Qisqa raqamlardan foydalangan holda xizmatlar ko'rsatish
Xizmat ko'rsatish tartibi
Download 165.33 Kb. Pdf ko'rish
|
content-services-uz
2.
Xizmat ko'rsatish tartibi 2.1. Qisqa raqamlar ro'yxati va taqdim etiladigan Kontent haqida ma'lumot www.humans.uz saytida ko'rsatiladi. 2.2. Xizmat Kontentni olish holati bo'yicha bir vaqtning o'zida taqdim etiladi. Xizmatni o'chirish talab etilmaydi. 2.3. Agar Shartnomada yoki O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda Mijozga xizmatlarni ko'rsatish to'xtatilgan yoki tugatilgan bo'lsa, ushbu Mijozga Xizmat ko'rsatilmaydi. 2.4. Humans Xizmat ko'rsatilishini ta'minlaydi va Kontent-Provayder tomonidan taqdim etiladigan Kontentning sifati va mazmuni uchun javobgar emas. 2.5. Mijoz Kontentni tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish, foyda olish, uchinchi shaxslarga sotish yoki boshqa tarzda tarqatish bilan bog'liq bo'lmagan shaxsiy maishiy maqsadlarda foydalanishga haqli ekanligi haqida xabardor qilinadi. 2.6. Agar Mijoz qurilmasida Kontentni takrorlash/taqdim etish formatida ishlash imkoni mavjud bo'lmasa, Humans tomonidan Xizmat taqdim etilishi kafolatlanmaydi va mazkur shart Humans tomonidan Xizmatning kerakli darajada ko'rsatilmaganini anglatmaydi. 2.7. Xalqaro roumingda Mijozga Xizmat taqdim etilishi kafolatlanmaydi. Xizmatdan xalqaro roumingda foydalanish imkoni mavjud bo'lsa, Xizmat ko'rsatilishida qo'shimcha ravishda xalqaro roumingda Kontentni yetkazish yoki aloqa xizmatlari uchun tariflar bo'yicha Kontent taqdim etish haqida so'rov bilan bog'liq to'lov undirilishi mumkin. 2.8. Qoidalarning mazkur bo'limida sanab o'tilgan shartlar Xizmatlar kerakli darajada ko'rsatilmaganini anglatmaydi va Xizmatlarga to'lov qilmaslik yoki ularni qaytadan hisoblash uchun asos bo'la olmaydi. 2.9. Xizmatlarni ko'rsatish uchun Humans uchinchi shaxslarni jalb qilishga haqli. 3. Xizmatlar narxi va ularni to'lash tartibi 3.1. Xizmat www.humans.uz saytida keltirilgan va Xizmat ko'rsatilishi vaqtida amal qiladigan tariflar bo'yicha bir vaqtning o'zida ko'rsatiladi. 3.2. Xizmat narxi Kontent turi va Kontent-Provayderning shartlariga bog'liq. 3.3. Xizmat narxi Mijozning Shaxsiy hisobvarag'idan yechib olinadi. Mablag'ni yechib olish tartibi Saytda joylashtirilgan Tariflar tavsifida belgilanadi. Download 165.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling