Kirish qismi.
Faoliyatning borishi: tabiat markazida bolalar tabiat, o’simliklar va umuman atrofi olam haqidagi tasavvurlarini boyitadilar.
Asosiy qism.
Tabiat markazida quyidagi usullar orqali bolalar bilimini boyitish mumkin:
Kuzatish; harorat, shamol, bulutlar, gullarni kuzatib ulardagi o’zgarishlarini belgilash.
Masalalarni qo’yilishi; Nima cho’kadi? Nima suza oladi? Men qayerdan qushning inini topa olaman? Qor qanday tez eriydi?
Taqqoslash:qaysi quttiga ko’proq narsa sig’adi? Qaysi urug’ning nishi uzunroq bo’ladi?
Yakuniy qism: Bolajonlar tabiatni rasmlar orqali tasvirlaysizlar men sizlarni chizgan rasmlaringizni ko’rib baholiyman. Hozir men sizlarga tabiat haqida she’r beraman, u she’rni ham yod olib keyin menga yuborasizlar men albatta sizlarni baholayman.
Quyoshjon
Yon, quyoshjon,
Jon quyoshjon,
Otdi oppoq
Tong quyoshjon.
Don-dunimga
Hosil tilab,
Boshlarini
Qo’ygin silab…
Yurtimizga
Nur sochaver,
Xalqimizga
Baxt ochaver.
Do'stlaringiz bilan baham: |