Qisqacha ma’ruza matni 6-Mavzu. Standartlashtirish va mahsulot sifati


O‘zbyokiston Respublikasida standartlashtirish xizmati


Download 122 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi122 Kb.
#1409681
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma\'ruza sifat 6-mavzu

6.5. O‘zbyokiston Respublikasida standartlashtirish xizmati.

O‘zbyokiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga soluvchi Davlat Standartlashtirish tizimi faoliyat yuritadi.


Respublikada standartlashtirish bo‘yicha ishlarning tashkil etilishini muvofiqlashtirilishi va maqbul darajada olib borilishini quyidagi idoralar ta’minlaydilar:
-Xalq xo’jaligi tarmoqlarida standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya bo‘yicha O’zbek Agentligi (2001 yil 3 oktyabrdan boshlab);
-qurilish sanoati loyixalash va konstruksiyalash sohasida – O’zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qo’mitasi;
-tabiiy resurslardan foydalanish va tartibga solish va atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish bo‘yicha O’zbekiston Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi;
-tibbiy yo’nalishdagi mahsulotlar, tibbiy texnika buyumlari, dori-darmonlar va respublika sanoatida ishlab chiqariladigan mahsulotlar tarkibida inson uchun zararli moddalar miqdorini tartibga solish bo‘yicha – O’zbekiston Respublikasi sog’likni saqlash Vazirligi amalga oshiradi.
Respublika standartlashtirish rejasiga birinchi navbatda milliy standartlar talablari bilan uyg’unlashtirish, kishilarning hayoti va salomatligi uchun xavfsizligi, atrof-muhitning muhofaza qilinishi, iste’molchilar huquqining himoya qilinishi, milliy ijtimoiy-Iqtisodiy va texnikaviy dasturlarning amalga oshirilishini ta’minlaydigan milliy standartlarni ishlab chiqish kiritiladi.
O’zbek agentligi, Davarxitekqurilish qo’mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, Sog’likni saqlash vazirligi biriktirilgan sohalar bo‘yicha respublika standartlarini ko‘rib chiqadilar, tasdiqlaydilar, ularning qo’llanish muddatini cho‘zadilar va bekor qiladilar, hamda unga o‘zgartirishlar kiritadilar.
Xalq xo’jaligi tarmoqlarida standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya bo‘yicha O’zbek Agentligining vazifalari:
1. O’zbyokiston Respublikasi xududida barcha jismoniy shaxslar va mulk shaklidan qat’iy nazar yuridik shaxslarga O’zbekiston Respublikasining "Standartlashtirish to’g’risida", "Mahsulot va xizmatlarni sertifikatsiyalashtirish to’g’risida", "Metrologiya to’g’risida", "Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to’g’risida"gi qonunlar hamda standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi boshqa huquqiy va me’yoriy aktlarga amal qilinishi ustidan nazoratni ta’minlash;

  1. Olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida standartlashtirish,

Sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
3. Xalqaro standartlar (ISO) bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish;
4. Majburiy sertifikatlashtirishga ko’rsatilgan mahsulot va xizmatlarning yangi ro’yxatini belgilangan tartibda tuzish va tasdiqlash. Bu ro’yxatni har yili yangi ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarni e’tiborga olgan holda va tadbiq etilayotgan yangi texnologiyalar va materiallarni e’tiborga olgan holda yangilab borish;
5. Mahsulot va xizmatlarning sertifikatsiyalashtirishning yangi tartibini ishlab chiqarish va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish;

  1. Zamonaviy davlat standartlari va etalonlarini ishlab chiqish va ularning xalqaro tizimga uyg’unligini ta’minlash;

  2. Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatsiyalashtirish va sinovlarni o‘tkazishning zamonaviy tizimini tashkil etish.


Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling