qismini bajarib uzurli sabablar bilan 
malakaviy amaliyotni nixoyasiga yetkaza olmasa, o‘quv mashg‘ulotlaridan 
ajralmagan xolda malakaviy amaliyotni davom ettirish va nixoyasiga yetkazish 
xuquqi beriladi. 
I. b) talabaning burchlari: 
1. Malakaviy amaliyot darsida 6 soatlik ish kuni davomiyligida amaliyotni 
o‘tayotgan xizmat manzilida bo‘lishi. 
2. Amaliyotchi talaba "Malakaviy amaliyot dasturi"da ko‘rsatilgan ishlarni 
o‘z vaqtida bajarishi. 
3. Muassasalarning ichki tartib qoidalariga va amaliyot raxbarlari 
topshiriqlariga to‘la rioya qilishlari, ularni bajarishlari. 
4. Amaliyot davrida talabalardan biri shu gurux sardori qilib tayinlanadi. U 
amaliyot ishlarini tashkillash, uslubiy raxbarlar tomonidan qo‘yilgan vazifalarni 
bajarishda tashkilotchilik qiladi. Malakaviy amaliyotga doir ma’lumotlarni 
rasmiylashtirish, bayonnoma va ro‘ynomalarni yurgizishda yordam beradi. 
I. v) talabalarning vazifalari 
1. Talaba amaliyot davrida ichki mexnat intizomini buzsa, mazkur muassasa 
raxbariyati unga ma’muriy chora ko‘radi va bu xaqida universitet maxmuriyatiga 
ma’lumot beradi. 
2. Amaliyotchi talaba o‘z vaqtida amaliyotni o‘atmasa, bir xafta muddatda 
sababsiz uzilish sodir etsa amaliyotdan va o‘qishdan chetlatiladi. Bunday talaba 
keyingi o‘quv yilida chetlangan kursiga shartnoma asosida o‘qishini tiklashi 
mumkin. 



3. Amaliyot raxbarlari tomonidan o‘quv, tarbiyaviy, jamoatchilik 
topshiriqlarini bajarmagan, tartib qoidani buzgan talabani amaliyotdan chetlashishga 
tavsiya berishi mumkin. 
4. Talaba amaliyot davridagi malakaviy faoliyatini va kuzatishlarni qayd etish 
uchun kundalik yuritadi. 
5. Amaliyot davrida talaba rasmiylashtirishi uchun beriladigan barcha xujjat, 
maxlumot daftarlari talabada bo‘lishi zarur. Universitet maxmuriyati va nazorat 
organlari tomonidan so‘ralganda ko‘rsatilishi shart. Agar tekshirish uchun talab 
qilingan vaqtda ish daftari yil bo‘lsa, o‘sha daftar yoki xujjat yuritilmagan deb 
xisoblanadi. 
6. Malakaviy amaliyotga borib-kelish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya 
qilish, xar bir talabaning o‘z zimmasida bo‘ladi. 
II. Talaba agar pedagogik amaliyot o‘tsa; 
a) u darsga kirishdan avval darsning reja-konspektini tuzadi, uni metodist va 
fan o‘qituvchisiga tasdiqlatib oladi. Shuningdek, tarbiyaviy ishlar dasturi, tarbiyaviy 
soat konspektini tayyorlab, pedagogik raxbar, sinf raxbari yoki tarbiyaviy ishlar 
bo‘yicha direktor muoviniga tasdiqlatib oladi. 
v) Amaliyotchi talaba ixtisosligi bo‘yicha va boshqa fan o‘qituvchilari, 
guruxdoshlarining darslarini uslubiyot raxbari tomonidan berilgan sxema bo‘yicha 
taxlil qiladi. Dars va tarbiyaviy soatlarning taxlili maxsus daftarlarida aks ettirib 
boriladi; 
g) talaba amaliyot davrida o‘qituvchilarning o‘quv-tarbiyaviy ishlarini 
kuzatadi. O‘qituvchilarning yosh va individual xususiyatlarini o‘rganadi. Sinf 
tarbiyaviy soatlarini, darslarning ayrim qismlarini mustaqil o‘tadi, ko‘rgazmali 
qurollar tayyorlaydi, fotomontajlar chiqaradi. To‘garak, fakultativ mashg‘ulotlar, 
tematik kechalar o‘tkazishda qatnashadi yoki uyushtiradi. Maxnaviy-maxxifiy 
ishlarni tashkil etish, tartib etishda faol ishtirok etadi. 
III. Amaliyot tugagach bir xafta davomida amaliyotchi talaba yozma 
xisobotga quyidagi xujjatlarni qo‘shib topshiradi. 
a) kundalik daftar; 
b) amaliyot davomida tayyorlagan ko‘rgazmali qurollar yoki yo‘nalishning 
xususiyatidan kelib chiqib tayyorlagan maxsulotlaridan namunalar; 
v) amaliyot o‘tagan muassasadan berilgan tavsifnoma. 
IV. Agar talaba amaliyotni maktab, kasb-xunar kolleji yoki akademik 
litseylarda o‘tkazsa quyidagi xujjatlarni qo‘shib topshiradi: 
a) taqvimiy reja; 
b) xar bir o‘tgan darsi uchun dars konspekti; 
v) ochiq dars konspekti; 
g) o‘zaro taxlil qilish daftari; 
d) ota-onalar yoki o‘quvchilar bilan o‘tkazgan ma’ruzalarning yozma bayoni; 
ye) amaliyotchi talabaga biriktirilgan sinf uchun tuzilgan ma’naviy ma’rifiy 
ishlar rejasi; 
yo) sinfdagi 2 ta o‘quvchiga psixologik tavsifnoma. 



Talaba amaliyot davridagi faoliyatini universitet rektorining buyrug‘i bilan 
tasdiqlangan komissiya oldida ximoya qiladi va reyting tizimi bo‘yicha baxolanadi. 




Download 406.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling